Orol inqirozi – oqibatini o‘ylamasdan xo‘jalik yuritish faoliyati bizni o‘rab turgan atrof-muhitga qanchalik zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan yaqqol dalolatdir. Ilgari iqtisodiy rivojlanishga nisbatan keng qo‘llanilgan bunday yondashuvning ayanchli oqibatlarini hozir boshdan kechirmoqdamiz. Ular, afsuski, iqlim o‘zgarishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. - Orol inqirozi – oqibatini o‘ylamasdan xo‘jalik yuritish faoliyati bizni o‘rab turgan atrof-muhitga qanchalik zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan yaqqol dalolatdir. Ilgari iqtisodiy rivojlanishga nisbatan keng qo‘llanilgan bunday yondashuvning ayanchli oqibatlarini hozir boshdan kechirmoqdamiz. Ular, afsuski, iqlim o‘zgarishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.
So‘nggi o‘n yilda atmosferada karbonat angidrid gazining to‘planishi uch baravar, metan gazining to‘planishi 2,5 baravar oshdi. Havoga yuz million tonnalab xlorftoruglerodlar chiqarildi. Vaholanki, o‘tgan asrning o‘rtalarigacha Yer yuzida ushbu moddalar umuman bo‘lmagan. Sanoat, qishloq xo‘jaligi faoliyati, transport va boshqa tarmoqlar chiqindilari atmosfera kimyoviy tarkibining jiddiy o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda va ularning tabiatga ta’siri uzluksiz kuchayib borayotir. Yana shuni e’tiborga olish kerakki, ayni paytda sayyoramizda atrof-muhit, jumladan, iqlimni tartibga solishdek muhim vazifani bajaradigan tabiiy ekotizimlarning 40 foizi yo‘qolib ketgan. Cho‘llanish jarayonining kuchayishi va biologik xilma-xillikning kamayishi oqibatida Yerning yuza qatlamidagi katta hududlarning nam almashinish va nur qaytarish qobiliyati o‘zgargan, ekotizimlarning atropogen chiqindilarni yutish imkoniyatlari pasaygan. - So‘nggi o‘n yilda atmosferada karbonat angidrid gazining to‘planishi uch baravar, metan gazining to‘planishi 2,5 baravar oshdi. Havoga yuz million tonnalab xlorftoruglerodlar chiqarildi. Vaholanki, o‘tgan asrning o‘rtalarigacha Yer yuzida ushbu moddalar umuman bo‘lmagan. Sanoat, qishloq xo‘jaligi faoliyati, transport va boshqa tarmoqlar chiqindilari atmosfera kimyoviy tarkibining jiddiy o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda va ularning tabiatga ta’siri uzluksiz kuchayib borayotir. Yana shuni e’tiborga olish kerakki, ayni paytda sayyoramizda atrof-muhit, jumladan, iqlimni tartibga solishdek muhim vazifani bajaradigan tabiiy ekotizimlarning 40 foizi yo‘qolib ketgan. Cho‘llanish jarayonining kuchayishi va biologik xilma-xillikning kamayishi oqibatida Yerning yuza qatlamidagi katta hududlarning nam almashinish va nur qaytarish qobiliyati o‘zgargan, ekotizimlarning atropogen chiqindilarni yutish imkoniyatlari pasaygan.
- Ekologik vaziyatning oqibatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |