Til madaniyati va nutq madaniyati
Kishilarda madaniy nutq malakasini shakillantirish ya’ni adabiy til, umuman til
mezonlariga, mavjud qoidalarga to‘la amal qilgan holda nutq tuzish malakasini
shakillantirish notiqlik san’atining asosiy vazifasidir.
Shu bilan birga, yaxshi nutqni baxolash va targ‘ib qilish ham uning vazifasi
doirasiga kiradi, chunki ana shu nutq va uning sifati, belgilari namuna sifatida olinadi
va kishilarda ana shunday nutqqa havas uyg‘otadi, ularning nutq odobi shakillantiradi.
Nutqning adabiy til bilan munosabati bu fanning asosiy masalasidir. Chunki namunali
nutqning barcha xususiyatlari (to‘g‘rilik, aniqlik, soflik, tushunarlilik kabilar) nutqning
adabiy til bilan munosabati natijasi sifatida yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |