1.O`ziga qarshi buxorolik amirlar isyon uyushtirganligidan xabar topgach Eronga qochgan ashtarxoniy hukmdorning hukmronlik yillarini to`g`ri ko`rsating. A)1611-1642-yillar B)1605-1611-yillar C)1681-1702-yillar D)1645-1681-yillar 2.Shoh Jahonning o`g`illari Balx shahrini egallashganidan 2 asr oldin kimlar o`rtasida jang bo`lgan? A)Boysung`ur va Abdullatif B)Ulug`bek va Abdullatif C)Ulug`bek, Abdullatifning birlashgan qo`shini va Alouddavla D)Alouddavla va Abdullatif 3.Mamlakat birligini ta`minlash yo`lida harakat qilib shu yo`lda qurbon bo`lgan ashtarxoniy hukmdorning hukmronligi qachon boshlangan? A)1711-yil B)1681-yil C)1702-yil D)1747-yil 4.Ashtarxoniylarda mamlakat iqtisodining butunlay inqirozga tushishidan saqlab turgan aosisy omil? A)Soliqlar B)Muntazam qo`shin C)Xonlar D)Dehqonchilik 5.Davlat amaldorlariga xon qaysi turdagi yer shaklini in`om etgan? A)Tanho B)Suyurg`ol C)”Mulki hurri xolis” D)Jogir 6.Ibrohimbiy yordam so`ragan qabilalarni talagan xalqlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib brogan hukmdorning taxtga chiqqan yilini to`g`ri ko`rsating. A)1601-yil B)1611-yil C)1702-yil D)1681-yil 7.Ashtarxoniylarda viloyat hokimlari kim tomonidan tayinlangan? A)qo`shbegi B)otaliq C)xon D)devonbegi 8.Yuqori davlat lavozimlariga kimlar tayinlangan? A)zodagonlar B)faqat o`z qabilasidan bo`lganlar C)o`zbek qabilalarining quyi toifa vakillari D)qabila boshliqlari 9.Diniy mahkamalarga yerlar qaysi yer egaligi shakli hisobidan berilgan? A)mulki sultoniy B)mulki vaqf C)xususiy mulk D)”mulki hurri xolis” 10.Ashtarxoniylar davrida ulamolarga suyurg`ol shaklida yer in`om etilgan bo`lsa, temuriylar davrida bunday shaxslarga qaysi turdagi yer in`ometilgan va bu yerlardan qanday soliq olingan? A)Tarxon; barcha soliqlardan ozod etilgan B)mulk; ushr C)mulki vaqf; soliq olinmagan D)xususiy yerlar;xiroj 11.Asosiy maqsadi siyosiy tarqoqlikni tugatish bo`lgan shaxsning otasi hukmronlik vaqtini to`g`ri belgilang. A)1702-1711-yillar B)1681-1702-yillar C)1645-1681-yillar D)1642-1645-yillar 12.Rajab Sulton Samarqand taxtiga o`tirganidan 5 asr oldin mo`g`ullar bosib olgan hududlar? 1.Dashti Qipchoq 2.Sharqiy Eron 3.Afg`oniston 4.Rus 5.Kavkaz A)1,5 B)1,2,3,4 C)1,4 D)2,3,4 13.Mamlakat viloyatlari markaziy hokimiyatga bo`ysungan davlatlardan birini to`g`ri belgilang? A)Tan imperiyasi B)Buxoro(ashtarxoniylar) C)Turk xoqonligi D)Xiva xonligi 14.Qaysi asarda falsafa, tarix va ilohiyot masalalari bayon etilgan? A)Bahr ul-asror B)To`rt unsur C)Xoqonga foydali maslahatlar D)Hyvonotnoma 15.Ashtarxoniylar davri me`moray inshootlari uchun qaysi davr m`moray inshootlari andaza bo`lib xizmat qilgan? A)XVI-XVII asr B)IX-XII asr C)XIV-XVII asr D)XIV-XV asr 16.1711-yil taxtga chiqqan hukmdorga bag`ishlab kim asar yozgan? A)Muhammad Yusuf Munshiy B)Abdurahmon Tole C)Muhammad Amin Buxoriy D)Zamon Buxoriy 17.20 dan ortiq asar yozgan shaxs tug`ilgan va vafot etgan yili taxtda kimlar hukmron edilar? A)Boqi Muhammad; Ubaydullaxon B)Imomqulixon; Subhonqulixon C)Imomqulixon; Ubaydullaxon D)Boqi Muhammad; Abdulazizxon 18.O`zining mustahkamligi, nafis naqshli koshinlarga boyligi bilan ajralib turuvchi o`z davri me`morchiligining yetuk namunasi? A)Labihovuz ansambli B)Nodir devonbegi madrasasi C)Registon majmuasi D)Abdulazizxon qo`sh minorasi 19.Bu inshoot bozor maydoni o`rtasida qurilgan. Uni qurdirgan shaxsni toping. A)Yalangto`shbiy Bahodir B)Abdulazizxon C)Nodir devonbegi D)Ernazar elchi 20.”Buxoro shoirlari taxtida sulton” bo`lgan shaxs qayerda tug`ilgan? A)Kesh B)Buxro C)Dehli D)Nasaf