Kavkazsa kabob. Orka va old son yoki besuyak tushni yaxshilab tozalab, 30- 40 g li fkubcha» qilib to‘g‘raladi. Tayyorlangan go‘shtga tuz, murch, mayda to‘g‘ralgan piyoz, petrushka solib liman sharvati sepiladi, aralashtirib sopol idishda sirkalanadi, 4 6 soat sovuq joyga qo‘yib qo‘yiladi. Yesh kuy kuzichok go‘shtini sirkalamasa xam bo‘ladi. Go‘sht bo‘laklarini temir sixga o‘tkazib, yonib turgan kumir alangasida yoki elektrogrilga qo‘yib pishiriladi. Pishgan kabob sixdan qizdirilgan idishga tushirib olinadi va yirik-yirik to‘g‘ralgan ko‘k piyoz yoki yaproq qilib to‘g‘ralgan boshpiyoz va bir parrak limon qo‘shib beriladi. Tuyilgan zirk va Vostok sardagi alohida beriladi.
Karscha kabob (shashlik po-karski). Qo’yning son go‘shtidan bir porsiyaga bir bo‘lakdan qilib kesib olib sirkalanadi. Pishirishdan oldin yarimta buyrakli qo’y go‘shti bo’lagini pardasidan-tozalab, sixning bir tomoniga kirgiziladi. Sixning ikkinchi tomoniga esa uncha yirik bo‘lmagan pomidor bo‘laklari o‘tkaziladi. Go‘sht ko’mir alangasida pishirilgdi. Pishgan go‘shtni sixdan tushirib olib, ko‘k piyoz yoki boshpiyoz, petrushka va bir bulok limon qo‘shib beriladi. Barbaris alohida beriladi.
Bifshteks, qiymalangan file. Qiymalangan bifshteks naq go‘shtdan tayyorlangan bifshteks kabi beriladi. Filega esa qovurilgan kartoshka solib, asosiy qizil sardak, piyozli sardak yoki kornishon solingan piyozli sardak sepiladi.
Otbivnoy (urib yumshatilgan) kotletlar. Kotlet bulok; cho‘chqa va kuy go‘shtidan tayyorlanadi. Tayyorlangan go‘sht urib yumshatiladi, lezonga botiriladi, suxariga bulab, qovuriladi. Berayotganda ustiga yog‘ sepiladi. Qayla uchun yashil no‘xat, dimlab. qaynatilgan sabzavot, sut sardagida pishirilgan sabzavot, qovurilgan kartoshka va xokazolar qo‘shib beriladi. Odatda urib yumshatilgan kotletlar murakkab qayla bilan beriladi.
Shnitsel. Shnitsel cho‘chqa va buzoq go‘shtidan tayyorlanadi (bir porsiyaga bir bo‘lakdan), lezon va suxariga bosib qovuriladi, ustiga yog‘ va urib yumshatilgan kotletga qo‘shib beriladigan qaylalar qo‘yib beriladi. Shnitselga kavar va limon sedrasi bilan tayyorlangan yog‘ qo‘yib, ustiga bir bulok limon qo‘yib berish mumkin
Shnitsel urib yumshatilgan go‘shtdan kalinligi 0,6 - 1 sm keladigan qilib tuxumsimon shaklda yasaladi.[17]
1- Romshteks. Bulangan romshteksni faqat umurtqa qismidan emas, balki molning bashqa qismlaridan; ya’ni birinchi sort mol go‘shtidan (umurtqa qismi, sonning tashqi va ichki tomonidan) tayyorlash mumkin. Urib yumshatilgan, lezonga botirilgan, suxariga bulangan masalliq qovurilib, qovurilgan kartoshka bilan birga qo‘shib beriladi. Qovurilgan kartoshkaga dimlangan karam, pishirilgan gulkaram, dimlab qaynatilgan sabzavot, yashil- no‘xat qo‘shib berish xam mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |