Inson huquqlari – unga tor ma’noda faqat davlat himoya qiladigan va kafolat beradigan huquqlar kirib, bu huquqlarga barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, yashash va jismoniy daxlsizlik huquqi, inson qadr-qimmatini hurmat qilish, o‘zboshimchalik va noqonuniy ushlash yoki qamash, vijdon va din erkinligi, ota-onalarning o‘z bolalarini tarbiya qilish huquklari kiradi. Keng ma’nodagi inson huquqlari esa o‘zida shaxs erkinligi va huquqlarining keng majmuasi va turlarini ifodalaydi
Institut – lot. institutum-mahkama, idora, muassasa; tizimlashtirilgan, hammaga tanilgan, amalda qo‘llanilayotgan va e’tirof etilgan (har qachon ham o‘z rasmiy tasdig‘ini topavermaydigan), u yoki bu tarzda mustahkamlangan qoidalar va me’yorlarga muvofiq o‘zaro xatti harakat qilish uchun qo‘llab-quvvatlanayotgan ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan ijtimoiy agentlarning o‘zaro hatti harakatlari shakllari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |