Globalization process and ethics problems



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/139
Sana18.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#391252
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   139
Bog'liq
Ritorika

Ritorika 
–  amaliy  jixatdan  nutqning  hilma-hil  muamolarini  tadqiq  qiluvchi 
fan.  Tilshunoslikning  mustaqil  soxasi  sifatida  chiroyli  nutq  tuzishning  qonuniyatlari, 
sirlari,  til  me’yorlari,  nutqning  sifatlari,  nutqiy  uslublar,  nutqda  uchrashishi  mumkin 
bo‘lgan  kamchilik  va  xatolar,  nutqiy  asarlarning  qurilishlari,  nutqning  talaffuziga 
doir muamolar yuzasidan baxs yuritadi. 
Ritorika  asoslari  fan  sifatida  o‘z  tekshirish ob’ekti  va  vazifalariga  ega.  Uning 
tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til me’yorlari va nutqning komunikativ 
(aloqa uchun kerakli) fazilatidir.
 
Adabiy til va uning  me’yorlari, ulardan foydalanish haqidagi qoidalar barcha 
uchun  majburiy  yagonadir.  Ularni  xar  kim  o‘zicha,  o‘zi  bilganicha  o‘zgartirib 
qo‘llashi mumkin emas. Adabiy til ikki hil ko‘rinishga ega:  
1.yozma adabiy til;  
2.og‘zaki adabiy til.  


10 
 
Adabiy  tilning  bu  shakllari  nutqiy  faoliyat  nuqtai  nazaridan:  yozma  nutq  va 
og‘zaki  nutq  deb  ham  yuritiladi. 
Nutqning  ikkala  shakli  ham  yagona  adabiy  til 
me’yorlariga tayanib ish ko‘radi. 
Nutq madaniyati soxasidagi yozma nutq madaniyati  
doirasiga  ilmiy  nutq,  rasmiy  nutq,  publistik  nutq,  qisman  badiiy  nutq, shuningdek  
radio  va  televidenie uchun tuzilgan yozma matnlar turi kiradi.
 
Og‘zaki nutq dastlab ikki tipga ajratiladi: 
1.Oddiy  so‘zlashuv nutqi; 2. Adabiy 
so‘zlashuv  nutqi. 
Oddiy  so‘zlashuv  nutqi  o‘zbek  tilida  tabiiy  xolda  mavjud  bo‘lgan 
og‘zaki nutq ko‘rinishlaridan iborat. Ularga turli o‘zbek   Sheva va laxjalari tili, ya’ni 
dialektik nutq ko‘rinishlari,  
Shevachilik  unsurlari  tasirida  bo‘lgan  kundalik 
so‘zlashuvning boshqa ko‘rinishlari va b. 
Oddiy  so‘zlashuv  nutqining  til  bazasini  adabiy  til  tashkil  etmaydi.  Shuning 
uchun  oddiy  so‘zlashuvdan  biz  talqin  qilayotgan  nutq  madaniyati  talab  qilinmaydi. 
Oddiy so‘zlashuv oldiga qo‘yiluvchi nutqiy talablar aniq laxja va shevalarning tabiiy 
me’yorlari bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Adabiy so‘zlashuv nutqi – adabiy til madaniyatiga, ya’ni adabiy til me’yorlariga 
amal  qilgan  xolda  gapirishdir. 
Adabiy tilda  so‘zlash adabiy  tilda yozishga  nisbatan 
ancha qiyinchilik bilan erishiladigan jarayondir. Buning sabablari:
 
1.
 
Og‘zaki nutqda   shevachilikning ta’siri kuchli bo‘ladi; 
2.
 
Og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab ish tutish imkoni kam bo‘ladi. 
3.
 
Og‘zaki  nutqning  o‘ziga  hos  grammatik  tuzilishi,  qurilish  tartIbn  mavjud. 
(Nutqda  gap  bo‘laklarini  tushirib  qolishi,  qisqarib  ketishi,  o‘rin  almashishi, 
aksincha  keraksiz  unsurlarning,  takrorlarning  bo‘lishi  va  b.)  M:  Qo‘limga 
qilvoring. Anavi, manavi, masalan, shunday qilib, anaqa, manaqa. 
1.
 
Og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari muhim rol o‘ynaydi. 
2.
 
Og‘zaki  nutqningg  yuzaga  chiqishi  so‘zlovchining  kayfiyati  nutq 
so‘zlanayotgan vaziyatga, so‘zlovchi nutqiy a’zolarining sog‘lomligiga bog‘liq; 
Og‘zaki nutqning quyidagi vazifasiy ko‘rinishlari mavjud:
 
1.
 
Kundalik so‘zlashuv nutqi 
2.
 
Lektorlar nutqi 
3.
 
Radio va televidenie nutqi. 


11 
 
4.
 
Saxna nutqi. 
Ritorika  nazariyasida  til  me’yori  markaziy  tushunchalardandir.  Til 
madaniyatining  asosiy  tekshirish  obekti  adabiy  til  me’yorlari,  ushbu  me’yordagi 
ikkilanishlarni  bartaraf  etish  kerak.  Til  me’yori  tushunchasi  murakkab 
muammolardan  bo‘lib,  ko‘p  o‘lchovli,  ko‘p  rejali,  ya’ni  obektiv-tarixiy,  madaniy-
sotsiologik va sof lingvistik hodisadir. 
Tilni ifodalashni boshqa usullari ham bor. Ulardan eng mashxuri - bu 
yozuvdir.  
Yozuv  avval  axborotni  saqlash  vositasi  edi  va  shu  mavqeda  u  qadimgi  davlatlar  va 
tamaddunlarning  ma’muriy  maqsadlariga  xizmat  qildi.  Hujjatlarda  o‘tmish  haqidagi 
axborot  saqlanadi.  Ular  yordamida  bugungi    kun    voqealari  to‘g‘risida    ham 
ma’lumotlar  olish  mumkin. 
Yozuv  – 
xatni  qog‘ozga  yoki  boshqa  materialga 
ko‘chirishgina emas, balki o‘z-o‘zidan qiziq hodisa bo‘lib, yozma hujjatlar va matnlar 
ba’zi  jixatlardan  og‘zaki  nutqdan  mutlako  farq  qiluvchi  xususiyatlarga  ega. 
Nutqning  ta’siri  xar  qachon  so‘zlar  ifodalangan  muayyan  matn  bilan  cheklanadi.  
G‘oyalar  va  tajribani  avloddan-avlodga  yozuvning  yordamisiz  erishib  bo‘lmaydi. 
Matnlar asrlar davomida yashashi mumkin. Masalan Ijil matnlari g‘arbning keyingi 
ikki  ming  yillikdagi  tarixini  muhim  qismini  tashkil  qiladi.  Yunonistonning  Buyuk 
dramaturglarining bizgacha etib kelgan asarlarini o‘qib hayratlanamiz. 
Xar  bir  davr  adabiy  tilining  o‘z  me’yorlari  bo‘ladi,  ba’zi  bir  hodisalar  uzoq 
davrlar me’yor sifatida qo‘llanib kelishi mumkin. Alisher Navoiy ijod qilgan XV-
asr o‘zbek adabiy tilining tarakqiy etish davri hisoblanadi. 
 
Shuni  alohida  aytish  kerakki,  notiqlik  faqat  chiroyli  so‘zlarni  qo‘llay 
olishdangina  iborat emas,  balki  notiq  so‘zning ta’siri,  uning  ijtimoiy  ahamiyatiga 
ham  katta  e’tibor  berishi  kerak.  Zero,  notiqning  saviyasi,  iqtidori,  salohiyati  va 
insoniyligi  u  so‘zlagan  matnning  nechog‘li  ahamiyatga  ega  ekanligi  bilan 
belgilanadi.  
Xulosa  qilib  aytish  mumkinki, 
Ritorika 
–  shaxsning  til  imkoniyatlarini 
yuqsaltirish, til madaniyatini shakillantirish, fikrlash doirasini kengaytirish va ulardan 
nutq sharoitiga mos moxirona foydalana olishga xizmat qiladi. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish