Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – axborot foydalanuvchilari manfaatida uni yig‘ish, ishlash, saqlash, tarqatish, aks etish va foydalanish maqsadida integrallashgan metodlar, ishlab chiqarish jarayonlar va dasturiy-texnikaviy vositalar majmui. Bugungi kunda AT tushunchasiga mikroelektronika, kompьyuterlar va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va ishlab chiqarish, aloqa va telefoniya, mobil servislar, Internetdan foydalanishni ta’minlash, Internet axborot resurslarini ta’minlash kiradi.
Bakalavr – (lot. Baccalaureus) Oliy ta’lim dasturining birinchi bosqichini tugallagan talabalarning ilmiy darajasi.
Baynalmilal – (arabcha– millatlar o‘rtasidagi, millatlararo) Xalqaro, umuminsoniy, umumxalqiy mazmunlarida qo‘llaniladi.
Bipartizm-ijtimoiy sheriklikning ikki sub’ekti o‘rtasidagi kelishuv
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |