O‘zbek xalqi tarixan ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos dorilfunun yaratgan. Hatto hozirgi
o‘zbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrda ham pedagogik
mafkura hukm surgan.
Islom dini kirib kelgach Markaziy Osiyoda ham islom g‘oyalariga asoslangan ta’lim—
tarbiya tizimi o‘rnatila boshlandi. Va yangi tizimga ega bo‘lgan ta’lim muassasalari paydo
bo‘ldi. Islom dini qabul qilingan joylarda machitlar, machitlar qoshida esa maktablar tashkil
etildi. Arab tilini o‘rganish joriy etildi, maktablarda ta’lim arab tilida olib borilar va u yerda
asosan "Qur’oni Karim" o‘rganilar edi. Arab bo‘lmagan bolalarga
islom dini asoslarini
o‘rgatish maqsadida "Xaftiyak", "Chor kitob" kabi darsliklar o‘qitilardi.
VII — XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan beqiyos rivojlana bordi.
Ayniqsa, aniq fanlarga qiziqish orta boshladi. O‘sha tarixiy davrda al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Al-
Farg‘oniy, Al- Beruniy, Ibn Sino, Az-Zamaxshariy singari qomusiy olimlar dunyoga keldi.
Ulug‘ mutafakkirlar inson ma’naviy va tafakkur dunyosini boyitishda insoniyat ongini, madaniy-
ma’rifiy qarashlarni o‘stirishda o‘z davrida va keyinchalik ham asosiy rol o‘ynadilar, inson
kamolotiga doir beqiyos ta’limotni yaratdilar.
Jumladan, M.Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida ilm olishning kadri, bilimli,
donishmand kishilarni hurmat kilish, mexmondo‘stlik, xushxulqlik, mardlik va jasurlikni
targ‘ib etuvchi, o‘z manfaatini ko‘zlagan molparast, baxil, ochko‘z, do‘stiga va xalqiga xiyoat
kabi salbiy tomonlarni qoralaydigan she’rlar ko‘p uchraydi. Bunday she’rlar
turkiy xalqlar
qadim-qadimlardan boshlab, inson shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor
berganligini ko‘rsatadi.
Ayniqsa, pand-nasihatlarda asosiy o‘rinni ilm olishga undash, uning foydalari, ilm ahlini
hurmat etish to‘g‘risidagi fikrlar egallaydi. Yoshlarga ilmli kishilarga yaqinlashish, ulardan
o‘gitlar olish maslahat beriladi:
O‘g‘lim, senga qoldirdim o‘git, unga amal qil.
Olimlarga yaqinlash, bahra olgil, tutib dil.
XV—XVI asrlarga kelib qadimiy Turkiston jahonga Qozizoda Rumiy, Ulug‘bek, Ali
Qushchi, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Bobur singari allomalarni voyaga yetkazdi. U
davrda Markaziy Osiyo shaharlarida qator madaniy va ilmiy markazlar vujudga keldi. Demak,
Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek xalqi va uning madaniy — ma’rifiy taraqqiyoti asrlar
davomida misli ko‘rilmagan darajada rivojlangan. Qolaversa, uning axloq odobga oid qarashlari,
ta’lim-tarbiya fanlari bo‘yicha ta’limoti butun jaxonga o‘rnak bo‘larli ma’no va mazmun kasb
etgan.
Tarbiya - ijtimoiy xodisa. U kishilik jamiyati paydo bulgan davrdan beri mavjud. Inson
yer yuzidagi eng mukammal zot bo‘lishi uchun avvalo tarbiyalanishi zarur. Abu Lays
Samarqandiy «Bo‘stonul-orifin» asarida tarbiya va tarbiyalashning ma’nosini ta’riflab:
«Ey o‘g‘il, farzandlaringni tarbiyalashdan oldin o‘zingni tarbiyala, tarbiya ko‘rgan
oilada baodob, yaxshi fazilatli, bilimli odam voyaga yetadi», - degan edi. Ibn Sino i jodiyotida
ham bu g‘oya aloxida o‘rin tutadi. «Kimga
qanday pandu nasixat qilsang, unga avvalo o‘zing
amal qil», - deydi alloma. Sharq mutafakkirlari barkamol insonni yetishtirish uchun tarbiya
naqadar zarurligini, uning mohiyati va mazmunini asoslab berganlar. Maxmud Qoshg‘ariyning
«Devonu lug‘otit turk», Yusuf Xos Hojibning « Qutadg‘u bilig», Axmad Yugnakiyning
«Hibatul- xaqoyiq», Abu Rayxon Beruniyning hikmatlari, Ibn Sinoning «Tadbir-al- manozil»,
Alisher Navoiyning «Maxbubul- qulub», Husayn Voiz Koshifiyning «Axloqi muhsiniy» va
boshqa asarlarida farzand ota- onaning baxti, uning to‘g‘ri tarbiyalanishi esa hammaning baxti,
degan umumiy xulosa chiqariladi.
Beruniy inson kamolotida 3 narsa muxim rol o‘ynaydi deydi. 1.Irsiyat.2.Muhit.3.Tarbiya.
Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari xakid agi fikrlari xozirgi davr
uchun h am dolzarbdir. o‘kuvchiga bilim berishda u:
- o‘q uvchini zeriktirmaslik; bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni
o‘rgatavermaslik;
- uzviylik, izchillik;
- yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish va xokazoga e’tibor
berish kerakligini uqtiradi.
Olim
fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirilgan barcha boyliklarni
qunt bilan o‘rganishga da’vat etadi. Ilm toliblariga qalbni yomon ilatlardan, qotib qolgan urf
- odatlardan, hirsdan, behuda raqobatdan, ochko‘zlikdan, shon-shuhratdan saklanishi zarurligini
uqtiradi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu
fikrlari o‘z zamonasi uchun emas, xozirgi davr ta’lim- tarbiyasini takomillashtirishda ham katta
ahamiyatga egadir.
XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida Markaziy Osiyoda jadidchilik harakati vujudga
keldi. Bu harakatning asosiy maqsadi mavjud jamiyatning ijtimoiy - madaniy asoslarini qayta
qurishga qaratildi. Ular buning uchun eng avvalo ta’limni isloh qilish zarurligini anglab, shunga
kirishdilar.
Jadidlar 1906 yilda «Taraqqiy» deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o‘z g‘oyalarini tarqata
boshladilar, oradan ko‘p o‘tmay, «Xurshid», «Shuhrat» singari yangi gazetalar ochildi.
Markaziy Osiyoning turli shaharlarida jadid maktablari ochilib, ularda diniy ilmlar bilan
birgalikda dunyoviy bilimlar ham keng targ‘ib qilindi.
Milliy ta’lim tizimlari.
Hozirgi paytda dunyoning bir qator yetakchi mamlakatlari o‘ziga xos,
rivojlangan milliy
ta’lim tizimlariga ega. Ularda tayyorlanayotgan mutaxassislarning yuqori malakaligi hamda fan
texnika sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar diqqatga sazovordir. Bular jumlasiga, Amerika
Qo‘shma Shtatlarida, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya ta’lim tizimlarini
ko‘rsatish mumkin. Ularning har biri yillar davomida shakllangan va asosiy prinsiplariga qat’iy
amal qilishadi.
Amerikaning eng katta boyligi — bu aql. Aql bu mamlakatda qadrlanadi,
aqlli talabalar
alohida taqdirlanadi. Aqlli, a’lochi talabalar o‘quv yurtlarining faxri sanalgani sababli ham,
ularga turli yo‘llar bilan yordam berish, stipendiyalar tayinlash orqali ularni o‘quv yurtlarida
saqlashga harakat qiladilar. O‘zi tanlagan sohada yutuqlarga erishayotgan talabalar ro‘yxati
har yili alohida kitobda nashr etilib turiladi. Bundan maqsad mazkur soha bilan qiziquvchi
kompaniyalarning e’tiborini bo‘lajak olimlarga qaratishdir.
Fransiyada esa ta’limning asosiy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishini
ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni
tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish, shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan
iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: