YuK AVTOSTANSIYASI (highway carrier freight terminal; trucking terminal) – muntazam avtomobil liniyalarida xizmat ko‘rsatuvchi terminal. Yuk avtostansiyalari katta shaharlarda va sanoat markazlarida avtomobil yo‘llari va temir yo‘l stansiyalari va b. yaqinida tashkil etiladi.Yuk avtostansiyasi tarkibida yuklarni saqlash va mayda partiyali yuklarni yiriklashtirish uchun omborlar, tirkama va yarim tirkamalar uchun maydonlar, yuk tarozilari, haydovchilarning dam olishi va tunashi uchun xona va boshqalar bo‘ladi.
YuK BIRLIGI (unit load) – bir yoki bir nechta predmetlardan (paketlarga joylashtirilgan) iborat, ma’lum bir shaklga va o‘lchamga ega, ortish, tashish, saqlash va tushirishga tayyorlangan bo‘linmaydigan yuk.
YuK AVTOMOBILI (lorry - brit.; truck) – avtomobil transporti vositasi birligi;yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan va dizel, benzin va gaz turbinasi dvigateli bilan jihozlangan o‘zi yurar transport vositasi.O‘tag‘onligi bo‘yicha yo‘llarda ishlovchi va yuqori o‘tuvchanlikka ega avtomobillarga, konstruksiyasiga ko‘ra yuqori o‘tuvchanlikka ega avtomobillar g‘ildirakli, yarim gusenitsali, g‘ildirak-gusenitsali bo‘ladi.Umum vazifali yuk avtomobillari bort platformali kuzovli va bir turdagi yuklarni tashishga ixtisoslashtirilgan transport vositalariga bo‘linadi.Yuk avtomobillari tirkama va yarim tirkamalar bilan ishlatilishi mumkin. Yuk ko‘taruvchanligi bo‘yicha yuk avtomobillari beshta guruhga bo‘linadi: 0,5 t gacha bo‘lgan juda kam yuk ko‘taruvchi; 0,5 t dan 2,0 t gacha kam yuk ko‘taruvchi 2,0 t dan 5,0 t gacha o‘rta; ko‘tarish qobiliyati 5,0 t va undan katta; alohida kategoriyaga ega o‘q massasi og‘irligi bir o‘qqa 100 kN (10tk) va juft o‘qlarga esa 180kN (18tk) tushuvchi avtomobillar kiradi.
YuK KEMASI (cargo ship; freight ves sel) – yuk tashish uchun mo‘ljallangan suzuvchi transport vositasi. Yuk kemasi universal va maxsus turlarga bo‘linadi. Maxsus kemalarga don va boshqa sochiluvchan yuklarni tashuvchi; tankerlar (quyuluvchi yuklar); refrijerator kemalar (tez buziluvchiyuklar uchun); konteynerovozlar; balkerlar (sochiluvchan yuklar uchun); rolkerlar (avtotransport uchun) va boshqalar kiradi
YuK OQIMI (freigtil flow; freight traffic) –vaqt birligi ichida ma’lum yo‘nalish bo‘yicha tashilgan yoki tashish uchun mo‘ljallangan tonnalarda o‘lchanuvchi yuk massasi. Yuk oqimi bir tomonlama yoki ikki tomonlamala bo‘ladi.Yuk oqimi ko‘p yoki kamligi, tashish noteksilik koeffitsienti, jadalligi, jo‘natish massasining o‘rtacha va minimal miqdori, marshrut uzunligi, qayta ortish-tushirishlar soni, boshqalar bilan xarakterlanadi. Yuk oqimi diagramma, kartogramma, jadval va b. Ko‘rinishlarda tasvirlanishi mumkin.
YuK OBOROTI (freight turn¬over; freight traffic) – ma’lum vaqt birligi ichida tashilgan yuk miqdorini shu yukni tashish masofasiga ko‘paytmasi bilan aniqlanadi va u transport vositasining bajargan ishini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |