Glossariy aholi



Download 126,71 Kb.
bet3/17
Sana06.04.2022
Hajmi126,71 Kb.
#532660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Mirsaid

demografik bashorat – Ayni vaqtdagi tabiiy o’sish ko’rsatkichlariga asoslangan holda kelajakdagi demografik vaziyatni ilmiy bashorat qilish.
demografik siyosat – hukumat tomonidan aholi tabiiy o’sishini yuqori yoki past darajaga keltirish uchun qabul qilinadigan chora-tadbirlar
aholining yosh tarkibi – aholi o’rtasidagi turli yosh guruhlarini birlashtiruvchi tizim.
Aholining jins tarkibi – aholi o’rtasida jinslarning miqdoriy tafovutini ko’rsatuvchi tushuncha.
yirik xalqlar – Yer yuzidagi soni 100 mln dan oshgan xalqlar.
Oilaning vazifalari – erkak va ayolga nikoh ittifoqi yuklaydigan vazifalar.
Uy xo’jaligi - aholiningijtimoiy holatini aniqlashda yordam beruvchi tushuncha.
Til oilalari – etnik jihatdan kelib chiqishi bir bo’lgan tillarni birlashtiruvchi tushuncha
jahon tillari – Dunyo xalqlari tomonidan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda keng ishlatiladigan tillar.
Davlat tili – muayyan davlatning barcha siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar uchun qabo`l qilgan rasmiy tili.

Mavzu: Aholi soni dinamikasi

Jamiyat taraqqiyoti davomida aholi soni va tarkibi muntazam o‘zgarib kelgan. Yuqorida qayd etilganidek insonlar tug‘iladi, ularning ma’lum qismi hayotdan ko‘z yumadi, nikohga kirib oila quradi, nikohlar bekor etiladi. Shuningdek insonlar bir hududdan ikkinchi hududga ko‘chadilar, bir ijtimoiy guruhdan boshqa ijtimoiy guruhga o‘tadilar. Masalan, O‘zbekistonda 2007 yil 608,9 mingta chaqaloq tug‘ildi, 137,4 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi, 254,2 ming kishi nikoh, 18,2 ming ajrimlar qayd etildi, 69,1 ming o‘quvchilar oliy o‘quv yurtlariga qabul qilindilar. Ya’ni o‘quvchilik guruhidan talabalik guruhiga o‘tdilar. Respublikada 1926 yili 4,6 million aholi bo‘lib, ularning 22 foizi shaharlarda, 78 foizi qishloq hududlarida istiqomat etganlar. 2008 yilda esa O‘zbekiston aholisining soni 27,1 millionga yetdi va ularning 35,8 foizi shahar, 64,2 foizi esa qishloq aholisiga mansubligi haqida ma’lumotlar mavjud. Aholi soni uning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik tarkibi davrlar, hududlar bo‘yicha doimo o‘zgarib turadi. Ushbu jarayon dunyoning barcha davlatlari, xalqlari va hududlarida sodir bo‘ladi va ular xaqida muntazam ma’lumotlar to‘plab, hisobga olinib boriladi.


Aholi soni va tarkibida sodir bo‘lgan barcha o‘zgarishlar iqtisodiyotning rivojlanishiga, umuman jamiyatning rivojlanishiga bevosita ta’sir etadi. Har bir hududning, davlatning ijimoiy-iqtisodiy rivojlanishida aholi sonining ortib yoki kamayib borishi, aholining umumiy tarkibida mehnat yoshidagi aholi guruhining salmog‘i, ularning demografik va sifatiy shakllanib borishi, shuningdek bolalar va mehnat yoshidan yuqori bo‘lgan qariyalar salmog‘i ham juda muhimdir. Har bir davlat aholisining soni va yosh-jinsiy tarkibidagi mutanosiblik, uning rivojlanish istiqboli dasturlarini ishlab chiqishda asosiy omil, zamin hisoblanadi. Ana shu nuqtai nazardan dunyo va uning alohida hududlari, davlatlari, xalqlari bo‘yicha aholi soni va tarkibini yuqorida qayd etilganidek juda qadimdan boshlab hisobga olib kelinadi. Aholi soni va tarkibini hisobga olish uslublari, dasturlari, texnikalari jamiyat rivojlanishiga monand doimo rivojlanib, takomillashib keldi. Aholini hisobga olishda, uning umumiy soni, yosh-jinsiy tarkibi bilan bir qatorda oilaviy tarkibi, tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajrim kabi demografik jarayonlar, aholi migratsiyasi haqida ham ma’lumotlar to‘planib boriladi.
Aholini hisobga olishda to‘plangan ma’lumotlarni aniqligi, to‘la qamrovi va muntazamligi juda muhimdir. Masalan, O‘zbekiston aholisi soni tarkibi haqida ma’lumotlar to‘planganida, tug‘ilgan chaqaloqlardan boshlab barcha yoshdagi aholi soni, eng kichik mahalla, qishloq, tuman, viloyat va shaharlar aholisi, ularning ijtimoiy-demografik tarkibi haqida ma’lumotlar aniq va har bir yil, davr uchun muntazam hisoblab borilishi lozim.
Jahondagi barcha davlatlarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatlari hisobga olinib, ma’lumotlar muntazam to‘planib boriladi. Hozirgi davrda aholini hisobga olishning asosiy to‘rt turi mavjuddir: aholi ro‘yxati o‘tkazish; demografik jarayonlarning doimiy ro‘yxatga olish; tanlama va sotsiologik-demografik tadqiqotlar; aholining turli ro‘yxatlari va registrlari. Aholini hisobga olishda eng asosiy va aniq manba - umumiy aholi ro‘yxati o‘tkazishdir.

Download 126,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish