25.04.2022, 05:33
GMAT nima:
Test formati, narxi va imtihon topshirish jarayoni
https://www.printfriendly.com/p/g/FyHsb7
1/4
GMAT nima: Test formati, narxi va imtihon topshirish
jarayoni
grantlar.uz
/blog/gmat-nima-test-formati-narxi-va-imtihon-topshirish-jarayoni/
Blog
BO'LIM
Muvaffaqiyatga yo'l
O'QILGAN
15779 marta
CHOP ETILGAN
01.08.2018
Xalqaro biznes va iqtisodiyotga aloqador boshqa kurslar
qabul jarayonida nomzodga
talablar ichida
“GMAT testi”
degan band deyarli har doim uchraydi. IELTS, TOEFL,
SAT, GRE va LSAT kabi standartlashtirilgan xalqaro testlar kabi, GMAT ham xalqaro
kuchga ega hamda bu testdan olingan natijalarga qarab talabaning bilim va salohiyat
darajasiga baho beriladi. Hozirda dunyoning taxminan 2300 ta oliygohlari 7000dan ortiq
biznes kurslariga qabul uchun GMAT imtihonini qabul qiladi.
GMAT testini qabul
qiladigan OTMlar ro’yxatini ko’rish uchun
bu yerga
bosing.
GMAT o’zi nima?
The Graduate Management Admission Test
– qisqacha aytilganda GMAT ko’pincha
biznes yo’nalishidagi o’quv kurslariga qabul jarayonida talab qilinadi. Ayniqsa MBA
kurslariga qabul jarayonida GMAT muhim rol o’ynaydi: qabul komissiyasi nomzodning
ish
tajribasi, baholari va erishgan yutuqlari bilan birga GMAT testidan qanday baholar
bilan o’tganligiga ham e’tibor bergan holda qaror chiqaradi. Bu test talabaning fikrlash
darajasini ko’rsatib beruvchi eng elementar imtihon hisoblanadi. GMAT testidan yuqori
baho olgan nomzodlarning arizalari kuchliroq hisoblanib, o’qishga
kirish ehtimoli ham
ortadi. GMAT’da tushadigan materiallar GMAC – Graduate Management Admission
Council tomonidan tayyorlanadi.
Imtihonda nimalar tekshiriladi?
25.04.2022, 05:33
GMAT nima: Test formati, narxi va imtihon topshirish jarayoni
https://www.printfriendly.com/p/g/FyHsb7
2/4
GMAT testining vazifasi nomzodning fikrlash darajasi, tahlil
qilish qobiliyati va umumiy
bilimini tekshirish. Testning natijasidan esa nomzodning biznes yo’nalishiga qanchalik
tayyor ekanini ko’rsatuvchi o’lchov sifatida foydalaniladi.
GMAT testi 4 qismdan iborat. Birinchi qism “Analytical Writing Assessment” deb
nomlanadi va bu qismda nomzodning tahliliy yoza olish qobiliyati tekshiriladi. Ikkinchi
qismda nomzodning o’z fikrini asoslay olish qobiliyati tekshiriladi, bu qism “Integrated
Reasoning” deb nomlanadi. Uchinchi qismda nomzodning algebra,
arifmetika,
geometriya va boshqa miqdoriy ma’lumot bilan ishlashda zarur bo’ladigan fanlardan
bilimi tekshiriladi (Quantitative Assessment). To’rtinchi qism yozma ingliz tilidan (Verbal)
bo’ladi. Test topshiruvchi bu qismlardan imtihon topshrish ketma-ketligini o’zi tanlashi
mumkin. Bunda test topshiruvchida uchta variant mavjud:
1. Analysical Writing Assessment,
Integrated Reasoning,
Quantitative, Verbal
2. Verbal, Quantitative, Integrated Reasoning, Analytical Writing Assessment
3. Quantitative, Verbal, Integrated Reasoning, Analytical Writing Assessment
Test markazida GMAT topshiruvchiga avval test jarayonida kompyuterdan qanday
foydalanish tushuntiriladi.