Glossariy pedagogika yunoncha «paidagogike»


Ta’limni differensiyalashtirish muammolari va maxsus maktablar



Download 494,52 Kb.
bet97/129
Sana24.01.2022
Hajmi494,52 Kb.
#407877
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   129
Bog'liq
КИЙСИЙ ПЕДАГОГИКА

3.3. Ta’limni differensiyalashtirish muammolari va maxsus maktablar

faoliyati
Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim ishini tabaqalashtirish muammolarini keltirib chiqardi.

Ammo bu masala atrofida qarama-qarshi fikrlar mavjud. Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatining e’tirof etishicha, ta’limda ijtimoiy tengsizlik kayfiyati hukm surmoqda. Bunga pul to’lab o’qish, sinfda yoki kursda o’quv kursini o’zlashtira olmay ikkinchi yilga qolib ketish, imtihonlarni o’ta talabchanlik asosida o’tkazish sabab bo’lmoqda.

Masalan, Fransiya boshlang’ich maktablari o’quvchilari hamda litsey o’quvchilarining ko’pchiligi fanlarni o’zlashtira olmay, takroriy o’quv yiliga qolib ketmoqda.

Ikkinchi yili o’qishga ko’p sonli imtihonlar ham sabab bo’lmoqda. Bu mamlakatning boshlang’ich va o’rta maktablarida bolalar 650 ta imtihon va topshiradi. Imtihonni topshira olmaslik o’quvchilarning asab va ruhiy holatiga qattiq ta’sir o’tkazadi. Bu noxush vaziyatlarni, hatto fojiali voqealar ro’y berishiga sabab bo’lish hollari uchraydi. Bunday vaziyat shubhasiz, faqat ota - onalar ichidagina emas, o’qituvchilar orasida ham keskin noroziliklarga sabab bo’lada.

Bunday sharoitda ta’limni tabaqalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan.

Ularning “ta’limni tabaqalashtirish — kelajak strategiyasidir” shiori biz uchun ham foydadan xoli emas.

Odatda o’quvchilarni tabaqalashtirish chet davlatlar amaliyotida boshlang’ich ta’lim kursidan keyin amalga oshiriladi.

Fransuz pedagoglari esa sinf o’quvchilarini uch tabaqaga ajratadi:

1. Gomogenlar — matematika va gumanitar yo’nalishda ish olib borsa bo’ladigan o’quvchilar;

2. Yarim gomogen — tabiiy sikldagi fanlarni o’zlashtira olishga moyil o’quvchilar;

3. Gegeron — barcha predmetlardan har xil saviyada o’zlashtiriladigan o’quvchilar va hokazo.

Tabaqalashtirish jarayonining yangi muhim yo’nalishi to’ldiruvchi ta’limni rivojlantirish bo’lib qolmoqda.

To’ldiruvchi maktablar paydo bo’lishining sababi, AQSH va G’arbiy Yevropada o’zlashtirmovchi hamda ulgurmovchi o’quvchilarning ko’payib borayotganligi, ta’lim sifatining tobora tushib borayotganligidadir.

AQSH davlat dalolatnomalaridan biri to’g’ridan-to’g’ri “mamlakat xavf ostida” deb nomlangan (1983 yil). Unda o’quvchilar o’zlashtirishidagi “o’rtamiyonachilik” 70-80 foizni tashkil etayotganligi, funksional savodsizlik avj olayotganligi bayon etilgan. Oily o’quv yurtiga tayyorgarlik ko’rish hamda o’qishga kirish uchun o’quvchilar xotirani kuchaytiruvchi turli dori vositalaridan foydalanayotganligi pedagoglarni tashvishga solmoqda. O’quvchilarining reyting ko’rsatkichi nisbatan tushib bormoqda. Fransiyada har uch litseychidan biri muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda. Ta’limda ro’y berayotgan buday salbiy holatlarni bartaraf etish to’ldiruvchi ta’lim zimmasiga tushadi.

To’ldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va litseylarda amalga oshirilmoqda. AQSHda bu xizmatga ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlari ham safarbar etilgan, milliy telekompaniya maxsus o’quv kanali orqali 130 soatlik o’quv ko’rsatuvlari tashkil etadi.

O’quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bo’yicha chet mamlakatlarning ko’pchiligida tadqiqotlar davom ettirilmoqda.

Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor tobora ortib bormoqda. Keyingi davrlarda o’z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha barobar ilgarilab ketgan bolalar ko’plab uchraydi. Ular o’quvni juda erta boshlab, ta’lim kurslarini o’zlashtirishda katta shov-shuvlarga sabab bo’ladigan darajada muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

Shunday iqtidorli o’quvchilar maktabi G’arbda XX asrning 60-yillarida paydo bo’lgan edi. Bunday maktablarning o’quv dasturlari bolalarning qobiliyat va imkoniyatini to’la ro’yobga chiqarishni ta’minlab berish darajasida murakkab tuzilgan.

Qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturi AQSHda keng quloch yoygan. Ayrim shaharlarda oliy toifali bolalar bog’chalari ochilgan bo’lib, ularda 4-5 yoshli o’quvchilar maktab dasturi asosida o’qitiladi. Talantlarni izlab topish davom etmoqda. AQSHda “Merit” dasturi asosida har yili yuqori sinf va kollejlardan eng qobiliyatli bolalar (600 ming) tanlab olinadi. Ular o’rtasida test sinovlari o’tkazilib eng qobiliyatli 35 ming o’quvchi tanlab olinadi va o’qitiladi. Ularga turli imtiyozlar stipendiyalar, yaxshi shart-sharoitga ega bo’lgan turarjoy, eng oliy darajadagi universitetlarga qabul va boshqalar amalga oshiriladi.

Ammo iqtidorli bolalarga qarama-qarshi qutbda turgan aqli zaif o’quvchilarning taqdiri ham chet ellik pedagoglarni tobora tashvishlantirmoqda, bunday holatlarni kelib chiqish sabablarini o’rganish, oldini olish bo’yicha ko’pgina profilaktik ishlar olib borilmoqda. Uular uchun maxsus maktablar ochilmoqda. Afsuski, statistik ma’lumotlar bunday bolalar soni tobora oshib borayotganligini ko’rsatmoqda.

So’nggi yillarda Fransiyada aqliy va jismoniy nuqsoni bor bolalar uchun ochilgan maktablar soni 16 marta o’sdi. Bu muammoni hal etish bo’yicha barcha ilg’or mamlakatlarda izchil izlanishlar jarayoni ketmoqda.

AQSHda kelajak maktabi – umummilliy loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Bu eksperiment mazmunini o’qituvchi buyrug’i bilan ish tutish, ko’proq o’quvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat. Ta’lim tarkibi sinfda ishlash, mustaqil mashg’ulot, o’qituvchi konsultatsiyasini o’z ichiga oladi.

Germaniya maktablarida sinfda o’quvchilar sonini qisqartirish yo’li tutilgan. Bunda o’quvchilarning har biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Topshiriqlarni o’quvchi mustaqil bajaradi, lozim bo’lganda o’qituvchidan konsultatsiya oladi. Bundan ko’zda tutilgan maqsad:

— maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo’nalishlarini kuchaytirish;

— o’quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo’llarini qidirib topish;

— tarbiya’ning yangi formalarida — o’quvchilar kengashi, maktab kengashlaridan, tarbiyaviy o’yinlardan foydalanish;

— maktab o’quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o’zaro aloqasini mustahkamlash, takomillashtirish;

— maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yaqinlashtirish, kasbga yo’naltirish ishlarini qayta tashkil etish;

— tabaqalashtirib o’qitishni kuchaytirish, maxsus o’quv muassasalari (ham talantli, ham aqliy, jismoniy nuqsonli o’quvchilar uchun) faoliyatini rivojlantirish;

— yangi-yangi o’quv texnik vositalarining ta’limdagi salmog’ini oshirish, o’qituvchilarning kompyuter savodxonligini oshirish;

— sinf-dars tizimini zamonaviylashtirish, o’quvchilarning mustaqil ishlashini yo’lga qo’yish;

— pedagogik g’oyalarini amalga oshirishda keng qamrovli eksperiment-tadqiqotlarni amalga oshirishdan iboratdir.

Chet el ta’lim tizimidagi bunday ibratli jihatlarni Vatanimiz ta’lim tizimida qo’llash yosh, mustaqil Respublikamizda o’quv-tarbiya ishlarini isloh qilish jarayonini tezlashtiradi.


Download 494,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish