YuK JO‘NATUVChI (consignor; shipper) – tashish shartnomasidan kelib chiqib, o‘z nomidan yuklarni upakovkalash, tarozida tortish, markirovkalash, ba’zi yengil yuklarni zichlashtirish kabi ishlarni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar. Yuk jo‘natuvchi yukni tashuvchiga qabul qiluvchiga yetkazish uchun beradi. Yuk jo‘natuvchi transport vositasiga yuklarni ortish, yuk vagonlari va konteynerlarga kerakli miqdorda yuk ortilmaganligi uchun javobgar hisoblanadi. Yuk jo‘natuvchi tashish uchun yaroqsiz yoki kechikib berilgan transport vositalaridan voz kechish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |