Go‘sht nimasi bilan xavfli?
Foto: screenshot
Go‘shtni ko‘p iste'mol qiluvchilar o‘z sog‘lig‘iga ziyon yetkazishi mumkin ekan. Nima uchun deysizmi? "Layfxaker" go‘shtning zarari haqidagi ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.
Go‘sht saraton rivoji xavfini oshiradi
Inson uchun eng xavfli go‘sht - bu sut emizuvchilarning, masalan, mol va qo‘y go‘shti hisoblanadi. Ko‘p tadqiqotlarga ko‘ra, inson qancha ko‘p qizil go‘sht iste'mol qilsa, saratonning ba'zi turlari (masalan, ichak, oshqozon osti bezi va prostata saratoni) rivoji ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi.
Qayta ishlangan go‘sht (tuzlangan, dudlangan, konservalangan) undan-da xavfli. Har 50 g qayta ishlangan go‘sht ichaklar saratoni rivojini 18 foizga oshiradi.
Agar go‘sht uzoq yoki yuqori haroratda tayyorlansa (tovada qovurilsa), kasallik ortirish imkoni yanada yuqori bo‘ladi. Bunday qayta ishlash jarayonida mahsulotda ko‘krak bezi, prostata, jigar, teri, o‘pka va boshqa organlar saratoni rivojiga olib keluvchi zararli moddalar hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |