Jamoat birlashmalari – fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan birlashmalari. Ularga kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, faxriylar va yoshlarning tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari kiradi.
Identifikatsiya – (lot. o‘xshatmoq, tenglashtirmoq, baravarlamoq) monandlik. Siyosiy identifikatsiya - u yoki bu siyosiy guruhga o‘zini boshqalardan ajratish imkonini beruvchi barqaror belgilar, xususiyatlar birligi.
Ijtimoiy adolat – barcha ijtimoiy toifalarning jamiyatda o‘z o‘rni mavjudligini va qonun oldida ularning o‘zaro teng huquqlarga ega ekanligini e’tirof etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |