YuK KO‘TARUVChANLIK (load-carrying ca¬pacity; lifting capacity) – tonnada o‘lchanuvchi yuk miqdorini ko‘rsatuvchi transport vositasi parametri.. Transport vositasining asosiy ekspluatatsion xususiyatlaridan biri hisoblanib, u 1 m3 kuzov hajmi hamda 1 m2 kuzov yuzasiga to‘g‘ri keluvchi yuk ko‘taruvchanlikni aniqlashda foydalaniladi.
YuK QABUL QILUVChI (consignee; receiver) – transport vositasi orqali yuk jo‘natuvchidan yuborilgan yukni qabul qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Yuk qabul qiluvchi tashish shartnomasi tuzilishida ishtirok etmagan xolda ma’lum bir majburiyatlarga, jumladan, belgilangan muddatda yukni qabul qilib olishi, to‘lovlarni o‘z vaqtida bajarishi, yuk yo‘qolgan holatda uning narxini talab etishi mumkin. Shuningdek, u transport vositasini tozalab berishi va ortish-tushirish ishlari me’yorida bajarilishi majburiyatini olishi shart.
YaXTA (ingl. yacht< goll. jacht< jagen – haydamoq, boshqarmoq) Katta va yengil, yelkanli yoki yelkan-motorli sport qayig‘i. Sayohat va sport ishlari uchun mo‘ljallangan, uncha katta bo‘lmagan kema.
Do'stlaringiz bilan baham: |