GLOSSARIY
Aksioma – biror matematik nazariya yaratishda boshlang’ich fakt deb qaraladigan va isbotsiz qabul qilinadigan jumla. Matematik nazariyani asoslashning mantiqiy poydevori hisoblangan aksiomalar sistemasi hamma vaqt ham tugallangan va takomillashgan bo’lmaydi, balki aksiomalarning o’zi kabi o’zgarib va takomillashib turadi.
2. Abel gruppasi – kommutativlik (o’rin almashtirish) qonuniga, ya’ni ab=ba qonunga bo’ysinuvchi gruppa. Masalan, n- darajali kompleks ildizlari gruppasi ko’paytirish amaliga nisbatan Abel gruppasidir. Abel gruppasi norvegiyalik matematik Abel nomi bilan atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |