3. Analitik geometriya - matematikaning bo’limi bo’lib, unda geometric obrazlar
koordinatalar usuliga asoslanib algebra vositalari bilan tekshiriladi.
Tekislikdagi Analitik geometriya A.g. da 2 ta asosiy masala qo’yiladi:
1) nuqtalarning geometric o’rni deb qaralgan chiziqning geometric xossalarini bilgan
holda uning tenglamasini tuzish va 2) chiziqning o’zgaruvchi x va y koordinatalarini
bog’lovchi tenglamaga asoslanib, bu chiziqning geometric xossalarini topish.
4. “Algebra” atamasi al-Xorazmiyning “Al-jabr va al-muqobala” asaridagi “al-jabr”
so’zining yevropacha talaffuzi bo’lib, o’zbek tilida tanlash, to’ldirish ma’nosini bildiradi.
5. An'anaviy (bosma) o'quv adabiyotlari - ta'lim oluvchilarning yoshi va psixo-
fiziologik xususiyatlari, ma'lumotlar hajmi, qog’oz sifati, muqova turi va boshqa
ko'rsatkichlarni hisobga olgan holda qog’ozda chop etiladigan manba.
Do'stlaringiz bilan baham: |