13. Elektrokimyo – elektrolit eritmalari yoki suyuqlanmalarining fizik – kimyoviy hossalarini o’rganadigan bo’lim.
14. Elektrolit – erituvchi bilan ta’sirlashib ionlarga ajraladigan va eritmaning elektr o’tkazuvchanligini ta’minlaydigan modda.
15. Elektrolitik dissotsiatsiya – eritmada moddalarning ionlarga ajralish jarayoni.
16. Elektroliz – elektr toki ta’sirida sodir bo’ladigan oksiddlanish – qaytarilish reaksiyasi.
17. Energiya (grekcha energeia – xarakat, faoliyat ) – materiya barcha ko’rinishlari xarakati va o’zaro ta’sirining umumiy sifat o’lchovi.
18. Entalpiya – sisnemaning o’zgarmas bosimdagi energiyasi/
19. Entropiya – sistemaning fiydali ishga aylanmaydigan energiyasi.
20. Eritma – ikki yoki undan ortiq komponentdan va ularning o’zaro ta’sir mahsulotlaridan tashkil topgan gomogen termodinamik barqaror sistema.
Do'stlaringiz bilan baham: |