Globallashuv asoslari


-mavzu. Sportning globallashuvi. Jinoyatning globallashuvi



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/82
Sana11.09.2021
Hajmi1,82 Mb.
#171358
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82
Bog'liq
globallashuv asoslari

13-mavzu. Sportning globallashuvi. Jinoyatning globallashuvi 
Reja: 
1.  Sportning global jarayonga aylanishining o‗ziga xos xususiyatlari. 
2.  Sportning globallashuviga olimpiya xarakatining ta‘siri.  
3.  Sport globallashuvining ijobiy va salbiy xususiyatlari.  
4.  Texnik modernizatsiyalashgan jinoyat: sputnik aloqa internet, hozirgi zamon etnik 
vositalari.  
5.  Giyohvandlik moddalarni tarqatish va iste‘mol qilishning globallashuvi.   
6.  Terrorizm globallashuvining qurol savdosiga ta‘siri.  
7.  Qurol savdosi jinoyat globallashuvidagi yangi bo‗g‗in.  
8.  Odam savdosi – trafikaning globallashuvi. 
 
Insoniyat  asrlar  davomida  sinovdan  o`tgan  ijtimoiy  hodisa,  jismoniy  mashqlarni 
ya`ni, sportni – sog`lom turmush tarzini shakllantirishning garovi deb, bejiz aytmagan. CHunki 
sport  millati,  irqi,  dinidan  qat`iy  nazar,  barchaga  o`zlarining  sog`lom  turmush  tarzlarini  tashkil 
etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib beradigan omillardan biridir. 
Bugungi  kunda  davlatimiz  tomonidan  sportni  ommalashtirish  borasida  ko`pgina 
ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Sportga  e`tiborning  kuchayishi  bevosita  yangicha  tafakkur  hamda 
insonni  shakllantirishga  qaratilgan  jamiyatning  hayot  faoliyati  sohalariga  yangi  munosabatni 
taqozo  qiladi.  Biroq,  ijtimoiy  rivojlanishning  mazkur  sohasiga  uzoq  yillar  mobaynida  etarli 
e`tibor  berilmadi.  Boshqarishdagi  eskicha  printsip  buyruqbozlik  usuli  pedagoglar,  shifokorlar, 
olimlar,  tarbiyachilar,  murabbiy-trenerlar  tashabbuslarining  keng  yoyilishiga  muayyan  darajada 
to`siq  bo`lib  keldi.  Xalq  ta`limi  sohasi  ham  insonni  tarbiyalash  va  unga  ta`lim  berishda 
insoniyatning yaratgan eng boy merosiga murojaat etmadi va ijodiy foydalanmadi.  


Ta`kidlash  joizki,  aholining  salomatligini  mustahkamlash  maqsadida  qator  tadbirlar 
amalga  oshirilmokda.  Bunda  ―Alpomish‖  va  ―Barchinoy‖  maxsus  testlarining  hayotga  tatbiq 
qilinishi,  o`quvchi  yoshlar  va  talabalarning  turli  sport  musobaqalari,  ―Umid  nihollari‖, 
―Barkamol  avlod‖,  ―Universiada‖  kabi  sport  musobaqalari,  shuningdek,  xalq  milliy  o`yinlari, 
festivallari  va  turnirlarning  muntazam  tashkil  qilinishi  e`tiborga  molikdir.  Respublikamizning 
turli hududlarida yirik sport inshootlari qad ko`tarmokda, yangi sport maktablari, litseylar, kasb-
hunar  kollejlari  tashkil  qilinmokda.  Sport  jamoalarining  turlari  va  sonlari  tobora  oshmokda. 
Bunda  ommaviy  sog`lomlashtiruvchi  va  sport  mahoratlarini  oshiruvchi  tadbirlarni  maqsadli 
tashkil  qilish  mutaxassislar,  jamoat  idoralari  va  homiylardan  katta  tashkilotchilik,  diqqat-
e`tiborni talab etadi. 
Ayniqsa,  hozirgi  murakkab  va  tahlikali  zamonda  milliy  o`zligimiz,  azaliy 
qadriyatlarmizga  yot  va  begona  bo`lgan  turli  xil  hurujlar,  yoshlarimizning  ongi  va  qalbini 
egallashga  qaratilgan  g`arazli  intilishlar  tobora  kuchayib  borayotgani  barchamizni  yoshlar 
o`rtasida  sog`lom  turmush  tarzi  tamoyillarini  yanada  mustahkam  qaror  toptirish,  ularni 
giyohvandlik,  axloqsizlik,  chetdan  kirib  kelayotgan  har  xil  zararli  ta`sirlardan,  ―ommaviy 
madaniyat‖ niqobi ostidagi tahdid va hatarlardan asrash masalalari bir zum ham e`tiborimizdan 
chetda qolmasligi yurtboshimiz tomonidan alohida qayd etib o`tilgan edi.
180[141]
  
Tarixiy  an`analarimiz  va  qadriyatlarimizni  milliy  sport  turlari  orqali  yoshlarimiz 
ongiga  singdirishimiz  hamda  ularning  dunyoqarashiga  salbiy  ta`sir  qiladigan  illatlardan  ogoh 
etib,  aholi  o`rtasida  sportni  ommalashtirish  usullarini  ishlab  chiqish  maqsadga  muvofiq.  Bu 
vazifalar  bizning  nazarimizda,  aholi  istiqomat  qiladigan  joylarda  jismoniy  tarbiya  va  sportni 
jonlantirish  ishlari  mahalla  kengashlari,  sportni  rivojlantirishga  mutasaddi  tashkilotlar, 
mutaxassis  hodimlar  va  sport  faollari  bilan  hamkorlikda  olib  borilsa  o`zning  ijobiy  natijasini 
beradi. 
Sport  insonda  yuksak  ma`naviylik  va  axloqiylikni  shakllantiradi.  SHuning  uchun 
ham prezidentimiz I.A.Karimov ―Sportni rivojlantirish jamiyatimizda mehr-muruvvat tuyg`usini 
yuksaltirish borasidagi maqsadimizga, kerak bo`lsa, siyosatimizga ham juda katta hissa qo`shadi. 
O`zini haqiqiy sportchi  deb biladigan, sport bilan chin  ko`ngildan shug`ullanadigan odam  hech 
qachon  birovning  rizqiga  hiyonat  qilmaydi,  qo`pollik,  baxillik,  hasad  kabi  illatlardan  yiroq 
bo`ladi.  Bunday bolalar  hech qachon ko`chada odobsizlikka borib, kuchini  namoyish  qilmaydi, 
nega deganda, uning ichki dunyosiga sport orqali yangicha qarash,  yangicha insoniy hissiyotlar 
kiradi‖
181[142]
, - degan edilar. 
SHunday  ekan,  sportni  ommalashtirishimizda  avvalo,  ma`naviy-axloqiy  muhitni 
nazardan  qochirmaslik  kerak.  Zero,  jamiyatning  ma`naviy  –  axloqiy  muhiti  davr  ehtiyojlari  va 
talablariga  ko`ra  takomillashib  boradi.  Bugungi  O`zbekistonning  ijtimoiy  taraqqiyoti  ham 
jamiyat  ma`naviy-axloqiy  muhitining  yangi  tushunchalar,  axloqiy  qadriyatlar,  tamoyillar  va 
me`yorlar  bilan  rivojlanib  borishini  taqozo  etmoqda.  SHaxsni  ma`naviy-axloqiy  tarbiyalashda 
ideal  darajadagi  qadriyatlarga  asoslanish  kutilgan  samarani  beradi.  Bu  borada,  bizningcha, 
mutloq tushunchalarga yangicha nuqtai-nazardan qarash va asoslanishning vaqti keldi. Masalan, 
shaxsning  axloqiylik  darajasini  belgilashda  uning  iroda  erkinligiga,  burchga  va  mas`uliyatga 
egaligini  nazarda  tutish  maqsadga  muvofiqdir.  Albatta,  bular  mutloq  axloqiylik  elementlari 
                                            
180[141]
 Karimov I.A. O`zbekistоn Kоnstitutsiyasi – biz uchun taraqqiyot yo`lida va fuqarоlik jamiyatini barpо etishda 
mustahkam pоydevоrdir. –T.: O`zbekistоn,2009. – 16 b. 
181[142]
 Karimov I.A. Jismоniy va ma`naviy etuk avlоdni tarbiyalash – bоsh maqsadimiz .//Tinchlik va хavfsizligimiz o`z kuch – 
qudratimizga, hamjihatligimiz va qat`iy irоdamizga bоg`liq. T.12. –Tоshkent: O`zbekistоn, 2004. B. 149-150. 


hisoblanadi.  Negaki,  shaxsning  iroda  quvvatini,  burch  tuyg`usini  va  mas`uliyat  hissining 
ko`lamini  aniq  belgilashning  imkoni  yo`q.  Ayni  paytda,  bu  sifatlarsiz  shaxs  axloqini 
shakllantirish masalasiga yondoshib bo`lmaydi. 
Xalqimiz nafaqat boshqa sohalarda, balki sport sohasida ham o`zlarini ko`rsatishlari 
uchun  o`z  xalqining  o`tmishi,  azaliy  odatlari  va  qadriyatlarini  qanchalik  bilishida  katta  ma`no 
bor.  Barcha  aholi  orasida  stol  tennisi,  shaxmat  va  shashka,  milliy  o`yinlar,  engil  atletika 
to`garaklari,  guruxlar  va  jamoalarni  ommalashtirish  ularda  sog`lomlashtirish  tadbirlarining 
turli  shakllaridan,  shu  jumladan,  ertalabki  gimnastika,  yurish,  sayoxat  va  boshqa  turlardan 
keng foydalanishni  yo`lga qo`yish kerak. Aholi turar-joylarida ommaviy sport musobaqalarini 
o`tkazishda  sport  inshootlari  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  inshootlar  belgilangan  qurilish 
me`yorlari talablariga mos, bolalar hamda kattalarning ehtiyojlarini qondiradigan, shu turar-joy 
qurilishiga munosib, hamoxang bo`lishi kerak. 
Mustaqillik  sharofati  bilan  shakllangan  milliy  va  umumxalq  bayramlari  kabi sport 
bayramlariga  ham  katta  e`tibor  qaratilayotganligi  quvonarli  xoldir.  Bu  esa  barkamol  avlodni 
jismonan  sog`lom  qilib  tarbiyalash  ishlarini  samarali  tashkil  etishda  o`zining  ijobiy  natijasini 
beradi.  Zero,  sportni  ommalashtirish  orqali  sog`lom  turmush  tarzini  shakllantirishga  erishish 
mumkin. 
Istiqlol  sabab  ta`lim  sohasida  eng  maqbul  dasturlarning  o`z  vaqtida  uzoqni  ko`zlab 
ishlab  chiqilishi,  ta`lim  –  tarbiya  jarayonini  tubdan  isloh  etish,  takomillashtirish,  kelajak 
poydevori  bo`lgan  yoshlarning  aqli  va  salohiyatini  zamonaviy  bilimlar  bilan  charxlash,  ta`lim 
maskanlarining  moddiy  –  texnik  bazasini  mustahkamlash,  har  tomonlama  barkamol,  chuqur 
bilim,  mustahkam  e`tiqod  va  mustaqil  fikrlash  qobiliyatiga  ega  bo`lgan  avlodni  voyaga 
etkazishda g`amho`rlik  qilish,  yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan  faol  shug`ullanishiga 
doimiy  e`tibor  qaratish  davlat  siyosati  darajasiga  molik  bo`ldi.  YUrt  farzandlarining  mamlakat 
va dunyo sport maydonlarida yuqori pog`onalarni egallayotgani yurtboshimiz tashabbusi va sa`y 
-harakati  bilan  o`tkazilayotgan  uch  bosqichdan  iborat  uzluksiz  tizim-“Umid  nihollari”, 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish