Vazirlar Mahkamasi – Isroil, Latviya, Yaponiya, Shri-Lanka, Qozog`iston, Turkmanistonda va qator boshqa mamlakatlarda hukumatning rasmiy nomi. O`zbekiston Respublikasida hukumat “Vazirlar Mahkamasi” deb nomlangan bo`lib, “O`zbekiston Respublikaci Vazirlar Mahkamasi to`g`risida”gi qonunga binoan, u O`zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma`naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta`minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir. Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o`zi tashkil etadigan xo`jalik boshqaruvi tuzilmalariga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan ishlashini ta`minlaydi.
Veto (lot. Veto - taqiqlayman) — hozirgi zamon davlatlarida qandaydir bir organning qarorini to`xtatib qo`yadigan yoki kuchga kirishga yo`l qo`ymaydigan harakat. Davlat boshlig`iga parlament qabul qilgan qonunlarga Veto qo`yish (qarorlarni taqiqlash) huquqining berilishi alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Vetoning mutlaq (yoki rezolotiv), bunda davlat boshlig`i parlament qabul qilgan qonunni uzil-kesil qaytarish huquqiga ega bo`ladi va nisbatan (kechiktiradigan yoki suspensiv) turlari farqlanadi. Bunda davlat boshlig`ining qonunni tasdiqlashni rad etishi uning kuchga kirishini to`xtatadi xolos, chunki parlamentga bu qonunni ikkinchi marta ovoz berish bilan qabul qilish huquqini beradi. Bunda qonun loyihasini ikkinchi (yakuniy) ovoz berish bilan qabul qilishda qator parlamentlarda ovozlarning alohida ko`pchiligi (masalan, AQSH va RFda har bir palataning 2/3 ovozi) talab qilinadi. SHuningdek, umumiy va qisman (tanlov) Vetolari ham bor. Umumiy Veto faqat hujjatning hammasini butunlayicha rad etilishini, ikkinchisi esa biror hujjatning alohida qismi yoki moddasi rad etilganligini anglatadi.
Davlat boshqaruvi –davlat organlarining tashkillashtiruvchi, ijro etuvchi va farmoyish beruvchi faoliyati bo`lib, qonun asosida amalga oshiriladi. Bu faoliyatni davlat boshqaruv organlari amalga oshirib, ijro etish jarayonida qonunlarning va unga asoslangan hujjatlarning bajarilishini ta`minlash uchun farmoyish berish huquqiga ega bo`ladi. Davlat boshqaruvi xalq deputatlari kengashining rahbarligi va nazorati ostida tashkil etiladi. Bu faoliyat ijtimoiy turmushning barcha tarmoqlari - xalq xo`jaligi, ijtimoiy-madaniy, ma`muriy-siyosiy sohalarda va sohalararo tashkil etiladi hamda qonunga asoslangan bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |