10.6-rasm. Iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi tashqi omillar tarkibi
3. Tashqi qarzlar hajmining o‘sib borishi.
Ochiq iqtisodiyot sharoitida tashqi iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun, birinchidan, jahon xo‘jaligi aloqalarda ishtirok etib, milliy ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish, ikkinchidan, jahonda sodir bo‘layotgan iqtisodiy, siyosiy hodisalar salbiy oqibatlarining milliy iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish taqozo etiladi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ochiq iqtisodiyot sharoitida tashqi omillar ta’sirini butunlay yo‘q qilish, unga barham berish imkoni yo‘q, faqat uning salbiy ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish mumkin.
Iqtisodiy xavfsizlikka salbiy ta’sir etuvchi tashqi omillar qatoriga quyidagilar kiritiladi (10.6-rasm):
1. Eksport tarkibida xomashyo tovarlarining ustuvorligi, an’anaviy mashinasozlik va harbiy sanoat tovarlari bozorlarining yo‘qotilishi.
2. Mamlakatning ko‘p turdagi mahsulotlar, shu jumladan, strategik ahamiyatdagi va oziq-ovqat mahsulotlari importiga qaramligi.
4. Eksport va valyuta, shu bilan birga, bojxona chegaralari nazoratining yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi.
5. Raqobatbardosh eksportni qo‘llab-quvvatlovchi moliyaviy, tashkiliy va axborot infratuzilmalarining rivojlanmaganligi hamda import tarkibining ratsional emasligi.
6. Eksport-import operatsiyalariga xizmat ko‘rsatuvchi transport infratuzilmalarining yetarli darajada rivojlanmaganligi.
10.4. Milliy va xalqaro raqobatbardoshlik tushunchalarining mohiyati, raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari va mezonlari Dunyo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishning qaysi modelini tanlamasin mamlakat iktisodiyotining jahon xo‘jaligidagi o‘rni uning raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. Xalqaro raqobat texnik taraqqiyotning eng muhim omili hisoblanadi. Ishlab chiqarish, boshqaruv texnologiyalarining doimiy yangilanib borish jarayoni uning ta’sirida davom etadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot yangilanadi va sifati oshib boradi. Jahon iktisodiyotining barqaror rivojlanish sur’atlarini ta’minlash, xalqaro raqobatni vujudga keltirishning muhim sharti dunyo mamlakatlari iktisodiyotining ochiqligi bilan belgilanadi.
Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, tashqi dunyoga nisbatan yopiqlik, albatta, inqirozga olib keladi. Mamlakat iqtisodiyotining xalqaro mehnat taqsimotiga integratsiyalashish darajasi - bu iktisodiyotning ochiqlik ko‘rsatkichidir.
Milliy iqgisodiyot uchun jahon bozoriga jalb etilganlik muhim ahamiyat kasb etadi. «Ochiqlik»ning ratsional darajasi va tavsifini tanlash milliy iktisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlab berishi mumkin.
Ochiq iqtisodiyot - bu tashqi iktisodiy aloqalari rivojlangan, milliy iqtisodiyotdagi nisbiy ustunliklariga tayanib, jahon xo‘jaligi tizimiga integratsiyalashib boruvchi iqtisodiyotdir. Ochiq iqtisodiyot, odatda, milliy iqtisodiyotga nisbatan qo‘llaniladi.
Jahon amaliyotida iqtisodiyotning ochiqlik darajasi kuyidagi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi:
- eksport kvotasi;
- import kvotasi;
- tashqi savdo kvotasi;
- import elastikligi koeffitsiyenti;
- eksport elastikligi koeffitsiyenti;
- eksport va import tarkibi;
- iktisodiyotga sarflanayotgan investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiyalar va chetga chiqarilgan kapitalning jami kapital hajmidagi ulushlari. Agar ichki investatsiyalarda xorijdan kelgan mablag‘lar ulushi qancha katta bo‘lsa va kapital tashqariga qancha ko‘p chiqsa, iqtisodiyot shunchalik ochiq bo‘ladi;
- mehnat resurslari tarkibida xorijdan kelgan va xorijga chiqib ketgan ishchi kuchi hissasi. Ushbu ko‘rsatkich qancha katta bo‘lsa, iqtisodiyot shuncha ochiq bo‘ladi.
Iqtisodiyotning ochiqlik darajasiga ta’sir etuvchi omillar kuyidagilardan iborat:
- ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish darajasining yuqoriligi;
- iqtisodiyot tarkibida qayta ishlash va yuqori texnologiyali tarmoqlarning ulushi;
- mamlakat iqtisodiy salohiyatining hajmi;
- mamlakatning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi.
Ba’zi iqtisodchilarning fikricha, iqtisodiyotning ochiqlik darajasi milliy ishlab chiqarishning tarmoq tarkibiga bog‘liqdir. Ishlab chiqarish hajmining umumiy tarkibida bazaviy tarmoqlar ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyotning ochiqlik darajasi shunchalik past bo‘ladi. Ushbu holat bazaviy tarmoqlarning xalqaro ixtisoslashuv jarayoniga kam darajada jalb etilganligi va asosan ichki bozorga yo‘naltirilganligi bilan izohlanadi.
Ichki talab va taklif muvozanatining makroiqtisodiy tahlillari ko‘rsatishicha, odatda, ushbu muvozanat real amaliyotda o‘z tasdig‘ini topmaydi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichdan chetlanish shunchalik yuqori bo‘ladi. Mamlakatning texnik-iqtisodiy rivojlanish darajasining yuqoriligi tovarlar va xizmatlar taklifining ko‘payishiga va tashqi iqtisodiy faoliyatning rag‘batlantirilishiga olib keladi. Bu esa iktisodiyotning ochiqligini aniqlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi yuqori, texnologik jihatdan chuqur mehnat taqsimotiga asoslangan tarmoq tarkibiga ega mamlakatlarda iqtisodiyotning ochiqlik darajasi ham yuqori bo‘ladi. Mutlaq ko‘rsatkichlar bo‘yicha iqtisodiy salohiyati past, tabiiy resurslar bilan kam ta’minlangan mamlakatlar iqtisodiyotining ochiqlik darajasi past bo‘ladi.
Qayd etib o‘tilganidek, iqtisodiyotning ochiqligi xalqaro raqobatning muhim sharti hisoblanadi. Mamlakatlarning raqobatbardoshligi qanday aniqlanadi va u nimalarga bog‘liq? Nima sababdan ba’zi mamlakatlar raqobat jihatdan boshqa mamlakatlarga nisbatan ilgarilab ketgan?
Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’ektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.