Global iqtisodiy rivojlanish


I BOB. “GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH” FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI



Download 3,18 Mb.
bet16/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

I BOB. “GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH” FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI


1.1. “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va o‘rganish uslublari

XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asrning o‘tgan 20 yilida jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining eng e’tiborli jihati xalqaro iqtisodiy munosabatlarning global ravishda rivojlanib borishi bo‘ldi. Jahon xo‘jaligi tizimida davlatlarning ayrim guruhlari, xalqaro iqtisodiy guruhlar, alohida kompaniya va tashkilotlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tobora kengayib bormoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va baynalmilallashuvida, ularning bir-biriga bog‘liqligi va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tuzilmalar va ayrim davlatlar guruhlarining rivojlanishi va munosabatlari mustahkamlanishida namoyon bo‘lmoqda.


Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, hamkorlik va globallashuv jarayonlari qarama-qarshi dialektik xarakterga ega. Globallashuv munosabatlarining dialektikasi shundaki, ayrim mamlakatlar va iqtisodiy guruhlarning iqtisodiy mustaqillikka hamda iqtisodiyotini mustahkamlashga intilishi global iqtisodiyotning yanada integratsiyalashuvi, jahon iqtisodiy munosabatlarining kengayishi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi.
Global iqtisodiy munosabatlarning predmetini ikki asosiy qism – global iqtisodiy munosabatlarning o‘zi va uni amalga oshirish mexanizmi tashkil qiladi.
Global iqtisodiy munosabatlar alohida mamlakatlar, ularning mintaqaviy birlashmalari, shuningdek, bugungi kunda jahon iqtisodiyotida muhim o‘rin egallovchi alohida korxonalar (transmilliy, ko‘pmilliy va xalqaro korporatsiyalar)ning global iqtisodiy tizimdagi o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan iqtisodiy munosabatlari majmuini o‘z ichiga oladi.
Global iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirish mexanizmi esa huquqiy me’yorlar va ularni amalga oshirish vositalari (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, «kodekslar», xartiyalar va boshqalar), global iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadi yo‘naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Global iqtisodiy munosabatlar tizimiga quyidagilar kiradi:

  1. Xalqaro mehnat taqsimoti.

  2. Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi.

  3. Xalqaro kapital va investitsiyalar harakati.

  4. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi.

  5. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari.

  6. Global iqtisodiy integratsiya.

Global iqtisodiy munosabatlar XX asrning 90-yillarigacha bo‘lgan davrda jahon xo‘jaligi ko‘rinishida o‘rganilgan va bu munosabatlar mintaqaviy xarakterga ega bo‘lgan. Jahon iqtisodiyotining global iqtisodiyot darajasiga o‘zgarishi bilan bu munosabatlar kengayib va chuqurlashib, global xarakterga ega bo‘ldi.
«Global iqtisodiy rivojlanish» fani turli milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro ta’sirlashuv qonuniyatlarini, tovar va xizmatlar oqimlarining harakati va jahon hamjamiyati ichidagi to‘lovlarni, ushbu tovar va xizmatlar oqimini belgilab beruvchi hamda muvofiqlashtirib turuvchi iqtisodiy siyosatni, ularning jamiyat farovonligiga ta’sirini o‘rganadi.
«Global iqtisodiy rivojlanish» fanining predmeti mikro va makroiqtisodiy fanlar predmetidan farq qiladi. Ushbu fanning o‘rganish predmeti turli mustaqil davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari va ular o‘rtasida yuzaga keladigan aloqalar tizimi hisoblanadi.
Global iqtisodiyot, odatda, tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillari oqimiga qarshi mamlakatlar o‘z chegaralarida o‘rnatadigan ma’lum bir ichki cheklovlarning mavjud emasligi bilan xarakterlanadi.
Alohida mamlakatlar yoki hamkor guruhlar iqtisodiyoti bilan global iqtisodiyot o‘rtasidagi qator farqlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Birinchidan, har qanday korxona iqtisodiyotida ichki bozorda ishlab chiqarilgan har qanday foydali buyum yoki xizmat tovar sifatida tan olinadi. Makroiqtisodiy yondashuv esa joriy mehnat orqali ishlab chiqarilgan bunday tovarlarni yalpi ichki mahsulot va milliy daromad tarkibiga kiritiladi.
U yoki bu milliy iqtisodiyotda kerakli buyum sifatida ishlab chiqarilgan yoki sotilgan tovar xalqaro savdoda tovar sifatida tan olinmasligi ham mumkin. Xalqaro savdo sohasida tovarlar savdo qilinadigan (tradable goods) va savdo qilinmaydigan (nontradable goods) tovarlarga ajratiladi. Faqat ichki iste’mol uchun ishlab chiqariladigan tovarlar savdo qilinmaydigan tovarlar sanaladi. Ular sirasiga qurilish mahsulotlarining katta qismi, shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kommunal xizmatlar va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari, raqobatbardoshligining pastligi oqibatida savdo qilinadigan tovarlarning hammasi ham tashqi bozorlarda ayirbosh qilinmasligi mumkin. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, dunyoda hech bir mamlakat ishlab chiqariladigan barcha turdagi tovarlar bo‘yicha doimiy raqobat ustunligiga erisha olmaydi.
Ikkinchidan, har bir milliy iqtisodiyotda mehnat va kapitalning nisbatan erkin ko‘chib yurishi kuzatiladi, bunga muvofiq, mamlakatda tegishli bozorlar shakllanadi va faoliyat ko‘rsatadi. Bunda hududlardagi ish haqi miqdorida bir oz farq kuzatilsa-da, ishchi kuchining erkin ko‘chib yurishi mazkur farqni nisbatan kamaytiradi.
Global iqtisodiyotda esa nisbatan boshqacha holat kuzatiladi. Immigratsiya qonunlari, ishchilarning mamlakatdan mamlakatga ko‘chib o‘tishi bilan bog‘liq xarajatlar va boshqa to‘siqlar turli mamlakatlarda beriladigan ish haqlari o‘rtasidagi farqlarni tenglashtirishga monelik qiladi. Ishchi kuchi oqimiga qaraganda kapitalning xalqaro oqimida to‘siqlar nisbatan kam uchraydi. Bunday farqlar, o‘z navbatida, tovarlar oqimining harakati va ichki savdo operatsiyalarining samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Uchinchidan, korxonalar iqtisodiyoti mamlakat ichida erkin savdo qiladigan va davlat ko‘magidan foydalanmaydigan firmalar faoliyatini o‘rgansa, xalqaro savdo nazariyasi esa tashqi savdo yo‘liga qo‘yiladigan turli cheklovlar va ularning savdo oqimiga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganadi.
To‘rtinchidan, makroiqtisodiyot fani mamlakatning barcha hududlarida amal qiladigan tadbirkorlik muhitini o‘rganadi. Davlat tomonidan qo‘llaniladigan fiskal va pul-kredit siyosati milliy chegaralar doirasidagina amal qiladi. Biroq davlat tomonidan amalga oshiriladigan ushbu siyosatlarning bir-biridan tubdan farq qilishi tovarlar oqimi va xalqaro shartnomalarning amal qilishiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi.
Beshinchidan, odatda, har bir mamlakat o‘z valyutasiga ega bo‘lib, uning taklif qilinish darajasi Federalbank tomonidan nazorat qilinadi. Makroiqtisodiyot fani ana shunday yagona valyutaning amal qilishi va uning real vaziyatlarga ta’sirini o‘rganadi. Global iqtisodiyotda esa jahon xo‘jaligi aloqalarida qatnashuvchi mamlakatlar valyutalari o‘rtasidagi munosabatni yuzaga keltiradigan valyuta bozorlari, almashuv kurslari va unga davlatlarning aralashuvi natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlar tadqiqot ob’ekti sifatida qaraladi1.
Savdo va savdo siyosati nazariyalari, shuningdek ishlab chiqarish omillarining bir mamlakatdan ikkinchisiga ko‘chib yurishi global iqtisodiyotning mikro darajasida o‘rganiladi. Global iqtisodiyotda mamlakatlar yoki mamlakatlarning iqtisodiy guruhlari mikroiqtisodiyot fanidagi uy xo‘jaligi yoki firmalar singari qaraladi.
U yoki bu mamlakatning to‘lov balansi jami to‘lovlar va tushumlarga uzviy bog‘liqdir. Uni muvofiqlashtirish siyosati esa milliy daromad va baholar umumiy holatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ular bilan bog‘liq muammolar esa global iqtisodiyotning makroiqtisodiyot qismida o‘rganiladi. Bunda ochiq iqtisodiyot modeli, fiskal, pul-kredit siyosati va uning samaradorligi, xalqaro moliyaning makroiqtisodiy tahlili tadqiqot predmetini tashkil etadi.
Uslubiy jihatdan, umumiy holda olib qaraganda, global iqtisodiyot mikro va makroiqtisodiy tamoyillarning alohida davlatlar yoki ularning iqtisodiy birlashmalari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlari sohasida qo‘llanilishini ifoda etadi.
Globallashuv predmetini globallashuv jarayonini tashkil etuvchi, yo‘naltiruvchi hamda oldinga harakatlantiruvchi tashkilotlar va siyosiy tuzilmalar faoliyatida yuzaga keluvchi munosabatlar sifatida tushunish lozim. Bunday holatda bu harakatning asosli yoki asossiz ravishda sodir etilishining ahamiyati yo‘q. Agar biz rivojlanishning iqtisodiy yoki ijtimoiy mantig‘iga amal qilsak, davlatni iqtisodiy shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatadigan, milliy iqtisodiyotni yoki uning alohida tuzilmalarini xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro iqtisodiy integratsiya tizimiga kiritishga hissa qo‘shishi nuqtai nazaridan globallashuv predmeti sifatida tan olamiz.
Globallashuv sub’ektlari ham davlatlararo iqtisodiy-harbiy bloklar va ittifoqlardan iboratdir. Bu tashkilotlarning jahon savdosi, pul-kredit va moliya munosabatlaridagi o‘rni masalalari iqtisodiyot nazariyasi kursining tegishli mavzularida muhokama qilinadi. Shu bilan birga mahalliy sivilizatsiyalar tarixi va globallashuvning paydo bo‘lishi o‘rtasidagi bog‘likliklar tahlil qilinadi. Mahalliy sivilizatsiyalar va zamonaviy transmilliy korporatsiyalar ham globallashuvning asosiy sub’ektlari sanaladi.
Globallashuv ob’ekti deganda sub’ektning nimalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi, globallashuv muammolarini bartaraf etishda nimalarga etibor qaratish va qanday choralar ko‘rishni tushunishimiz mumkin.
«Ob’ekt» so‘zi lotincha «objectum» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, narsa degan ma’noni bildiradi va lotinchadan «objicio» - oldinga tashlamoq, qarshi chiqmoq ma’nosini bildiradi. Falsafiy nuqtai nazardan ob’ekt – predmetga qarshi turgan narsani o‘z predmeti – amaliy va bilish faoliyatini ifodalovchi kategoriyadir. Demak, globallashuv ob’ekti sub’ektlarning dunyo sivilizatsiyasi taraqqiyoti qonuniyatlariga bo‘ysunuvchi, yaratuvchi yoki o‘zgartiruvchi ob’ektiv voqelikdir. Bunga xalqaro mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, xalqaro savdo, global integratsiya va hamkorlik, kapitalni eksport qilish, mehnat migratsiyasi, ilmiy-texnik hamkorlik, narx siyosati, xalqaro infratuzilma, axborot texnologiyalari, kosmik tadqiqotlar, okeanlar va dengizlar, yerning ichki qismini o‘rganish, sayyoralararo reyslar va boshqalar kiradi.
Yaqin davrlargacha global muammolarni hal qilishning asosiy vositasi harbiy kuch-qudrat va harakatlar bo‘lib kelgan. Asta-sekin urush siyosiy maqsadlarga erishish vositasi sifatida o‘z ma’nosini yo‘qota bordi. Endilikda davlatlar o‘rtasidagi muammolarni mintaqaviy qutblar hal qilmoqda, ammo global muammolar haligacha yetakchi davlatlar tomonidan hal qilinadi.
Mahalliy sivilizatsiya ma’naviy (madaniy, ahloqiy, diniy) va tarixiy qadriyatlar, iqtisodiy va geosiyosiy manfaatlarni ifodalovchi bir guruh xalqlar (etnik guruhlar, davlatlar)ni o‘z ichiga olgan dunyodagi fuqarolik makonining bir qismini anglatadi.
Insoniyat tarixida bugungi kungacha sivilizatsiyalar harakatining to‘rt avlodi mavjud.
Sivilizatsiyalarning birinchi avlodi miloddan avvalgi IV-II ming yillikda faoliyat ko‘rsatib, Yer sharining nisbatan tor sohilini – 25° dan 60° shimoliy kenglikkacha egallab, uning chegarasi taxminan O‘rta yer dengizi va Boltiq dengizining Janubiy qirg‘og‘idan Oxota va Sariq dengizigacha cho‘zilgan.
Sivilizatsiyalarning ikkinchi avlodi Yevroosiyo, Afrika va Okeaniyani qamrab olgan. Insoniyat turlicha tabiiy iqlim sharoitlariga moslashgan bo‘lib, aholining tez o‘sishi qo‘shimcha tabiiy resurslarni qidirish va ularni hayot jarayoniga jalb qilishni taqazo etadi.
Uchinchi avlod sivilizatsiyasi dunyoning rivojlangan, aholi yashaydigan qismini qamrab olgan. Bu bosqichda barcha mamlakatlarni ekologik va demografik dinamikani, jamiyat va tabiatning birgalikdagi evolyutsiyasini uyg‘unlashtirish yo‘llarini izlashga majbur qilgan global ekologik muammolar yuzaga keldi. Ekologik dunyoqarashni shakllantirish, tabiat va jamiyatning o‘zaro mutanosibligi to‘g‘risidagi qarashlarni ilgari surish zarurati tug‘ildi.
Hozirgi kunda sivilizatsiyaning to‘rtinchi avlodi shakllanmoqda. Bu avlodning o‘ziga xos xususiyatlari, birinchidan, ilgari mavjud bo‘lgan odamlar jamoalari – kapitalizm va sotsializm asosida sifat jihatidan yangi sivilizatsiya ekanligi bo‘lsa, ikkinchidan, ilgari inson industrial, siyosiy va mafkuraviy mashinaning bir qismi bo‘lgan bo‘lsa, bu davrda u o‘zining ijodiy salohiyati, ma’naviy qadriyatlari va bilimlari bilan birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Bu xususiyatlar dunyo sivilizatsiyasi makonini bo‘lish mezonlarining asosini tashkil etadi. Uchinchidan, globallashuv va integratsiya tabaqalashuv (differensiatsiya) bilan qarama-qarshilikda bo‘ladi. So‘nggi bosqichda sivilizatsiya markazi Yevropa va Shimoliy Amerikadan Sharqqa o‘tib bormoqda2.
Bu esa globallashuvga qarshi harakatning tarqalishidan dalolat beradi, bu harakatning miqyosi kengayadi, lekin globallashuv jarayonini to‘xtatishning imkoni yo‘q. Ushbu jarayondagi asosiy vazifa – globallashuv jarayonini jahon hamjamiyati nazorati ostida olib borish, uni tartibga solishda umume’tirofga va hurmatga sazovor eng ilg‘or qoidalarni joriy etish, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti va madaniyatini oshirish uchun globallashuvning afzallik jihatlaridan unumli foydalanish, boy va kambag‘al mamlakatlar hamda xalqlar o‘rtasidagi tafovutni kamaytirishdir. Mahalliy sivilizatsiyalardan tashqari xalqaro tashkilotlar ham globallashuvning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. BMT o‘z muassasalari — bosh Assambleya, xavfsizlik Kengashi, iqtisodiy va ijtimoiy Kengash, aholi xizmatlari, statistika, YUNESKO va boshqalar bilan butun insoniyat manfaatlarini ifodalash va himoya qilishga mo‘ljallangan. Bundan tashqari globallashuvning yirik sub’ektlari hisoblanuvchi tashqi iqtisodiy aloqalarning ayrim sohalarini tartibga soluvchi Xalqaro valyuta fondi, Jahon savdo tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar, Yevropa hamkorlik va xavfsizlik tashkiloti, OPEK, MDH kabi xalqaro institutlar shakllangan.



Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish