4
Mavzu - 1 Ritorika fanining tadqiqod doirasi, maqsadi va vazifalari.
REJA
1.
Kirish.
2.
Ritorika fanining maqsad va vazifalari.
3.
Ritorika fanining tekshirish obekti.
4.
Adabiy til me’yorlari.
KIRISH
Ritorika avvalo insondagi mavjud qobiliyat va iste’dodni shakillantirishga
karatilgan soxa. Ritorika notiqning iste’dodi, qobiliyati hamda iste’dodini o‘rganuvchi
ilim bo‘lsa, nutq madaniyati adabiy til va uning me’yorlarini o‘rganuvchi ilmdir.
Ritorika murakkab san’at bo‘lib, uni egallash kishidan qunt va chidam, malaka va
tajriba talab etadi. Hakikiy nutq katta maxorat va puxta tayyorgarlikning maxsulidir.
Oddiy, madaniy va savodli so‘zlashni o‘rgangan notiq, notiqlik san’atini egallashga
birinchi qadamni qo‘ygan hisoblanadi.
Notiqlik san’ati (ritorika) fan sifatida qadimgi Yunonistonda eramizdan avvalgi
IV-V asrlarda paydo bo‘ldi. Ammo notiqlik san’atiga ehtiyojning paydo bo‘lishini
insoniyat tarixidagi ilk davlatchilikning shakllanishi davri bilan bog‘lash mumkin. Nutq
davlatni boshqarish, xalqni hokimiyat atrofida birlashtirish va muayyan maqsadlar sari
yo‘naltirish, turli toifadagi odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish
kabi ishlarning barini amalga oshirishning bosh vositasidir. Bugungi kunda ham har
qanday rahbar ishining samarasi ko‘p jihatdan uning notiqlik mahoratiga bog‘liq.
Umumadaniyatni belgilovchi asosiy omil hisoblangan ritorika shuningdek, nutq
odobi, muomala madaniyati, ularning o‘zaro munosabati kabi masalalarning o‘zgarishi
xozirgi kunda O‘zbekiston mustaqillikka erishgan, o‘zbek tili ana shu mustaqil
mamlakatning davlat tili maqomini olgan paytda ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixaan ma’lumki, Ismoil Gasprali turkiy xalqlarning til birligi – umumturkiy
til masalasini milliy g‘oya va mafkuraning ajralmas qismi sifatida olib qaraydi, unga
juda katta e’tibor beradi:
«Til birligi masalasi bizim hayotimizda hayot - mamot
5
masalasidir Va biz bu masalada bir qadam ham orqaga chYokinmaymiz!»
- deb yozgan
edi u. Birinchi Prezident I.A.Karimov ham o‘z asarlarida ona tili haqida shunday fikrni
keyatiradilar :
“Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining
betakror jozibayon bilan singaon. Ona tili - bu millatinig ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan
xar handay millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar”
1
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi to‘g‘risidagi qonun 1989 - yil 21-
oktabrda qabul qilindi. Davlat tiliga hurmat va e’tiborinig birinchi namunasi shu
tilda tug‘ri, chiroyli so‘zlash va yozishdir. Davlat tilining imlo va talaffuz qoidalarini
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tasdiqlaydi va ular barcha uchun
majburiydir. Shuningdek xap yil 21-oktabr til bayrami sifatida nishonlanadi.
O‘zbek tilini hurmat qilgan, uning boyliklaridan oz bo‘lsa-da baxramand
bo‘lgan va shu asosida unga mexr qo‘ygan xar bir kishi, xar bir ziyoli bu tilning
taqdiriga bafarq qaray olmaydi. Bu til O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan turli
xalqlar
Shevalari vakillari uchun shakllanadi. Shuning uchun ham hamma
Shevalar vakillari shu tilda gaplasha oladilar va bir-birlarini tushuna oladilar.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi respublikamizda davlat ishlarini o‘qish-
o‘qitish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot ishlarini shu tilda olib borilishi uchun juda
katta imkoniyat yaratadi. Shu bois o‘zbek tiliga munosabat tubdan o‘zgardi, uning
imkoniyatlari kengaydi, o‘rganiish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda. Xar
qanday jamiyatda tilni rivojlantiruvchi kuch nutq hisoblanadi.
Nutq - bu til deb ataluvchi, o‘ta muhim vazifalarni bajaruvchi noyob quroldan
foydalanish jarayoni, til birliklari imkoniyatlarining bog‘lash, tafakkur, ong hamda
vaziyat kabi hodisalar bilan muhim munosabatda nomoyon bo‘lishidir. Nutq jarayoni
- tilning
o‘
z vazifasini bajarish hamda amalga oshirish jarayonidir.
Til va nutq bir-biriga bog‘liq hodisadir. Ularni bir-biridan ajratish mumkin
emas. Til – bu qurol. Til nutq uchun moddiy materialdir. Lekin, shu bilan bir qatorda
ular bir–biridan farq ham qiladi. Til kishilarga doimo o‘zaro aloqa, munosabat,
madaniy–ma’naviy zaruriyat, jamoa bo‘lib birlashish, kurashish quroli bo‘lib ham
Xizmat qiladi.
1
Qosimov Begali. Ismoilbek Gaspirali -Т.:G’.G’ulom nomidagi Nashriyot matbaa birlashmasi.1992.B 34
6
Tilning hosilasi hisoblanmish so‘z haqida Sharq allomalari qimmatli fikrlarni
bayon etganlar. "Qobusnoma" muallifi Kaykovus hamma xunarlaridan so‘z xunari -
notiqlikni a’lo deb bilgan: "Bilgilni hamma xunardan so‘z xunari yaxshi"
1
– deb bejiz
ta’riflamagan.
Ritorika - bu so‘z san’ati, so‘z san’ati bo‘lganda ham ohangdan libos kiyib,
talaffuz bilan jilolangan so‘zlar yig‘indisidir. Tilning imkoniyatlari nutq orqali, nutq
jarayonida ochiladi. Shirin muomalada bo‘lish ham katta sanat. Shirinsuxanlik, inson
faoliyatining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Chunki uning aql - saxovati, fikr -
tuyg‘ulari, bilimi va madaniyati, saviyasi tafakkuri ma’lum darajada, so‘zda ifoda
etiladi. Yaxshi so‘z bilan kishilarning ishonchi va qalbini egallashi mumkin. So‘z
tilning tayanchi hamda go‘zalligidir. So‘z, yuz va ko‘z, tilning ko‘rki hisoblanadi.
"So‘zning otasi
aql
onasi til" deyishadi keksalar. Muomala madaniyatida so‘z
aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday kuchga egaki, suyaksiz bo‘lsa ham
suyakni tebratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |