Glossariy pedagogika yunoncha «paidagogike»



Download 494,52 Kb.
bet86/129
Sana24.01.2022
Hajmi494,52 Kb.
#407877
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   129
Bog'liq
КИЙСИЙ ПЕДАГОГИКА

scuoleparitarie

  • scuole private autorizzate

    Bulardan birinchisi scuoleparitarie maktablari bo`lib, ular 2000 – yildan buyon davlat ta’lim muassasasi sifatida bitiruvchilarga guvohnoma berib kelmoqda.

    Ikkinchi turi esa, scuole private autorizzate maktablaridir. Bunday maktablarning o`ziga xosligi shundaki, ularni ma’lumotga ega bo`lmagan, shuningdek, yuridik shaxs bo`lmagan o`rta maktabni bitirgan fuqarolar boshqaradi. Bunday maktablar bitiruvchilarga sertifikat berish huquqiga ega emas.

    Shuningdek, Italiya ta’lim tizimida anchagina nom qozongan xususiy ta’lim muassasalari mavjud. Bular Steynarian maktablaridir. 2000 – yil 11 – sentabrda Italiya ta’lim vazirligi qabul qilgan shartnomaga ko`ra, bu maktablarga faqat boshlang`ich sinflarni tashkil etish uchun ruxsat berilgan bo`lib, ularda Montessori metodi bo`yicha dars o`tiladi shu bois, bunday sinf rahbarlaridan maxsus Montessori didaktikasi differensial diplomiga ega bo`lish talab etiladi.

    Italiya maktablarida ko`p miqdorda o`qituvchilar uchun alohida darsliklar va yordamchi materiallar mavjud. Biroq o`qituvchilar o`zlari istagan boshqa darsliklardan foydalanishlari mumkin. Bu esa, natijalarning samarali bo`lishini ta’minlaydi. Italiya maktabi ta’lim tizimininig boshqa davlatlar ta’lim tizimidan o`ziga xos farqli jihatlaridan biri shundaki, Italiya maktablarida multi sinflar mavjud. Bunday sinflar o`quvchilarini turli yoshda bo`lgan bolalar tashkil etadi. Ularning soni 6 dan 12 nafargacha bo`ladi. Multi sinf o`quvchilari birgina o`qituvchi nazoratiga topshiriladi. Lekin bunday sinflar barcha maktablarda mavjud emas. Ular faqatgina tog`li jorlarda, aholi juda kam joylashgan hududlardagi maktablarda tashkil etiladi. Bu sinfda ota – onalar bolalari bilan shug`ullanish imkoniyati bo`lmagani yoki boshqa sabablarga ko`ra band oilalar farzandlari tahsil olishadi. Maktabda o`quv jarayonini tashkillashtirish maktabning hududiy joylashuvi hisobga olingan holda olib boriladi. O`quv yili 1 – sentabrdan boshlanib, yozgi ta’til 30 – iyundan boshlanadi. Maktab bitiruvchilari bitiruv imtihonlarini iyul oyida topshiradilar.

    Boshlang`ich maktablarda darslar haftasiga 27 – 30 soatni tashkil qilsa, shundan 3 soati chet tilini o`rganishga ajratiladi. Dars jadvalini rejalashtirish jarayonida asosiy e’tibor fanlarni bir xil taqsimlashga qaratiladi.

    Umumiy modul tizimidagi maktablarda (haftada 27 soat) haftada 5 kun o`qitiladi. O`quv jarayoni 40 soatni tashkil etadigan maktablar ham haftasiga 5 yoki 6 kun ishlaydi. Soatning ko`pligiga qarab darslar umumta’lim maktablar uchun 8:30 dan 16:00 gacha olib boriladi. O`rtadagi tanaffus uchun 30 daqiqa vaqt ajratiladi. 5 - sinf yakunida o`quvchilar esame di licenza elementare, ya’ni boshlang`ich ta’limning yakunlanishi imtihonini topshirishdi. Shundan so`ng, ikkinci bosqich scuola mediaga o`rta ta’limga o`tadilar. Imtihonda nafaqat o`quvchi, balki o`qituvchining salohiyati ham tekshiriladi. Ya’ni, o`quvchi ustozidan olgan bilimni qanchalik egallaganini ko`rsata olishi kerak. Test savollarida matematika va mantiq fanini o`zlashtirish darajasi tekshiriladi. Boshlang`ich ta’limni tugatgach, birinchi bosqich imtihonini topshirgan o`quvchiga maxsus guvohnoma beriladi. Bu hujjat ta’limning ikkinchi bosqichiga o`tish huquqini beradi.



    Italiya ta’lim tizimi boshqaruvida asosiy e’tibor boshlang`ich ta’limni to`g`ri tashkil etishga qaratilishi bejiz emas. Chunki aynan shu bosqich keyingi ta’lim jarayonlarining samarali olib borilishini ta’minlaydi. O`quvchilar haftada besh kun 30 soat o`qiydilar. Har bir ta’lim bosqichining oxirida imtihon o`tkaziladi. Baholar og`zaki tartibda “juda yaxshi”, “durus” va “past” darajalarda baholanadi. Italiyada birinchi besh yillikda ya’ni ikki bosqichni tugatganidan so`ng yozuvga oid va og`zaki imtihon olinadi. Uning natijasiga qarab oquvchilarga shahodatnoma majburiy beriladi va ular o`rta maktabga o`tadilar. Qayerda o`qishlaridan qat’iy nazar, ta’lim 14 yil. Italiyada o`quvchilar bu bosqichda italyan tili, tarix, geografiya, matematika va tabiiy fanlar, xorijiy til, san’at, musiqani o’rganishadi. So’ng yil oxirida imtihon topshiriladi. Italiyada o’quvchilar imtihonlarda italyan tili, matematika va chet tilidan – yozma, qolgan fanlardan – og`zaki imtihon topshiradilar.
    Italiyada litsey tizimi
    Umumiy maktablardan keyin universitatga kirish uchun litseylarda tayyorlanishadi.
    Universitetlarga tayyorlanish litseylarda amalga oshiriladi.
    Litseylarning uch turi mavjud:
    1. Klassik
    2. Texnikaga oid litseylar
    3. Tabiiy fanlarga oid litseylar
    Litseylar dasturi quyidagilarni o`z ichiga oladi. Italyan adabiyoti, lotin tili, matematika, fizika, tabiiy fanlar, falsafa, tarix. Bitiruvchilar topshiradigan imtihonlar fransuzlarning topshiradigan imtihonlariga juda ham o`xshash.   Oliygohga kirish yetuklik attestati orqali qabul qilinadi.
    Klassik litseyda oliygohga kirish uchun umumiy tayyorgarlik amalga oshiriladi va bitiruvchilar har qanday fakultetga o’qishga kirishga haqli. Italiya ta’lim  tizimida oliy o`rta maktablar kasbga yo’llovchi o`quv korxonalar (texnik oliygohlar, san’at maktablari) va litseylar hisoblanadi. O’quvchilar boshlang`ich va o`rta ta’limda 14 + 5 yil ta’lim bilan 19 yil o`qiydilar.
    Oliy ta`lim

    Italiya oliygohlarida ko`proq o`rta asr an’analari saqlangan. Bayramlarda Robin Gud uslubida kiyinishadi, turli rangdagi kepkalar kiyishadi.
    Oliy ta`limning  zamonaviy andozalari 2001–2002 yillarda qabul qilingan. Bugungi kunda bu ta’lim tizimida 60 000 professor dars beryapti. Italiyada dunyoga mashhur universitetlardan biri  – Bolonskiy dorilfununi mavjud.
    Italiyada oliy o`quv yurtlari ikki turga: 
    • universitetlar;
    • oliygohlar va kollejlar.
    Italiyada 83 ta universitetlar, shu jumladan: 
    -  58 ta davlat universitetlari; 
    - 17 ta nodavlat universitetlari;
    - 2 ta universitet xorijiy talabalar uchun
    - 3 ta oliy maktablar;
    - 3 ta Politexnika universiteti.
    Ma’orif  o`quv muassasalari nouniversitet sektorida bundan tashqari oliy ma`lumot olish mumkin bo`lgan to`rt turdagi ta`lim muassasalari mavjud: 
    1. Oliy dizayn maktablari; 
    2. Politexnika, san`at oliygohlari;
    3. Nafis san`at akademiyasi;
    4.Konservatoriya.
    Italiyada Milliy akademiyaning: oliy maktablar, til tayyorgarligi hamda oliy va yarim oliy ma’orif muassasalari faoliyat ko’rsatadi.   Bir  qator davlat va xususiy oliygohlarda xorijiy talabalar ommabop yo`llanma asosida ingliz tilida dizaynerlik ishi, san`at va modani o`rganishlari mumkin. Italiya dorilfununlarida bir necha yo’nalishli, bosqichli ikki turdagi o`quv dasturlari qo’llanib, ular yangi tartib va an`anaviylikka asoslangan. Avvalgi standartlarga  mos ravishda yangi talablar bilan birinchi bosqichda o`qitish amalga oshiriladi.
    Oliy ta`limning birinchi bosqichida o’qish uch yil davom etadi Bakalavrlik dasturida asosiy mo`ljal o`qitishning umumiy ilmiy  usullari, maxsus ta’lim hamda kasb malakalarini egallashni maqsad qilib qo’yilgan. Oliy ta`limning  ikkinchi bosqichida yangi tizim bilan mos ravishda ikkinchi pog`ona ta`lim dasturlari bo`yicha mutaxassislar tayyorlanadi, dasturlarni ixtisoslashtirish madsadida birinchi bosqichni davom ettirgan holda magistirlik dasturlari davom ettiriladi. Ikkalasida o’qish uch yil.
    Talabalar uchinchi bosqichda oliy ta`limni  davom ettirish uchun yangi sistemada aspiranturani o`qiydilar.

    Rimda 5 ta katta universitetlardan biri La Sapienzaga 200 ming abiturient hujjat topshirib, ortiqcha bo`sh o`rin yo`qligi sababli 10 abiturientdan 3 abiturient o’qishga qabul qilinadi. Diplom olgan talabalar Angliya va Germaniyaga qaraganda 3 baravar kam.
    Kimyo, me’morchilik, odontalogiyani o`rganish 5 yil, tibbiyot 6 yil.

    Mutaxasislar bakalavriat va magistraturani tugatgandan so’ng akademik daraja olish uchun malakaga oid imtihon topshirib, o`qishni aspiranturada davom ettirishadi. Aspiranturada o`qish 3 yil davom etadi.

    Imtihonlar yozma va og`zaki shaklda o’tkaziladi. Adabiyot, tarix, tilshunoslik, filologiya odatda og`zaki topshiriladi. Har qaysi imtihon 99,9% mustaqil tayyorlanishni talab qiladi.

    Italiya ta’lim tizimida har xil tilga oid kurslar tashkil etilgan. Til o’rganish kurslarining turli ko’rinishlari tarqalgan.


    Download 494,52 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   129




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish