Globallashuv asoslari



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/82
Sana11.09.2021
Hajmi1,82 Mb.
#171358
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   82
Bog'liq
globallashuv asoslari

 
 
                                            
194
 Қаранг: Чумаков А.Н.Философия глобальних проблем. М.: Знание, 1994. С.77-80. 


16-mavzu.    Global inqirozlar davrida yuksak ma‟naviyatning 
dolzarbligi. Reja: 
1.  Globallashuvning ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy taraqqiyotga ta‘siri.  
2.  Xalqaro miqyosda ro‗y berayotgan global inqirozlar davrida yuksak ma‘naviyatning 
dolzarbligi masalalari.  
3.  Globallashuv va ma‘naviy inqiroz. 
4. 
Mafkuraviy tahdidlarga nisbatan mafkuraviy immunitet va g‗oyaviy kurashchanlikni 
shakllantirish davr talaba ekanligi.
 
 
XXI  asr  tarix  sahifasiga  globallashuv  va  buyuk  taraqqiyot  asri  sifatida  kirib  keldi. 
Globallashuv  jamiyat  sohasida  o‗ziga  xos  murakkab,  ayni  paytda  ob‘ektiv  jarayon 
sanalanadi.  SHu  bilan  birga  globallashuvning  barcha  jarayonlarni  qamrab  olish  ko‗lamining 
tezligi butun jahon uchun yangilik hisoblanadi. 
Globalizatsiya atamasi birinchi bo‗lib iqtisodchi olimlar tomonidan 1981 yildan beri 
qo‗llanilib  kelingan.  Ammo  bu  so‗zning  to‗liq  ma‘nosi,  konsepsiyasi  1990  yilning  yarmida 
amerikalik olim CHarlz Taz Rassel tomonidan to‗liq ochib berilgan. 
Globallashuv  so‗zining  lug‗aviy  ma‘nosi  xalqaro  integratsiya,  ya‘ni  butun  dunyo 
aholisining bir ijtimoiy tuzum ostiga birlashishi, bir xil vazifa bajarishi protsessi tushuniladi. 
Xalqimiz  o‗tmishida  ma'naviyati  yuksak  insonlar  ko‗p  bo‗lgani  va  bunday  insonlar 
tomonidan ulkan ma'naviy boyliklar meros ekani sizga yaxshi ma'lum. Diniy-dunyoviy va ilmiy 
mavzularda  yetuk  asarlar  bitgan  bu  zotlar  ayni  paytda  shaxsiy  hayotlarida  ham  yuqoridagi 
mezonga mos edilar. 
Bugun-chi?  Bugun  ilmning  ilgari  egallash  amrimahol  bo‗lgan  cho‗qqilarni  zabt 
etayotgani  da'vo  qilinmoqda.  Bu  gapda  haqiqat  bor:  taraqqiyot  hozir  inson  hayotiga  ko‗p 
farovonlik,  yengillik  keltirdi.  Globallashuv*  sabab  keng  jahon  kichik  bir  qishloqqa  aylandi. 
Iqtisodiy maqsad-manfaatlar dunyoning siyosiy chegara va to‗siqlaridan oshib o‗tib, jahonni bir 
xil qonunlar asosida ishlaydigan yagona bozorga birlashtirdi. Lekin taraqqiyot, ilm-fan qanchalik 
rivojlanayotgan  bo‗lsa,  shu  bilan  bab-barobar  qarama-qarshi  tomonga  ma'naviy  qadriyatlar 
tanazzulga  yuz  tutib  boryapti.  Chunki  globallashuv  keltirgan  moddiy  farovonlik,  asosan,  faqat 
tanga rohat berishga xizmat qilmoqda. Bugungi taraqqiyot bizga in'om etgan ne'matlar haqida bir 
o‗ylab  ko‗ring.  Kompyuter  texnologiyalari,  mass-mediya,  sun'iy  yo‗ldosh  berayotgan 
imkoniyatlar,  internet  va  hokazo.  Bular  mutaxassislar  qo‗lida  taraqqiyotni  yanada 
jadallashtirishga  xizmat  qilayotgan  bo‗lsa-da,  ayni  paytda  oddiy  avom  xalq  -  ular 
foydalanuvchilarning  aksariyatini  tashkil  qiladi  -   bu  vositalardan  faqat  ko‗ngilxushlik  uchun 
foydalanyapti. 
Globallashuv jarayonining yana bir o‗ziga xos jihati, u hozirgi sharoitda mafkuraviy 
ta'sir  o‗tkazishning  nihoyatda  o‗tkir  quroliga  aylanib,  har  xil  siyosiy  kuchlar  va  markazlarning 
manfaatlariga xizmat qilmoqda. 
Avvalo,  iqtisodiy  va  siyosiy  darajada  globallashuv  ayrim  yirik  trans  va 
multinatsional  korporatsiyalar  manfaatigagina  xizmat  qiluvchi  tizimdir.  Unda  qashshoq 
davlatlarga beg‗araz yordam berish, biror davlat yoki xalq farovonligi uchun xizmat qilish kabi 
maqsadlar  bo‗lmaydi.  Ularga  iste'mol  qilish  quvvatiga  ega  mijozlar  bo‗lsa  bas.  Agar  birov 
globallashuv yo‗liga to‗g‗anoq bo‗lsa, undaylar shafqatsizlarcha jazolanadi. Tizim shu darajada 
yaxshi  ishlayaptiki,  globallashuv  qobig‗ida  o‗z  manfaatlari  uchun  ishlovchi  davlat  va  iqtisodiy 
guruhlar  yer  yuzasidagi  har  bir  tirik  jonni  o‗z  maslaklariga  ishontira  oladi.  Bugun  dunyodagi 
gegemon  davlatlarning  xalqaro  maydonda  «xalqlar  ozodligi»  uchun  olib  borayotgan  urushlari 


aslida bir necha bankir, moliya guruhlari va transnatsional korporatsiyalar buyurtmasi bilan olib 
borilayotgan ishlardir. 
Ma'naviy va xususiy darajada globallashuv  insonni quruq iste'molchiga aylantiradi: 
baxt  moddiy  farovonlik  bilan  belgilanadi.   Yashashdan  maqsad  maksimal  darajada  hayotdan 
lazzatlanishdangina  iborat  bo‗ladi.  Bu  yerda  ruhiy-ma'naviy  qadriyatlarga,  ezgulik,  savob, 
birovga beg‗araz yaxshilik qilish kabi oliy tushunchalarga o‗rin yo‗q. «Birovga zararing yetmasa 
bas,  istaganingni  qilishing  mumkin».  Bu  aqida  qolipsiz  demokratiya  qobig‗ida  yanada  chiroyli 
va adolatli ko‗rinadi.  Shu o‗rinda oddiy bir mantiq  yuzaga  chiqadi. Mana shunday aqida bilan 
kun kechirayotgan insonlar «tepa»lariga ham o‗zlari kabi odam o‗tirishini istaydi. Bejizga ayrim 
G‗arb  o‗lkalarida  saylovda  ishtirok  etayotgan  nomzodlar  besoqolbozlikni  qonuniylashtirishdek 
har  qanday  din  va   ma'naviyat  la'natlagan  odatlarni  o‗z  saylov  dasturlarida  ko‗tarib 
chiqayotganlari yo‗q. 
Italiyalik  bir  siyosatchidan,  nega  siz  saylov  dasturingizda  xorijdan  kelib  noqonuniy 
ishlaydigan  fohishalar  ishini  taqiqlash  haqida  gapirmaysiz,  deb  so‗rashganda,  men  millionlab 
erkak  saylovchilarimni  boy  berishni  istamayman,  deb  javob  bergan  ekan.  Jamiyatning  chirigan 
jasadi  ana  shunday  tarzda  tepaga  chiqib  qoladi.  Davlatdagi  ma'nan  buzuq  insonlarning  ovozini 
to‗plash,  ularning  ko‗nglini  xushlash  uchun  xalq  boshida  turishdek  mas'uliyatli  lavozimga 
da'vogar  kishilar  buzuq,  jirkanch  odatlarni  qonuniylashtirishgacha  yetib  borishyapti.  Ayni  shu 
misollarda  globallashuv  va  uning  bugungi  ma'naviyatga  ta'siri,  umuman,  zamonaviy  dunyoda 
inson qanchalar tanazzulga yuz tutib borayotgani yaqqol namoyon bo‗ladi. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish