Qiyosiy pedagogikaning obyekti, vazifalari va bajaradigan ishi. Qiyosiy pedagogika pedagogika fanining bir sohasi bo`lsa ham, (ijtimoiy pedagogika didaktika, tarbiya nazariyasi, pedagogika tarixi fanlari kabi) o`zining muayyan tadqiqot obyekti va predmetiga egadir. Bular, fan va o`quv predmetining bosh masalasini aniqlab beradi.
Qiyosiy pedagogika obyekti – milliy, regional va global masshtabdagi ta’lim.
Qiyosiy pedagogika predmeti – xorij va O`zbekiston pedagogik tajribasi va zamonaviy milliy pedagogik madaniyatning holati, tendensiyalari va rivojlanish qonuniyatlarini qiyosiy tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |