8-sinf.O`zbekiston tarixi.19-26-mavzular
1.Qaysi omil Xiva hukmdoriga xonlik hududini qo`shni davlatlar hisobiga kengaytirish imkonini bergan? A)o`zbek qabilalarining Xorazmga ko`chib kelishi B)Elbarsxonni Vazir shahrini ozod qilishi C)kuchli muntazam qo`shinning bo`lishi D)xonlarning o`z qabilasini tayanchga aylantirishi 2.Xiva xonligida masjid qavmlari kimlar tomonidan boshqarilgan? 1.oqsoqollar 2.amlokdorlar 3.miroblar 4.aminlar 5.qozilar A)1,2,3 B)1,4,5 C)2,3,4 D)1,3,5 3.1533-yilda taxtga kelgan Buxoro xoni Xivaga hujum qilgan vaqtda Xiva xoni? A)Avaneshxon B)Hojimxon C)Elbarsxon D)Arab Muhammad 4.Qaysi asarda A.Temurdan Boburgacha bo`lgan temuriylar shajarasi sharhlangan? A)”Shajarayi turk” B)”Shajarayi tarokima” C)”Shohnoma” D)”Dasturulamal” 5.Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm qaysi davlat tarkibida bo`lgan? A)Movarounhr B)Xuroson C)Eron D)Oltin O`rda 6.Quyidagi qaysi Xiva xonlari majburan taxtdan tushirilib qatl etilgan? 1.Abulg`oziyxon 2.Anushaxon 3.Arab Muhammad 4.Elbars Sulton 5.Avaneshxon 6.Habash Sulton 7.Asfandiyorxon 8.Sherg`ozixon A)1,2,4,5,6 B)1,2,3,4,5,6,7 C)2,3,5,8 D)2,3,4,5,6 7.1740-yil Xiva Nodirshoh tomonidan bosib olingach, aholiga qaysi soliqni to`lash yuklanadi? A)qozon puli B)moli omon C)chibik puli D)salg`ut 8.O`z xohishi bilan hokimiyatni o`g`liga topshirgan Xiva va Buxoro xonligi hukmdorlarini toping. A)Arab Muhammadxon va ashtarxoniy Abdulazizxon B)Asfandiyorxon va Amir Haydar C)Sherg`ozixon va Boqi Muhammad D)Abulg`oziyxon va Doniyolbiy 9.M.Shayboniyxon tomonidan Berka Sulton o`ldirilgan vaqtda Rusda…….? A)Oltin O`rda davlatiga qaram bo`ldi B)Ryurikovlar sulolasi o`z hukmronligini boshladi C)Ivan Kalita Oltin O`rda xonlaridan soliq yig`ish huquqini qo`lga kiritdi D)Kulikova jangi bo`ldi 10.Navkar harbiy xizmatchi ma`nosida bo`lib qaysi tildan olingan? A)Arab B)Tojik C)Mo`g`ul D)Fors 11.Xiva xonligida qo`shbegidan keying o`rinda turadigan lavozim? A)Inoq B)Devonbegi C)Mahram D)Mehtar 12.Xiva xonligida bosh vazir? A)Devonbegi B)Qo`shbegi C)Mehtar D)Otaliq 13.XIX asr boshlarida Xivada … masjid, … xon saroyi, … madrasa bo`lgan? A)22 ta, 1 ta, 35 ta B)17 ta, 2 ta, 22 ta C)27 ta, 3 ta, 12 ta D)83 ta, 1 ta, 21 ta 14.1858-yil Xiva va Buxoroga yuborilgan rus missiyasi rahbarini aniqlang. A)Jukovskiy B)Ignatyev C)Vasilevskiy D)Muravyov 15.1804-yil Xivaga chetdan chaqirilgan xon qatl etilib, taxtni Eltuzar egallaydi. Shu qatl etilgan hukmdor qaysi? A)Abdulmo`min B)Sherg`ozi C)Abulg`ozi D)Abdulamin 16.Xivada himoya dambalarini qurish va ularni ta`mirlash majburiyati nima deyiladi? A)Qazu B)Hachi C)Otlanuv D)Begar 17.Xiva xonligi arxivining Rossiyga olib ketilgan va qaytarilgan yilini to`g`ri ko`rsating. A)1873; 1962 B)1843; 1991 C)1873; 1991 D)1873;1952 18.Olloqulixon madrasasi qurib tugatilgan yil? A)1842-yil B)1851-yil C)1824-yil D)1834-yil 19.Qaysi elchining o`rta Osiyo haqidagi esdaliklari fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan? A)Xoxlov B)Beneveni C)Ignatyev D)Muravyov 20.Xivada Kichik Kengash hal etgan masalalar bilan shug`ullangan yana bir davlatni belgilang. A)Afina B)Tan imperiyasi C)Rim D)Franklar imperiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |