Golarktik olam Tayanch so’z va iboralar


Yer sharining floristik olamlari bo’yicha A.L.Taxtadjyanning fikri



Download 36,66 Kb.
bet2/4
Sana13.06.2022
Hajmi36,66 Kb.
#665929
1   2   3   4
Bog'liq
Golarktik olami o\'simliklari

2. Yer sharining floristik olamlari bo’yicha A.L.Taxtadjyanning fikri. Quruqlikning har qanday kattalikdagi uchastkasi ham ma’lum miqdordagi oilalar to’plami bilan xarakterlanadi. Shu bilan bir qatorda ba’zan har qanday uchastkaning o’zi uchun xos endemik oilalari ham bo’ladi.
Shu yuqoridagi ikki belgiga asoslanib, butun quruqlikni 6 ta floristik oblastga bo’linadi. Har bir floristik oblast o’z florasining geografik tarqalishiga, genetik va tarixiy taraqqiyotiga, shuningdek, geologik, orografik, iqlim va tuproq sharoitiga ko’ra bir-biridan farq qiladi, turlarning geografik migratsiyasi, halok bo’lish differentsiatsiyasi ham floristik oblastlarning farqlanishiga sabab bo’ladi. Floristik oblastlar bir necha kichik oblastlarga bo’lib o’rganiladi. Bunday floristik kichik oblastlar bir-biriga yoshiga va tarixiy taraqqiyotiga ko’ra farq qiladi. Bir kichik floristik oblastdagi o’simlik turlari uchlamchi davrdan buyon deyarli o’zgarmagan bo’lib relikt o’simliklardan tashkil topishi, ikkinchisi esa muzlik ta’sirida ancha o’zgargan bo’lishi mumkin. Masalan: birinchi xil kichik floristik oblastga Xitoy Yapon, Atlantika yoki Shimoliy Amerika kichik oblastlarini, ikkinchi xil floristik kichik oblastga Markaziy Yevropa kichik oblastini misol tariqasida ko’rsatish mumkin.
Floristik kichik oblastlar, kichikroq provintsiyalarga, provintsiyalar esa okruglarga bo’linadi.
Floristik oblast va kichik oblastlarning chegarasi, turlar soni hamda floristik tirkibiga, tegishli hozirgi ma’lumotlar o’tmishdagi ma’lumotlarga to’g’ri kelmasligi mumkin.
Yo’qolib ketgan o’simlik qoldiqlarni qazilma holda o’rganish asosida Yer sharining iqlimi uzoq geologik davrlar davomida bir xilda bo’lib kelganligi va uni hozirgi vaqtdagi iqlimdan farq qilganligi ma’lum. Iqlim sharoitining o’zgarishi quruqlik va suvlikning Yer sharida taqsimlana borishi bilan bog’liq bo’lgan.
Demak, yerning yoshi 4-5 mlrd yil deb hisoblasak, yerda hayotning paydo bo’lganligiga 1 mlrd 700 mln yil bo’lgan degan ma’lumotlar. Yer sharida o’simliklar dunyosining rivojlanish bosqichlariga nazar tashlaganda eng dastlabki organizmlar ko’k-yashil suvo’tlar va bakteriyalar ekanligi ma’lum bo’ladi. Ular arxey erasida paydo bo’la boshlab, paleozoy erasining kembriy hamda silur davrlariga kelib keng tarqalgan va rivojlana borgan. Silur davrida ba’zi o’simliklar (psilofitlarga va ularga o’xshashlar) quruqlikka chiqa boshlagan. Devon va toshko’mir davrlarida sporali o’simliklar paydo bo’la boshlagan.
Paleozoy erasining so’nggi perm davrida ochiq urug’lilar vujudga kelib, ular mezozoy erasining trias hamda yura davrlarida juda keng avj olgan. Mezozoy erasining bo’r davridan boshlab esa yopiq urug’li o’simliklar vujudga kela boshlab, ularning areali kengaygan.
Bo’r davrida materik bir necha marta suv bosgan va chekingan. Bu davrning oxirlariga kelib Shimoliy Amerikada, uchlamchi davrga kelib esa Yevropa va Osiyoda tog’lar hosil bo’la boshlagan. Uchlamchi davrda shimoliy yarim sharda temperatura pasaya borgan. Ana shunday o’zgarishlarning uchlamchi davrida va undan keyingi davrlarida sodir bo’lishi natijasida gulli o’simliklarning Yer sharida tarqalish chegarasi o’zgarib turgan.
Amerika va Afrikaning tropik oblastlari Atlantika okeani hosil bo’lgunga qadar Janubiy Osiyo bilan tutashgan holda Gondvana maternigini tashkil qilgan.
Bo’r davrining ohirlarida va uchlamchi davrda Atlantika va Xind okeanlarining vujudga kelishi bilan bu tropik quruqlik ikki bo’lakka (Janubiy Amerika va Afrikaga) ajralib ketgan.
Ayni vaqtda janubiy yarim sharda quruqlikning bir qismi cho’kib Avstraliyani Antarktidadan, Afrikani Janubiy Amerikadan ajralib ketishiga olib keldi.
Kaynazoy erasida shimoliy yarim sharning florasi, umuman, tabiati tubdan o’zgaradi. Bunday o’zgarishlar shimoliy yarim shardagi qadimgi uchlamchi florani yo’qolib ketishiga sabab bo’lgan.
Janubda esa tabiiy-geografik sharoit deyarli o’zgarmaganligi sababli tropik o’rmonlar, savannalar va tropik cho’l o’simliklari o’z holicha deyarli saqlanib qolgan.
Shunday qilib, bitta tropik mintaqa (ekvator) va ikkita tropik bo’lmagan (shimoliy va janubiy) iqlim mintaqasi vujudga keldi.



Download 36,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish