Gipotalamus gormonlari:
Oraliq miya bo’limi, talamus tagida joylashgan bo’lib, MNS ning oliy bo’limlarini endokrin sistema bilan bog’laydi. Gipotalamusdagi nerv xujayralarida ishlab siqariladigan juda kuchli faollikka ega bo’lgan kimyoviy birikmalar neyrogormonlar deb ataladi. Xozirda 7 ta liberin va 3 ta statinlar aniqlangan: kortiko liberin, terioliberin, lyuliberin, somatoliberin; prolaktoliberin, gonadoliberin; somatostatin, prolaktostatin, melanostatin. Gipotalamus gormonlarini birinchi bo’lib Amerika olimlari R. Gillimin va E. Shelli 70-yillarda sof xolda ajratib olishdi. Neyrogormonlar gipotalamusning nerv uchlarida sintezlanadi.
Gipofiz gormonlari:
U ichki sekresiya bezlarining eng muhimi bo’lib, uni miya ortig’i deb nomlanadi. Odamlarda bu bezning og’irligi 600 mg, qoramollarda 3,8 g, otlarda 2,1 g, qo’ylarda 0,4g, cho’chqalarda 0,3 g ga teng. U aniq ajrilib turadigan 35 ta anatomik bo’limdan: oldingi, o’rta va orqa qismdan iborat. Xar uchala bo’lagidan oqsil-peptid tabiatli gormonlar ishlab chiqariladi.
Gipofizning oldingi bo’lagining gormonlari:
Bu qismdan asosiy gormonlariishlab chiqariladi va u adenogipofiz deb ham nomlanadi. Uning xujayralarining 55-60% ni xromorob va 40-45 % ni xromofil xujayralarning aksariyati asidofil, oz qismi bazofil bo’ladi. Bazofil xujayralardan adrenokortikotrop, teriotrop, gonodotrop gormonlar, asidofil xujayralardan somatotrop, prolaktin ishlab chiqariladi.
Soamatotrop gormoni-1921 yilda aniqlangan. 195-1957 yillarda toza xolda gipofizdan ajratib olingan. Odamlarda somatotrop gormoni (o’sish gormoni) 191 ta aminokislotadan iborat. U asosan organizmda o’sish va rivojlanishini boshqaradi. Katta yoshdagi odamlarda bu gormonning giperfunksiyasida akromegaliya kasalligi yuzaga keladi.
Adrenokortikotrop gormoni-(AKTG) bu gormon buyrak usti bezi faoliyatini boshqarib turishi 1926 yilda aniqlangan. 39 ta aminokislotadan iborat. U asosan buyrak usti bezining po’stloq qismidagi glikokortikotrop gormonlari ishlab chiqarilishini boshqaradi.
teriotrop gormoni-(TTG) qalqonsimon bezning rivojlanishini va unda terioid gormonlarning sintezlanishini boshqarib turadi. 112 ta amino kislotadan iborat.
Laktotrop gormoni gormoni –tarkibi jihatdan 199 ta aminokislotadan iborat bo’lib, sut bezlari rivojlanishini , sutning xosil bo’lishi, sariq tananing o’sishini va progesteron gormoning xosil bo’lishi kabi muhim biologik jarayonlarni boshqaradi.
Kortikotrop gormoni, follikulstimullovchi gormon, lyuteinlovchi gormon.
O’rta bo’lagi-melanosit stimullovchi.
Orqa bo’lagi-oksitosin va vazopressin.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, organizmdagi ichki sekresiya bezlari endokrin sistemasini tashkil qilib, Ular kelib chiqishi va anatomik jihatdan alohida organlar bo’lsada, ular moslashib ishlaydigan, bir-birining faoliyatini boshqaruvchi mukammal sistemani tashkil qiladi.
Bu sistemaning umumiy ish faoliyatini miyaning gipotalamus sohasidan ajralib chiqadigan neyrogormonlar tomonidan idora qilinadi. Shu Bilan birgalikda ayrim xolatlarda gormonlar ham ma’lum darajada organizm nerv faoliyatiga ham ta’sir etib turishi mumkin.
Bu xolatni jinsiy gormonlar ko’p ishlab chiqaradigan organizmdagi psixik xolatiga ta’sirini yoki qalqosimon bez goromnlari oz yoki ko’p ishlab chiqarilganda organizmda chuqUr asab o’zgarishi sodir bo’lishida ko’rish mumkin.
Gormonlarga nom berishda aniq bir kelishilgan qoida yo’q. Ularni nomlashda turli sabablar asos qilib olinadi. Masalan: insulin gormonining nomi lotincha insula-orolcha degan ma’noni anglatadi. Ba’zilari esa bajaradigan vazifasidan kelib chiqib nomlanadi. Masalan: prolaktinning nomi sut bezining nomi bilan bog’liq. Ba’zilariga esa kimyoviy tuzlari asosida umumiy nomlar bilan nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |