Globalization process and ethics problems



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/139
Sana18.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#391252
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   139
Bog'liq
Ritorika

To‘rtinchidan: 
xar bir so‘z to‘g‘ri va asosli bo‘lmog‘i lozimligi uqtiriladi. 
Beshinchidan: 
Bilmagan  ilmdan  gapirmagil...  Bilmagan  ilm  ma’rifatni 
bilanan deb da’vo qilsang hech narsa hosil bo‘lmaydi va bexuda zaxmat chekasan. 
Oltinchidan
Ilgari  o‘ylash  bir  nav  karomatdir.  Ya’ni  tayyorgarliksiz  nutq 
bo‘sh chiqadi. 
Ettinchidan: 
kamtarlikin  ulug‘lab:  Xar  qancha  dono  bo‘lsang  ham,  o‘zingni 
nodon bilgil, toki senga ilm o‘rganish eshigi ochiq bo‘lgay. 
Sakkizinchidan
Amaldorlar  bilan  amaldordek,  oddiy  odamlar  bilan  oddiy 
odamlardek  so‘zlashgil,  donishmandlik  chegarasidan  chiqma,  so‘zingni  eshitgan 
kishiga og‘ir tuyulmasin. 
To‘qqizinchidan
nutqda  qisqalik  va  aniqlik  bo‘lishi  kerakligi  aytadi.  Ko‘p 
bilu, oz so‘zla . Shunday so‘zlagilni, so‘z bekor ketmasin. 
O‘ninchidan: 
So‘z eshitishdan qochma, kishi so‘z eshitish bilan notiq bo‘ladi. 
Odamlar  orasida  o‘zingni  odamlardek  tut,  insonga  insondek  munosabatda  bo‘l. 
Nutqni  egallashdan  maqsad,  xalq  diliga  yo‘l  topa  bilishdir,  deb  biladi  va 
"agar 
ko‘ngillarga sevimli bo‘lishni istasang, xaloyiqning maqsadini so‘zla ",
2
 
- deydi.  
Umuman 
"Qobusnama"da 
notiq  bo‘lish  fazilatlari  va  yo‘llari  haqidagi 
                                                             
1
Kaykovus. Qobusnoma. Т.:Istiqlol 994. B36 
2
 O‘sha manba. B 39-41 
 


39 
 
nasixatlar cheklangan bo‘lishiga qaramay, xozirgi kunda targ‘ibot va  tashviqotda, 
notiqlarning o‘z faoliyatlarini yo‘lga ko‘yishlarida muhim ahamiyatga ega. 
 
Notiqlik va Ritorika borasida ham Sharq, xususan Mavorounnahr va Xuroson 
maktabi  namoyondalari  jahon  madaniyatining  gultojisi  sifatida  ajralib  turadi.  Bu 
borada notiqlik san’atida o‘ziga xos maktab yaratgan 
Husayn Voiz Koshifiy
 (1440-
1505) butun Xuroson diyorida Husayn Bayqaroning voizi, ta’birchisi, maslahatchisi 
sifatida  mashhur  edi.  U  musulmon  xalqlariing  muqaddas  kitobi  qur’oni  Karimga 
oddiy  xalq  tushunadigan  qilib,  soddalashtirib,  to‘rt  kitobdan  iborat  sharh  yozgan. 
Koshifiy  o‘z  zamondoshlaridan  farqli  o‘laroq,  yuzni  o‘qish  san’ati  bo‘yicha  ham 
ibratli fikrlarni bayon qilgan. Voiz Koshifiy insonning chehra, soch, quloq, tishiga 
qarab axloqini, fe’l-xuyini aytib berish iste’dodiga ega bo‘lgan ajoyib xislat sohibi 
edi. Uning nomi ismi hozir ham tillardan tushmaydi.  
Koshifiy  Voiz sifatida o‘z davrining  mashxur kishilaridan bo‘lish bilan birga, 
o‘z  davrining  zabardast  olimi,  astranomi,  shoiri  ham  edi.  Navoiyning  e’tarof 
qilishicha, Xusayn Voizning 
"Ozfan bo‘lgaykim, daxli bulmag‘ay, hususan, vaz, insho 
va nujumki aning xaqqidur va xar qaysisida  mutaayin bor" 
Uning nutqlari jo‘shqin 
va extirosli bo‘lganligidan kishilarni ko‘plab jalb etar edi. Xusayn Voiz Koshifiyning 
nutqlarini ta’sirchanligi va jozibadorligini, uning o‘gli Faxriddin Ali Safiy 
"Latoyifut 
tavoyif" 
nomli asarida shunday voqeani keltiradi: 
"Kunlarning birida axli majlisga Mavlono Sayid G‘iyosiddin degan mashxur so‘z 
ustasi ancha kechikib kelgan. Shu majlisda Abduraxmon Jomiy ham bor ekan. Sayid 
G‘iyosiddin kirib kelishi bilan Jomiy undan so‘rabdi:
 
Nechuk kechikdingiz, Mavlono G‘iyosiddin?
 
Meni  ma’zo‘r  tuting,  ustod,  -  debdi  G‘iyosiddin,  kelayotgan  edim,  masjidi  jome’da 
Xusayn Voiz nutq suzlayotgan ekan, shunga maxliyo bo‘lib qolibman"
 
Ko‘rinadiki,  Xusayn  Voiz  Koshifiyning  nutqlari  o‘zining  jozibadorligi bilan 
xar qanday kishini jalb qila olgan. Xusayn Voiz Koshifiy notiq sifatida shunday e’tiborli 
bo‘lganki,  Xondamirning  yozishicha,  u  aniq  jadval  bilan  ishlashga  majbur  bo‘lgan. 
Koshifiyning 
"Futuvvatnomai Sultoniy" yoxud javonmardlik tariqati 
asarida suhbat 
odobi haqida shunday deyiladi. 


40 
 
Bilgilni,  odamzodning  sharafi  nutqi  bilan  va  nutq  odobiga  rioya  qilmagan 
odam bu sharafdan bebahradir. So‘z hamma vaqt savob uchun ishlatilishi, to‘g‘ri va 
haqqoniy bo‘lishi kerak. Agar shunday bo‘lmasa jim turgan maqul. Agar martabaga 
erishganlar  suhbatda  qaysi  qoidalarga  amal  qilishi  kerak,  deb  so‘rasalar,  aytgil, 
quyidagi sakkiz qoidani saqlashlari kerak:
 
1.
 
Xar kimning axvoliga qarab, munosib so‘z aytsin. 
2.
 
Dag‘allik kilmasdan, lutf va muloyimlik bilan gapirsin. 
3.
 
Gapirayotganda tabassum qilib, ochilib gapirsin. 
4.
 
Ovozini  baland  ko‘tarmasin.  Eshituvchilarga  malol  keltirmaydigan  qilib 
gapirsin. 
5.
 
Odamlarga naf’i tegadigan ma’noli gaplarni gapirsin. 
6.
 
Agar so‘zning qimmati - qadri bo‘lmasa, uni tilga olmasin, chunki ulug‘larning 
so‘zi bamisoli urugdir, agar urug puch Yoki chirigan bo‘lsa, uni qaerga ekmang 
unib chiqmaydi. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish