Global iqtisodiy rivojlanish


-rasm. Raqobatlashuv usullari



Download 3,18 Mb.
bet141/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

10.8-rasm. Raqobatlashuv usullari

Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.


Narxsiz raqobatda esa asosiy omil tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi.
Raqobatbardoshlik tushunchasiga iqtisodiy adabiyotda “firmalarning mavjud sharoitda raqobatchilariga nisbatan baho va bahosiz tavsifiga ko‘ra tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va sotish borasidagi real va potensial imkoniyatlaridir” deya ta’rif beriladi.
XX asrning 90-yillarida amerikalik iqtisodchi Garvard universiteti biznes maktabi vakili Maykl Porter o‘zining “Mamlakatlarning raqobat afzalliklari” nomli kitobida xalqaro raqobatning zamonaviy muammolarini tahlil etdi.
M.Porter fikricha, mamlakatning raqobatbardoshligini milliy kompaniyalar ta’minlab beradi, shuning uchun dastlab mamlakat raqobatbardoshligini emas, balki milliy kompaniyalar raqobatbardoshligini tahlil etish lozim. Mamlakat kompaniyalari muvaffaqiyatini ta’minlab beradigan qulay muhitni yaratish quyidagi to‘rtga muhim ko‘rsatkichga bog‘liqligini ta’kidlaydi:
- ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik;
- talab ko‘rsatkichlari;
- yaqin va xizmat ko‘rsatuvchi (yordam beruvchi) tarmoqlar;
- raqobat muhiti va firma strategiyasi.
Ushbu muhit doirasidagi milliy kompaniyalarning samarali faoliyati mamlakatning raqobatbardoshlik reytingini belgilab beradi.


10.5. Mamlakatning raqobat ustunliklari nazariyasi va raqobatbardoshlikni aniqlash usullari

Raqobat – iqtisodiy kategoriya sifatida bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi, bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o‘zining yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’i nazar raqobat muhiti mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o‘z shaklini o‘zgartirib boradi.


Raqobat tushunchasi shu qadar serqirraki, uni qandaydir yagona umumiy ta’rif bilan qamrab olish mumkin emas. «Raqobat» tushunchasini aniqlashtirishning ba’zi bir nuqtai nazarlariga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Raqobat tushunchasi turli izohli lug‘at va ma’lumotnomalarda turlicha ta’riflanadi. Jumladan, «Yazыk biznesa» nomli lug‘atda: «Raqobat (lotincha concurrere – to‘qnashuv; inglizcha competition, rivalry) – bozorda ishtirok etayotgan korxonalar o‘rtasidagi o‘z mahsulotlarini sotishning eng qulay imkoniyatlarini ta’minlash, xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o‘zaro ta’sir, o‘zaro aloqa va iqtisodiy kurash jarayonidir. Raqobat va monopoliya dialektik birlikni tashkil etib, doimo bozorda bir-birlariga qarama-qarshi turadilar»196, deb ta’riflangan. Bundan ko‘rinadiki, raqobat nafaqat kurash, balki o‘zaro ta’sir va aloqa jarayoni sifatida ham talqin etilgan.
XVIII asrning o‘rtalariga kelib raqobat kurashi va uni harakatlantiruvchi kuchlar, monopoliyaga qarshi boshqaruv mexanizmlari haqida dastlabki to‘laqonli nazariy qoidalar paydo bo‘lgan. Bunda klassik siyosiy iqtisod vakillari sanalgan A.Smit va D.Rikardoning xizmatlari kattadir.
Keyingi davrlarda F.Perru, A.Marshall, Dj.Keyns, V.Leontev, Y.Shumpeter, P.Sraffa, M.Porter, F.Kotler kabi olimlarning mehnatlari tufayli raqobat nazariyasi yanada rivoj topdi. Raqobat mohiyatiga to‘xtalar ekanmiz, uni asosan uch xil yondashuvga bo‘lish mumkin. Jumladan, xulq-atvor yondashuvi, strukturali yondashuv va funksional yondashuv.
Bugungi kunda raqobat tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjud. Jumladan, Sh.Shodmonov, U.G‘afurovlar tomonidan tayyorlangan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida raqobatga berilgan ta’rifda asosan ikki jihat:
- uning iqtisodiy manfaatlar to‘qnashuvidan iborat ekanligi;
- yuqori foyda va naflikka ega bo‘lish uchun kurash ilgari suriladi.
Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naf olishiga erishish uchun kurashni anglatadi.
Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan xarajatlarning har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish oqibatida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun tomonlar orasida kurash boradi197.
Har bir bozor o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lishiga qaramay, raqobatning mohiyati uning tabiati va intensivligini ochib berish va baholash imkonini beruvchi yagona konsepsiya orqali ifodalanishi mumkin. Taniqli amerikalik olim M.Ye.Porterning tadqiqotlariga ko‘ra, alohida bozordagi raqobatning holatini beshta raqobat kuchi orqali tavsiflash mumkin198:
1. Raqobatlashuvchi sotuvchilar o‘rtasidagi bellashuv (har bir firma raqobat afzalliklaridan foyda olish va qulay mavqega ega bo‘lish uchun o‘zining shaxsiy raqobat strategiyasiga amal qiladi).
2. Bir-birining o‘rnini bosuvchi va narx nuqtai nazaridan raqobatbardosh bo‘lgan tovarlar o‘rtasidagi raqobat (o‘rnini bosuvchi tovarlar tomonidan yuzaga kelgan xavf tufayli vujudga kelgan raqobat kuchlari).
3. Yangi raqobatchilarning paydo bo‘lish xavfi (yangi raqobatchilar paydo bo‘lishi xavfi tufayli vujudga kelgan raqobat kuchlari).
4. Mol yetkazib beruvchilarning iqtisodiy imkoniyatlari va savdo qobiliyatlari (mol yetkazib beruvchilarning imkoniyatlari va savdo qobiliyatlari tufayli vujudga kelgan raqobat kuchlari).
5. Xaridorlarning iqtisodiy imkoniyatlari va savdo qobiliyatlari (xaridorlarning iqtisodiy imkoniyatlari va savdo qobiliyatlari tufayli vujudga kelgan raqobat kuchlari).
Raqobatbardoshlikning rivojlanishi quyidagi to‘rtta bosqichda amalga oshiriladi:
-ishlab chiqarish omillari asosidagi raqobatchilik;
-investitsiyalar asosidagi raqobatchilik;
-nou-xaular asosidagi raqobatchilik;
-boylik asosidagi raqobatchilik.
Dastlabki uchta bosqich iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi, oxirgisi esa turg‘unlik va inqirozni keltirib chiqaradi.
Milliy iqtisodiyotning raqobatdoshliligi – halol raqobat sharoitida jahon bozori talablarini qondiruvchi, iqtisodiy o‘sish va turmush sifatini oshirishni ta’minlaydigan tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hamda o‘rta va uzoq muddatga iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlab turish qobiliyatidir.
Mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
1. Davlat budjetidan ITTKI (ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari) uchun ajratilgan xarajatlar;
2. Insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga) katta qo‘yilmalar;
3. Mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi;
4. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM ulushi;
5. Aholi hayot kechirishining uzoqligi;
6. Resurslardan foydalanishning yuqori samaradorligi;
7. Optimal eksport tarkibi va hajmi;
8. Past inflyatsiya darajasi;
9. Raqobatbardosh firmalarning katta ulushi;
10. Mehnat resurslarining raqobatbardoshligi;
11. Moliyaviy tizimning egiluvchanligi;
12.Ichki bozorning o‘zgaruvchanligi;
13. Me’yordan ortiq davlat qarzlarining mavjud emasligi;
14. Mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi;
15. Faoliyatning barcha sohalarida bilimlar asosidagi kuchli raqobat;
16. Mamlakatning ochiqligi, xalqaro integratsiya va kooperatsiyalashning yuqori darajasi;
17. Bozorlar va mintaqalar infratuzilmasining yuqori sifati;
18. Past soliq va bojxona stavkalari;
19. Mamlakatda biznesning yuqori madaniyati.
Agar O‘zbekistonning raqobat jihatdan ustunliklarini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagilarni alohida ajratish mumkin: mamlakat siyosiy va hukuqiy tizimining barqarorligi; insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga) katta qo‘yilmalar; aholi hayot kechirishining uzoqligi; mehnat resurslarining raqobatbardoshligi; mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi.
Bir mamlakatda nisbiy va mutloq raqobat jihatdan ustunliklarning integratsiyalashuvi uning global iqtisodiy kenglikdagi raqobatbardoshligini kuchaytiradi.
Mutaxassislar mamlakatning raqobatbardoshligini aniqlash uchun 340 dan ortiq ko‘rsatkichlar va 100 dan ortiq usullardan foydalanishadi.
Mamlakatning raqobatbardoshligini aniqlashda quyidagilar asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi: iqtisodiy salohiyat va iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari; sanoat ishlab chiqarishning samaradorligi; ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanish darajasi va uni o‘zlashtirish sur’atlari; xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish; ichki bozor hajmi va dinamikasi; iqtisodiyotda davlatning roli; moliya tizimining egiluvchanligi; mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va malaka darajasi; ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holat; iqtisodiyotning jahon talabiga moslashish darajasi va qobiliyati.
Shveysariyaning Lozanna shahrida joylashgan Menejmentni rivojlantirish xalqaro instituti (International Institute of Management Development, IMD) har yili dunyoning 47 ta yetakchi mamlakatiga raqobatbardoshlik nuqtai nazaridan baho beradi. Tahlillar 8 ta katta guruhga biriktirilgan 287 mezon bo‘yicha amalga oshiriladi: milliy iqtisodiyot tavsifi - YaIM hajmi, investitsiyalar va jamg‘armalar hajmi, pirovard iste’mol darajasi, aholi turmush darajasi, iqtisodiyotning amal qilish samaradorligi darajasi; iqtisodiyotning baynalmilallashuv darajasi; siyosiy tizimning barqarorligi; moliya tizimi; infratuzilma; boshqaruvning samaradorligi; fan va texnologiyalarning rivojlanish darajasi; mehnat resurslarining tavsifi.
Mamlakatlar raqobatbardoshligini tahlil etuvchi xalqaro tadqiqotlardan biri - bu Jahon iktisodiy forumining (World Economic Forum, WEF) metodikasi hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida mamlakatning iqtisodiy o‘sishini baholashda o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish dinamikasini tavsiflovchi muhim makro va mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida raqobatbardoshlikning agregat indekslari hisoblanadi. Ushbu metodika 30 yildan buyon ko‘llaniladi va uning natijalari Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik to‘g‘risidagi (The Global Competitiveness Report) ma’ruzasida chop etiladi.
Mamlakatning raqobatbardoshligini baholash ko‘psonli ma’lumotlarni yig‘ish asosida raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarini asosiy omillar bo‘yicha hisoblashni ko‘zda tutadi. Keyin barcha omillarning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichiga qo‘shgan hissasini aks ettiruvchi agregat indeks va subindekslar hisoblanadi. Zamonaviy raqobatbardoshlik metodikasida 12 ta asosiy omil ajratiladi (10.9-rasm).
Qayd etib o‘tilgan omillar uch guruhga ajratiladi. Birinchi guruh bazaviy talablarni o‘z ichiga oladi, ikkinchi guruh biznes muhit samaradorligini oshiruvchi omillarni qamrab oladi, uchinchi guruh esa biznesni takomillashtirish omillarini birlashtiradi.
Har bir guruh muayyan subindekslar bilan tavsiflanadi. Subindekslarni hisoblayottan vaqtda har bir guruhning vazni kuyidagicha belgilanadi birinchi guruh - 25%, ikkinchi guruh - 17%, uchinchi guruh - 50% (10.3-jadval).
Bunda har bir subindeksning aniq mamlakat uchun hisoblangan natijaviy Global raqobatbardoshlik indeksiga (GCI) qo‘shgan hissasidan kelib chiqib, ushbu mamlakatning iktisodiy rivojlanishning qaysi bosqichida ekanligini aniqlash mumkin bo‘ladi. Ushbu yondashuv iqtisodiy rivojlanish jihatdan turli darajadagi mamlakatlarning raqobatbardoshligini taqqoslash imkonini beradi.

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish