kerak»
104[70]
, deb qayd qilgan edi Prezidentimiz.
SHuning uchun ushbu monografiyada jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
asosini va unga katta ta`sir ko`rsatayotgan bilim va ta`limning ilmiy salohiyat muammolari
tadqiq qilingan. Bilim, ta`lim insoniyatni birlashtiruvchi omil bo`lib, har qanday modernizatsiya
yondashuvining zarur komponentidir. Bilim va ta`lim mafkuraviy, iqtisodiy, diniy, madaniy
farqlanishidan qa`tiy nazar insoniyat uchun umumiy qadriyatdir.
Modernizatsiya jarayoni I.Karimov ta`kidlaganidek, «innovatsion texnologiyalarni
joriy etish va jahon bozorida talab mavjud bo`lgan yangi turdagi tovarlar ishlab
chiqarish...»
105[71]
ni amalga oshirishda integratsion jarayonlar bilan bog`liqdir. Mamlakatimizda
integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini nafaqat Yevropa mamlakatlari,
balki Osiyo qit`asi bozorlari bilan ham aloqalar kengayib borayotganini ta`kidlash mumkin.
Bizning boy milliy merosimizda insonning ma`naviy, siyosiy va diniy faoliyatlarida
bilimning qadri yuqori darajada baholangan va bu an`anani, ayniqsa hozirgi modernizatsiya
jarayonida davom ettirsak maqsadga muvofiq bo`ladi.
Umuman olganda, IX-XIV asrlarda islom tsivilizatsiyasida, ayniqsa Markaziy
Osiyoda intellektual-ma`rifiy, diniy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy muhitda ilmiy,
dunyoviy bilimlarining qadrlanishi aqlning etakchi roliga asoslangan. Bu hol esa tabiiy-ilmiy
fanlarning yuksak darajada rivojlanishiga sabab bo`ldi. Bilim – shaxsning zaruriy tarkibiy qismi.
104[70]
Karimov I.A. Mamlakatimizni mоdernizatsiya qilish va yangilashni izchil davоm ettirish – davr talabi // «Хalq so`zi», 2009
yil 14 fevral
105[71]
Karimov I.A. Mamlakatimizni mоdernizatsiya qilish va yangilashni izchil davоm ettirish – davr talabi // «Хalq so`zi», 2009
yil 14 fevral.
Inson o`qish va ta`lim olish yordamida mukammalikka intiladi, bilim esa bu jarayonda vosita
vazifasini o`zida mujassamlashtiradi. Bilimli bo`lish yuksak baxt, yuksak barkamollik va qadr-
qimmat, e`tiborga loyiqlik bilan tenglashtiriladi. Insonning jamiyatdagi mavqei bilimiga bog`liq.
Uning boyligi, nasl-nasabi va boshqa xususiyatlari e`tiborga olinmasligi kerak, bu xususiyatlar
bilim bilan o`lchanishi shart. Ushbu ijtimoiy muhitda «odob-axloq, taqvodorlik, faoliyatlilik,
ijtimoiy qadriyatlardan hech qaysi «bilim»dek e`tiborga ega emas»
106[72]
. Bu davrda barcha
ijtimoiy qadriyatlar orasida bilimga bo`lgan munosabat yuksak edi.
Islom tsivilizatsiyasida bilimga markaziy o`rin ajratilgan edi. SHuning uchun ham
yuksak yutuqlarga erishib insoniyat tarixiga o`z hissasini qo`shgan. ««Bilim» markaz sifatida
tsivilizatsiyani mustahkamlaydi. O`sha davrdagi g`arb an`analarining bilimga bo`lgan
munosabati boshqacha edi. Bilim mushohadaga (o`y-xayolga) asoslangan va doimo faoliyatga,
harakatga majburlovchi dalil sifatida ko`rilmagan»
107[73]
. Ushbu davrda bilim va faoliyatning,
intellektual va ma`naviy qadriyatlarning o`zaro bog`liqligi jamiyat rivojlanishini ta`minlaydi.
Hozirgi paydta jamiyatning turli sohalarida tub islohotlar, fan va bilish sohasida esa
paradigmal yangilanishlar sodir bo`layotgan tarixiy davrning guvohi bo`lib turibmiz. Bunday
yangilanishlar iqtisodiy, siyosiy, texnologik madaniy o`zgarishlarni o`z ichiga oladi. Bu
o`zgarishlar ko`p qirrali bo`lib, ular natijasida ijtimoiy makonning mikro, mezo, makro
darajalarida ekologik, iqtisodiy. ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-psixologik va boshqa o`zgarishlar
turli tezlik, miqyos, murakkablik yo`nalishlarida sodir bo`ladi. Respublikamizda olib
borilayotgan yangilanish va modernizatsiya jarayonlari milliy istiqlol g`oyasi va boy
madaniyatimizga, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi.
Modernizatsiya jarayonlarining juda ko`plab ta`riflari va unga turli yondashuvlar
mavjuddir. Modernizatsiya klassik nazariyalarida dastlab ishlab chiqarishni industrializatsiya
asosida rivojlanishi bilan bog`liq jarayon sifatida ta`riflandi.SHu ma`noda modernizatsiyani
dastlab ko`proq an`anaviy jamiyatdan tsivilizatsiya davriga o`tishga qiyoslashadi. Bunda
―an`anaviy jamiyat quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: hayotni tashkil etish ko`p hollarda
diniy tasavvurlarga asoslanadi; rivojlanish tsikllidir; individualizmning mavjud emasligi;
avtoritar hokimiyatning mavjudligi; shaxslarning faoliyatsizligi, innovatsiyalardan an`analarning
ustunligi va h.k‖. Bu modernizatsiya jarayonlarni adabiyotlarda innovatsiyalar asosida tahlil
etish ham kuzatiladi. SHtompkaning ―Sotsiologiya sotsial`nix izmenenii‖ kitobida: ―Jahon
tarixiy jarayonlarining nuqtai nazariga ko`ra, modernizatsiya insoniyat yashash sharoitlarining
yaxshilanishiga hissa qo`shuvchi ahloqiy, texnologik va ijtimoiy qadriyatlardagi innovatsiyalarga
daxldor‖ ekanligi ta`kidlanadi.
108[74]
Zamonaviy jamiyatda esa innovatsiyalar an`analardan ustivorlik qiladi; ijtimoiy
hayot dunyoviy xarakterga bo`ladi; rivojlanish izchil; liberal demokratik hokimiyat;
individualizm, insonlar faolligi va h.k. asosiy belgilar hisoblanadi. Modernizatsiyaning keyingi
bosqichlarini kuzatar ekanmiz, uning tobora jamiyatni barcha jabhalarini qamrab oluvchi kopleks
xarakterga ega bo`lib boganligini ko`ramiz. Masalan, Xantington modernizatsiya jarayonlarini
tahlil etar ekan, u ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini o`z ichiga olishini ta`kidlaydi. Olim
modernizatsiya jarayonlarining an`anaviy jamiyatning inqirozi va industrial jamiyat bag`rida
vujudga kelishini ta`kidlab, uning to`qqizta belgisini ko`rsatib o`tadi. Bu belgilar quyidagilardan
iboratdir: Inqilobiylik, komplekslik, tizimlilik, globallik, davomiylik, bosqichlilik, gomogenlik,
qaytarilmaslik, progressivlik.
106[72]
Rоuzental F. Tоrjestvо znaniya. M., 1978. –235 b.
107[73]
Piхtin V.G. Filоsоfiya i sоtsiоkulturnie оsnоvaniya pоznaniya. - Nоvоsibirsk, 1990. –149 b.
108[74]
S SHtоmpka P.S оtsiоlоgiya sоtsialniх izmeneniy/Per, s angl, pоd red. V.A.YAdоva.-M.: Aspekt Press, 1996. 173.s.
Do'stlaringiz bilan baham: |