1.Doniyolbiy otaliq hukmronligi boshlanganidan 5 asr ilgari yakun topgan sulola hukmronligi qachon boshlangan? A)632-yil B)630-yil C)661-yil D)750-yil 2.Qaysi mang`it amiri barcha mang`it beklariga katta yer-mulkni tanho qilib bergan? A)M.Rahimbiy B)Doniyilbiy otaliq C)Amir Haydar D)Amir Shohmurod 3.Amirlikda vaqf mulkini kum tasarruf etishi belgilab qo`yilgan? A)sadr B)mutavalli C)mudarris D)muazzin 4.Amirlikdagi barcha savdo ishlarining boshqaruvchisi? A)karvonboshi B)xon C)otaliq D)devonbegi 5.Bu shaxs o`z asarlarida jamiyatdagi nomukammallik, ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, odamlar fe`lidagi illatlarni tanqid qilgan. Bu shaxsning yashagan yillari? A)1770-1842-yillar B)1748-1818-yillar C)1771-1831-yillar D)1827-1897-yillar 6.Markaziy Osiyo – Rossiya tashqi savdo ulushi 25% bo`lganidan 9 asr oldin vafot etgan shaxsning tavallud yilini toping. A) 810-yil B)870-yil C)865-yil D)797-yil 7.Amirlikda to`lanadigan xiroj miqdorini kim aniqlagan va kimning ishtirokida? A)amlokdor; mirob B)amlokdor; amin C)amlokdor; qishloq oqsoqoli D)amin; mirob 8.Mang`itlar sulolasi Buxoro amirligida qachongacha hukm surgan? A)1924-yil B)1868-yil C)1910-yil D)1920-yil 9.Qaysi amir davrida xalqdan olinadigan soliqlar ko`paytirilgan? A)Nasrullo B)Haydar C)Doniyolbiy D)M.Rahimbiy 10.Muhammad Hakimbiy vafotidan 5 asr oldin vafot etgan shaxsning hukmronligi qachon boshlangan? A)1227-yil B)1127-yil C)1224-yil D)1236-yil 11.Amir tayinlaydigan hokim boshqaradigan hudud ……. deb atalgan? A)amlokdorlik B)viloyat C)suyurg`ol mulk D)shahar 12.Boj va xirojdan boshqa barcha soliqlarni kamaytirgan amir hukmronligi tugaganidan 1580 yil ilgari qaysi sulola hukmronligi tugagan? A)Kushonlar B)Xan C)Suy D)Guptalar 13.Harbiy anjomlarni ro`yxatga olgan amaldor? A)devonbegi B)mehtar C)muhtasib D)mushrif 14.Samarqand shahri qachon baland devor bilan o`rab olingan edi? A)XIX asr 2-yarmi B)XIX asr boshlari C)XVIII asr oxiri D)XVIII asr 1-yarmi 15.Qaysi amir davrida viloyatlar mustaqilligi tugatilishi natijasida davlat yerlari zaxirasi ko`paygan? A)Haydar B)Nasrullo C)Shohmurod D)Doniyolbiy 16.Amir Nasrullo hukmronligi tugaganidan 5 asr oldin Movarounnahrga hujum qilgan shaxsning hukmronligi qachon boshlangan? A)1368-yil B)1348-yil C)1356-yil D)1351-yil 17.Buxoro amirligi xavfsizligining asosiy kafolatlaridan biri nima edi? A)qabila boshliqlari bilan til topa bilish B)markaziy hokimiyatni mustahkamlab, xalq ommasini itoatda tutib turish C)o`z qabilasini asosiy siyosiy va ijtimoiy tayanchga aylantirish D)Bo`ysunmagan qabilalarni turgan joyidan ko`chirtirish 18.Sa`diyning asarlarini bezagan shaxs ijod qilgan vaqtdagi amirning hukmronlik yillari? A)1826-1865-yillar B)1785-1800-yillar C)1758-1785-yillar D)1800-1826-yillar 19.Amirlik davrida munozara janriga katta hissa qo`shgan shaxs? A)Nishotiy B)Vola C)Mujrim Obid D)Muhammad Hakimxon 20.Sa`diy va Hofiz asarlariga turmush manzaralari tasvirlangan rasmlarni chizan shaxs qaysi amir davrida ijod qilgan? A)Haydar B)Doniyolbiy C)Nasrullo D)Shohmurod