umumiy yo‘nalishda:
- savdo sharoitining o‘zgarishi;
- embargoning qo‘llanilishi;
- yuqori tarif cheklovlari;
- savdoda miqdoriy cheklovlar;
- demping;
- texnologiyalar harakatidagi to‘siqlar;
- ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarining tarqalishidagi to‘siqlar;
10.5-jadval
Mamlakatlarning rivojlanish bosqichlariga ko‘ra guruhlanishi202
Bosqichlar
|
Taqqoslanayotgan mamlakatlar
|
Ushbu bosqichdagi boshqa mamlakatlar
|
Raqobatbardoshlikning muhim sohalari
|
Birinchi bosqich (omillarga yo‘naltirilgan)
|
Hindiston
|
Misr, Qirg‘iziston, Moldova, Fillipin, Tojikiston
|
Bazaviy talablar (zarur) va samaradorlik ko‘rsatkichlari (juda muhim)
|
Birinchi
bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tish
|
Xitoy, Ozarbayjon, Qozog‘iston
|
Armaniston, Venesuela
|
Bazaviy (zarur) talablar
va samaradorlik ko‘rsatkichlari (ahamiyati ortib boradi)
|
Ikkinchi bosqich
(samaradorlikka
yo‘naltirilgan)
|
Argentina,
Braziliya,
Kolumbiya,
Meksika,
Ruminiya, Ukraina
|
Bosniya va
Gersogovina,
Bolgariya, Peru,
Serbiya, Janubiy
Afrika, Tailand,
Tunis, Urugvay
|
Bazaviy talablar (juda
muhim) va samaradorlik
ko‘rsatkichlari (zarur)
|
Ikkinchi
bosqichdan
uchinchi bosqichga
o‘tish
|
Chili, Estoniya,
Litva, Polsha,
Turkiya, Rossiya
|
Vengriya,
Slovakiya, Latviya,
Tayvan, Xitoy
|
Barchasi yuqoridagidek
muhim, ammo innovatsion
omillarning ahamiyati
ortib boradi
|
Uchinchi bosqich
(innovatsiyaga
yo‘naltirilgan)
|
AQSh
|
Chexiya, Fransiya,
Germaniya,
Irlandiya,
Isroil, Yaponiya,
Koreya
Respublikasi,
Ispaniya, Shvetsiya
|
Uchta soha ham muhim:
bazaviy talablar,
samaradorlik
ko‘rsatkichlari va
innovatsion omillar
|
pul-kredit siyosati va valyuta rejimi sohasida:
- valyuta kursini o‘zgartirish;
- xorijiy banklarda mamlakat jamg‘armalarini muzlatish;
- kredit cheklovlarini joriy etish;
- “kapitalning chiqib ketishi” va h.k.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir kursatuvchi salbiy oqibatlar:
- “aqllarning oqib ketishi”;
- transport aloqalarining buzilishi;
- ekologik holatning izdan chiqishi;
- narkotiklar kontrabandasi, qurol-yarog‘, xavfli viruslarning tarqalishi va h.k.
Ushbu siyosatga qarama-qarshi vosita sifatida jarima, ta’sir o‘tkazish bosimi, kredit berish imkoniyatini to‘xtatish, xalqaro tashkilotlar a’zoligidan chiqarish kabi ta’sir etishning amaliy vositalari xizmat qilishi mumkin.
Milliy iqtisodiy xavfsizlik — bu mamlakat takror ishlab chiqarish jarayoniga xavf soluvchi, aholi turmush darajasining pasayishi hamda ijtimoiy to‘qnashuvlarning yuzaga kelishiga olib keluvchi ichki va tashqi salbiy oqibatlardan milliy iktisodiyotning himoyalanganlik darajasidir.
Milliy iqtisodiy xavfsizlik mamlakatning iktisodiy rivojlanish darajasi, iqtisodiy salohiyati, milliy boylik hajmi, resurslar bilan ta’minlanganligiga bog‘liq.
Jahonda iqtisodiy xavfsizlikning nisbiy mikdoriy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Masalan, agar oziq-ovqat va boshqa tovarlar importi jami importning 20% idan oshib ketsa, ushbu holat milliy iqtisodiy xavfsizlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi va uning tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim bo‘ladi.
Demak, xo‘jalik hayotining baynalmilallashuv jarayoni xalqaro va milliy iqtisodiy xavfsizlikni saqlab turish hamda qo‘llab-quvvatlash jarayonidagina rivojlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |