Gidrodlanish issiqligi – suv molekulalarini erigan modda molekulalari bilan o’zaro bog`lanishi jarayonida ajralib chiqadigan issiqlikka aytiladi
Daniel elementi – Mis (II) sulfat va ruh sulfat eritmalariga botirilgan mis va ruh plastinkalaridan iborat element.
Dina – kuch birligi 1 dina 0.00102 gramm kuchga teng.
Dipol - qutblangan molekulalar.
Dipol momenti qutiblangan molekulalarning qutiblanish darajlari. U, ya’ni m, dipol uzunligi l, qutib zaryadi e bilan belgilansa m q l · e bo’ladi.
Disperslik – dispers fazaning maydaligi, masalan, chin eritmada eritmaning dispersligi molekula yoki ion o’lchamigacha bo’lishi mumkin.
Dissotsilanish darajasi – eritmada ionlarga ajralgan molekulalar sonini umumiy erigan molekulalar soniga nisbati.
Distetika – binar aralashmalar suyuqlanish egrisining maksimal nuqtasi. Bu asosan aralashmalarda hosil bo’lgan kimyoviy birikmalarning suyuqlanish haroratiga to’g`ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |