AVTOTRANSPORT KORXONASI (motor carrier) –Yuridik shaxs maqomiga va mustaqil balansga ega bo‘lgan umumfoydalanish va korxona- larga qarashli avtomobil transporti korxonasi. Yirik avtokorxonalar tarkibida avtokolonnalar tashkil etilishi mumkin. Avtotransport korxo- nasi yuklarni tashish, saqlash texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish ishlari uchun kerakli materiallar bilan ta’minlash va b. amalga oshiradi.
AKVATORIYa (lot. aqua – suv, territorium –joy). Suv havzasi yuzasining bir qismi
AERO (yun. aer-havo). O‘zlashma qo‘shma so‘zlar tarkibida so‘z yasovchi sifatida qatnashadi va “aviatsiya”.”Havo” so‘zlariga aloqadorlikni bildiradi: aeroport, aerosyomka, aerodinamika va b.
AERODROM(aero...+yun. Dromos-yugurish,yugurish joyi). Uchishapparatlarining turishi, uchib ketishi, qo‘nishi uchun kerakli barcha inshootlari bo‘lgan keng maydon
AEROPORT (aero...+fr.port). Havo liniyasi trassasida joylashgan va transport aviatsiyasining muntazam qatnovini ta’minlab turish uchun kerakli inshootlar bilan jihozlangan aerodrom.
Do'stlaringiz bilan baham: |