Iqtisodiy adolat – bozor iqtisodi qonuniyatlariga (mulk shakllarini erkin tanlash huquqi, talab va taklif erkinligi, erkin raqobat tamoyillariga) rioya qilish.
Iqtisodiy munosabatlar - har bir insonning o’z moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida o’zga insonlar bilan turli munosabatlarga kirishuvi.
Shaxsning iqtisodiy mustaqillik mas’uliyati – har bir balog’at yoshidagi inson o’zi va o’z qo’l ostidagilar moddiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda va halol yo’l bilan ta’minlash zaruratini to’g’ri anglab etib shunga yarasha harakatda bo’lishi.Inson - hayvon emas, ammo farishta ham emas. Unga faqat biologik mavjudot deb qarash etarli bo’lmasa-da, ammo moddiy mavjudligini ta’minlash ehtiyoji va o’zidan so’ng zurriyot qoldirish vazifasi har bir insonda mavjud ekanligini ham inkor etib bo’lmaydi. Inson o’z moddiy mavjudligini umr bo’yi, uzluksiz ta’minlab borishga majbur, busiz u o’zga hech qanday vazifani bajara olish imkonini topmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |