LINGVISTIKA tillarni oʻrganuvchi fandir. Tilshunoslikning amaliy va nazariy turlari mavjud boʻlib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi (grammatikasi) va uning maʼnosi (semantikasini) oʻrganadi. Grammatika — morfologiya (soʻzlarning tuzilishi va oʻzgarishi), sintaksis (soʻzlarning iboralarga va gaplarga biriktrilish qoidalari) va fonologiya (tilni abstrakt tovushlar yordamida oʻrganish) fanlarini qamrab oladi. Amaliy tilshunoslik, asosan, tilshunoslikda oʻrganilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash bilan shugʻullanadi. Amaliy tilshunoslik tarkibiga xorijiy tillarni oʻrganish va oʻrgatish, tarjima, nutq terapiyasi va nutq patalogiyasi kabi fanlar kiradi.
TILSHUNOSLIK, lingvistika — til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari, tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan. Maqsadi, vazifasi va shu kabiga koʻra, T.ning bir necha yoʻnalishlari (sohalari) bor: umumiy T. — tilni umuman insonga xos hodisa sifatida oʻrganuvchi, asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgixususiyatlarni aniqlash va yoritish boʻlgan soha, xususiy T. — ayrim bir til belgixususiyatlarini oʻrganuvchi soha; amaliy T. — tildan foydalanish bilan aloqador amaliy masalalarni (eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika, transkripsiya, transliteratsiya va boshqalar) hal qilish metodlarini ishlab chiquvchi yoʻnalish; matematik lingvistika, strukturaviy tilshunoslik, kiyo’siytarixiy tilshunoslik va boshqa Paralingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika kabi sohalar soʻzlovchi (shaxs)ning jamiyatdagi faoliyati bilan aloqador til xususiyatlarini oʻrganadi.
MORFOLOGIYA (yun. morphe — shakl va... logiya) (tilshunoslikda) — 1) tilning morfologik qurilishi; 2) soʻz shakllari haqidagi taʼlimot. Birinchi maʼnosida obʼyektni anglatsa, ikkinchi maʼnosida tilshunoslikning shu obʼyektni oʻrganuvchi bo'limini bildiradi.
SEMANTIKA (yun. semantikos — bildiruvchi, ifodalovchi) — 1) til yoki uning bironbir birligi (soʻz, soʻzning grammatik shakli, frazeologizm, soʻz birikmasi, fan) orqali ifodalanadigan butun mazmun, maʼno, axborot; 2) turli til birliklarining maʼnoviy tomonini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi; semasiologiya. Ayrim lugaviy unsurlar tushunchalarni bildiradi, bu tushunchalarni esa faqat toʻliq gaplar va ularning qoʻshilmalari ifodalashi mumkin. Binobarin, S.ning oʻrganish obʼyekti ham, asosan, toʻliq, mustaqil maʼnoli soʻzlar va gaplarning maʼnolar tizimidir. S. fan sifatida 19-asrning 2-yarmidan rivojlana boshlagan va hozirgacha bir-biridan sifat jihatidan farqlanuvchi bir necha bosqichni oʻtgan.Semantika axborot texnologiyalarda ham qo'llaniladi.
FAN — dunyo xaqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy. manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham oʻz ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. F.ning bevosita maqsadi oʻzining urganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini taʼriflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |