Glossariy
An'analar – o‘tmishdan foydaliligi jihatidan insonlar qabul qiladigan, avloddan-avlodga o‘tadigan madaniy norma va qadriyatlar, ko‘nikmalar.
Assimilyasiya – ozchilikning ko‘pchilik aholi ichiga singishib ketishi, bunda ozchilik aholi hukmron madaniyat me'yorlari va qadriyatlarini qabul qiladi.
Barqarorlik (ijtimoiy)– jamiyatdagi tinch-totuvlik va uni mustahkamlash uchun shart-sharoitning mavjudligi; ijtimoiy qatlamlar, kuchlar va siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamjihatlik vaziyati; davlat, jamoat tashkilotlari, fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy kelishuv holatining muttasil davom etishi va h.k.
ayollar uchun xos hisoblangan jihatlarni xklq-atvordan kutish.
Globallashuv – dunyodagi turli odailar, mintaqalar va mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning o‘sishi.
Demokratiya – fuqarolarga siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etish va boshqaruv organlariga o‘z vakillarini saylash imkonini beradigan siyosiy tizim.
Yopiq nizolar – ko‘pincha fitna, ito, hiyla-nayrang, fisq-fasod shaklida rivojlanish oqibatida vujudga keladi. Ular oraga nifoq solish, buzg‘unchilikka qaratilgan bo‘lib, yolg‘onchiliq, uydirma, bo‘xton gaplar muxoliflar uchun asosiy qurol vazifasini bajaradi.
Yoshlik — bu axloqiy idealni izlash, maqsadlarni va hayotiy pozitsiyani shakllantirish, kasb tanlash, oilaviy hayotga tayyorgarlik pallasidir.
Jamiyat – muayyan hududda istiqomat qiluvchi, yagona siyosiy hokimiyatga itoat qiladigan va o‘zlarini boshqa qo‘shni guruhlardan farqlaydigan odamlar guruhi.
Jamoaviy harakat – muayyan joyda to‘plangan ko‘p miqdordagi odamlar tomonmdan o‘z-o‘zidan kelib chiqib bajariladigan harakatlar.
Jamoatchilik fikri – ommaning, aholi ko‘pchilik qatlamining voqyea-hodisalarga, ijtimoiy jarayonlarga nisbatan munosabatini ifodalovchi fikrlari, g‘oya, qarash va tasavvurlvri.
Jinoyat – hokimiyat tomonidan o‘rnatilgan qonunlarni buzadigan har qanday xatti-harakat.
Jins – ayollar va erkaklarni bir-biridan ajratib turadigan biologik va anatomik xususiyatlar.
Ijtimoiy nazorat – ijtimoiy tizimning uni tashkil etuvchi elementlarining o‘zaro xatti-harakatlarini normativ idora vositasida tartibga solishni ta'minlovchi o‘zini-o‘zi idora etish usuli.
Ijtimoiy harakat – ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirish yoki to‘sqinlik qilish uchun jalb etilgan odamlarning katta guruhi.
Iqtisodiyot – muayyan jamiyatlardagi individlarning moddiy ehtiyojlarini qoniqtirishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish va ayirboshlash tizimi.
Korellyasiya – ikki kattalik yoki o‘zgaruvchanlik orasidagi statistik shaklda ifodalanadigan barqaror munosabat.
Liderlik – individ tomonidan guruh liderligiga xos layoqat va sifatlarning namoyon etilishi.
Sanksiya – rag‘batlantirish yoki jazolash turlari bo‘lib, ular yordamida ijtimoiy maqbul bo‘lgan xulq-atvor me'yorlari mustahkamlanadi.
Sekulyarizatsiya – jamiyat hayotiga diniy ta'sirning kamayib borish jarayoni.
Siyosat – hokimiyat hukumat faoliyati mazmuni va mohiyatiga ta'sir o‘tkazish uchun qo‘llaydigan vositalar.
Siyosiy partiyalar – davlat hokimiyatiga erishish va bu hokimiyatdan muayyan dasturni bajarish uchun foydalanishni mausad qilib qo‘ygan tashkilot.
.
G‘oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga ta'sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr.
Haqiqat – inson ongida voqyelikning to‘g‘ri, haqqoniy aks etishini ifodalaydigan tushuncha.
Hisobot – tajribaga asoslangan ijtimoiy tadqiqotlar yakunini chiqarishning yozma shakli.
Hokimiyat – alohida individlar yoki guruh a'zolarining muayyan maqsadlarga erishish va ianfaatlarini ro‘yobga chiqarish layoqati.
Hukm – predmetga ma'lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |