Global iqtisodiy rivojlanish


Jahon iqtisodiyoti globallashuvining kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlari



Download 3,18 Mb.
bet17/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

1.2. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlari

Jahon iqtisodiyotida XX-XXI asrlarda globallashuv tushunchasi tobora keng qo‘llanilmoqda. Globallashuv muammolari tarixchilar, iqtisodchilar, texnologlar, faylasuflar va ko‘plab mamlakatlarning siyosatchilari tomonidan muhokama qilinmoqda.


Ayni paytda globallashuv tarafdorlari bilan unga qarshi bo‘lgan qarashlarning vujudga kelishi, asosan, ushbu tushunchaning turlicha talqin qilinishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda.
Globallashuv jarayoni tarafdorlarining fikricha, globallashuv iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi, aholi farovonligini oshiradi, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga imkon beradi.
Bu jarayonga qarshi bo‘lganlar esa, globallashuv rivojlanayotgan mamlakatlarda savdo ekspansiyasining kuchayishi, iqtisodiy jinoyatlarning ortishi (qalbaki mahsulotlar ishlab chiqarish, noqonuniy reeksport, narkotik moddalar savdosining ortishi va h.k.), atrof-muhit ifloslanishi, texnika xavfsizligiga amal qilmaslik, bolalar mehnatidan foydalanish va boshqa noxush hodisalar bilan bog‘liq muammolar kuchayishiga olib keladi, deb hisoblaydilar. Biroq qanchalar xavotirli bo‘lgani bilan globallashuv jarayonini baribir to‘xtatib bo‘lmaydi. Tahlilchilar globallashuv jahon iqtisodiy rivojlanishining u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va ekologik tendensiyalarga qanday ta’sir ko‘rsatishini chuqur o‘rganishlari lozim bo‘ladi.
XX asrning oxirgi choragi jahon iqtisodiyoti o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga, ya’ni global darajaga o‘tishni boshlanganligi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiy rivojlanishning bu yangi bosqichi oldingilaridan tubdan farq qiladi.
Mutaxassislar tomonidan uzoq muddatli tamoyillarni belgilash va kelajakdagi iqtisodiy strategiyani aniqlashga intilgan holda tuzilmaning eng xarakterli belgilarini muhokama qilish davom etayotgan bo‘lsa-da, hozirgi kunda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy tuzilmasining quyidagi xususiyatlari o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lib turibdi:
a) samarali, yuqori texnologik hamda resurslarni tejovchi ijtimoiy ishlab chiqarish bilan tavsiflanuvchi axborotlar iqtisodiyotini shakllantirish;
b) konveyer, keng xalq ommasi iste’moliga asoslangan industrial tizimni davlat, aralash va ayniqsa, xususiy sektorning kreativ (ijodiy) alohida yo‘naltirilgan xo‘jalik faoliyatiga o‘zgartirish;
v) milliy iqtisodiyotlarni ochiqlashtirish tamoyillarining hududiy miqyosdagi yopiq iqtisodiy bloklarni shakllantirish tamoyili bilan qo‘shilib ketishi;
g) xalqaro korporatsiyalar ahamiyatining ortib borishi sharoitida davlatning tartibga solish rolining kuchayishi;
d) hal etilishi jihatidan jahondagi barcha mamlakatlarning jamoaviy harakatlarini talab qiluvchi, sivizatsiyaning global muammolari deb atalmish ekologik, xomashyo, demografik muammolar yechimining dolzarblashuvi.
Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng muhim belgilarini sanab o‘tgan holda, kasbiy faoliyati xo‘jalik sohasi bilan bog‘liq har bir mutaxassis uchun o‘z faoliyatida u bank, zavod yoki savdo kompaniyasi bo‘lishidan qat’i nazar, alohida korxona doirasidagi jarayonlarga jahon bozorining ta’sir qilish omillarini bilishi va hisobga olishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun xalqaro iqtisodiy munosabatlarlarning asosiy ko‘rinishlari globallashuvini o‘rganish, ularni modellashtirish usullari ko‘p omillarga asoslangan tahlil va statistikaning qo‘llanishiga qarab turli-tuman bo‘lishiga qaramasdan, makro va mikrodarajada jahon va milliy xo‘jalik kon’yuktarasidan maqsadli xabardorlikning zaruriy shart-sharoitlari hisoblanadi.
Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotining turli sohalarini qamrab oladi. Bu sohalar tarkibiga asosan quyidagilar kiradi:
- tashqi, xalqaro, jahon miqyosidagi tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, intelektual mulk ob’ektlari savdosi;
- ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati (ishchi kuchi, kapital, axborot);
- xalqaro moliya-kredit va valyuta operatsiyalari (beg‘araz moliyalashtirish va yordam, iqtisodiy munosabatlar sub’ektlarining kredit va qarzlari, qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalar, maxsus moliyaviy mexanizmlar va vositalar, valyuta operatsiyalari);
- ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, texnologik, injiniring va axborot sohasidagi hamkorlik.
Zamonaviy jahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi jarayonlarda namoyon bo‘ladi:
- ishlab chiqarish baynalmilallashuvining chuqurlashuvi, ya’ni iste’mol uchun yaratiladigan mahsulotni tayyorlashda jahonning turli davlatlari ishlab chiqaruvchilari qatnashishi.
- kapital baynalmilallashuvining chuqurlashuvi, ya’ni davlatlararo xalqaro kapital harakatining o‘sishi, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ko‘rinishidagi fond bozorlarining baynalmilallashuvi;
- ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy, texnologik bilimlar vositalari almashinuvi, shuningdek, xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuv, xalqaro miqyosda ishlab chiqarish resurslarining joylashuvi natijasida ishlab chiqarish kuchlarining globallashuvi;
- xalqaro hamkorlikni amalga oshirishni ta’minlovchi global miqyosdagi material, axborot, tashkiliy-iqtisodiy infratuzilmaning shakllanishi;
- xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi natijasida ayirboshlash baynalmilallashuvining kuchayishi, bunda xalqaro xizmatlar sohasi hamkorlikning ishlab chiqarish sohasiga nisbatan asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanadi;
- xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining o‘sishi, bunda rivojlangan davlatlarda kambag‘al davlatlardan kelgan ishchi kuchlarini malaka talab qilmaydigan yoki past malaka talab qiladigan ishga jalb etilishi;
- ishlab chiqarish va iste’molning baynalmilallashuvini atrof-muhitga ta’sirining ortishi, bu esa zamonaviy global muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan xalqaro hamkorlikka bo‘lgan ehtiyojning ortishi.
Globallashuv jarayoni quyidagilarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi:
- mintaqaviy integratsion jarayonlarni jadallashtirish;
- hozirgi paytda xo‘jalik yuritishni to‘liq erkinlashtirmagan davlatlar iqtisodiyoti ochiqligini ta’minlash;
- barcha bozorlardagi ishtirokchilarning munosabatlarda to‘siqlarsiz qatnashuvini ta’minlash;
- moliyaviy va savdo operatsiyalarning qoida va chegaralarini universallashtirish;
- bozorlarni tartibga solish va nazorat qilishni unifikatsiyalash;
- kapitalni joylashtirish, investitsiya jarayonlari va umumjahon to‘lov-hisob tizimini standartlashtirish.
Makroiqtisodiy darajadagi globallashuv davlatlar va integratsion uyushmalarning iqtisodiy faollikka intilishi, savdo va investitsion to‘siqlarni olib tashlash, erkin savdo hududlarini tashkil qilish asosida paydo bo‘ladi. Shu bilan birga globallashuv jarayoni davlatlararo xo‘jalik yuritish uchun iqtisodiy, huquqiy, axborot va siyosiy miqyosdagi o‘zaro kelishuvlarni ham qamrab oladi.
Mikroiqtisodiy darajadagi globallashuv kompaniyalar faoliyatining ichki bozordan tashqarida kengayishi natijasida paydo bo‘ladi. Ko‘pgina yirik transmilliy korporatsiyalar (TMK) global miqyosda harakat qiladi: ular chegarasi va milliy mansubligidan qat’i nazar, birinchi navbatda iste’molchilarning talabini qondirishi kerak. TMK uchun ichki bozorga nisbatan ko‘pincha tashqi iqtisodiy faoliyat muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, ular globallashuv jarayonining sub’ekti bo‘ladi. TMK – bu globallashuvning asosi, uni harakatga keltiruvchi asosiy kuchdir3.
Globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi bir nechta muhim iqtisodiy jarayonlar bilan bog‘liq holda yuz beradi. Ushbu jarayonlarga xalqaro kapital migratsiyasi, erkin savdo, tashqi savdo siyosati kabi jarayonlarni kiritish mumkin.
So‘nggi yillarda axborot-kommunikatsion texnologiyalar taraqqiy etishi bilan birgalikda xorijiy investitsiyalar, portfelli investitsiyalar va bank ssudalaridan iborat kapitallarning xalqaro harakatining kuchayishi globallashuvning diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Moliyaviy mablag‘lar xalqaro oqimining o‘sish sur’atlari xalqaro savdo hajmining o‘sish sur’atlarini sezilarli darajada ortda qoldirmoqda. Ayniqsa, bevosita xorijiy investitsiyalar oqimining o‘sib borayotgani diqqatga sazovordir.
Xalqaro kapital harakati uning barcha ishtirokchilariga daromad keltiradi. Xorijiy investorlar xalqaro miqyosdagi bozorlarga kirish orqali tavakkalchilikni diversifikatsiyalanishiga erishib, jahon miqyosida daromad olish imkoniyatini qo‘lga kiritmoqdalar. Odatda, investitsiya qabul qiluvchi davlatlarda foyda hajmi yuqori bo‘lib, bu investorlarning yuqori foydani ko‘zlagan holda o‘z kapitallarini ma’lum hududlarga yo‘naltirishiga turtki bo‘ladi.
O‘tish davridagi iqtisodiyotga ega mamlakatlarda milliy xo‘jalik tizimini rivojlantirish, shuningdek, diversifikatsiyaga erishish maqsadida ishlab chiqarish va eksportning mavjud tarmoqlarni rivojlantirish va yangilarini yaratishga ehtiyoj yuqori hisoblanadi. Shu vaqtning o‘zida, bunday iqtisodiyotga ega aksariyat mamlakatlar ushbu maqsadlarga erishishda ichki resurslarning cheklanganligi bilan bog‘liq turli muammolarga duch kelmoqdalar. Bunday sharoitda jahonning ulkan kapital resurslari bozoriga kirish ushbu mamlakatlar uchun jamg‘arishdan ko‘ra ko‘proq investitsiyalarni amalga oshirish, iqtisodiyotni isloh qilish va o‘sish sur’atlarini jadallashtirish, moliyaviy tizimni barqarorlashtirish hamda milliy valyuta va bank tizimini mustahkamlash kabi masalalarni hal qilishda jahon moliya bozorlari afzalliklaridan foydalanish imkoniyatini beradi4.
Tovar va xizmatlarning erkin savdosi globallashuvning o‘ziga xos xususiyatidir. Ma’lumki, iqtisodiyotning nisbiy afzalliklarga ega tarmoqlari ixtisoslashuvi va xalqaro savdoda ishtirok etishi aholi daromadlari va farovonligi oshishining qo‘shimcha manbai bo‘lib hisoblanadi. Xalqaro savdo bu kabi yutuqlarga boshqa yo‘llar orqali ham erishishi mumkin. Xalqaro savdo orqali fan-texnika yutuqlaridan foydalanish natijalari boshqa mamlakatlarga bilvosita va bevosita tarqaladi. Bevosita tarqalish fan-texnika yutuqlarini o‘zida mujassam etgan texnologiyalarning jahon bozorida sotilishida va boshqa mamlakatlar ularni xarid qilishi loqali ham sodir bo‘ladi. Bilvosita tarqalish esa, odatda, yangi texnika va texnologiya ishlab chiqilgan mamlakat eksport tarmoqlari samaradorligi oshishida va tovarlar sifatining yaxshilanishi orqali ro‘y beradi.
Erkin savdo milliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlari sifatining yaxshilanishi orqali iqtisodiy o‘sish sur’atlarining oshishi, import orqali ishlab chiqaruvchilar soni kam bo‘lgan yoki xorijiy tovar sifati darajasiga yetmagan iqtisodiyot tarmoqlarida raqobatni vujudga keltirib, tovar tannarxining pasayishini ta’minlaydi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning kuchli raqobat mavjud bo‘lgan jahon bozorlariga chiqishi tovar hamda xizmatlar sifatining oshishi bilan birga tannarx pasayishining muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Globallashuv jarayonlari va raqobat kuchaysa, ishchi resurslarining ma’lumoti va malakasi, ishlab chiqarishni tashkil etish va uni boshqarish tizimi, ilmiy-texnik ustuvorlik hamda sifatli infratuzilmaga talab oshadi. Ishlab chiqarish omillari sifatini oshirish, ishlab chiqarishni tashkil etish, faol axborot almashinuvini ta’minlash, infratuzilmani rivojlantirish hamda iqtisodiy strategiyalarni o‘z vaqtida tuzatib borish orqali mavjud ustuvorliklarni asrab qolish, ularni rivojlantirish va pirovard natijada mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga erishish mumkin.
Globallashuv jarayonlari inson salohiyatini oshirishga ham zarurat tug‘dirmoqda. U iqtisodiyotning muhim innovatsion omili sifatida izlanish va tadqiqotlar, ta’lim va tajriba sohasida xalqaro malaka oshirish, qo‘shma korxonalar va xorijda tajriba almashinishning jadallashuvi orqali namoyon bo‘lmoqda. Internet va axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi xo‘jalik sub’ektlarining faoliyat doirasini kengaytirmoqda. Xo‘jalik yurituvchilar uning yordamida nisbatan kam xarajatlar evaziga zarur axborotlarga ega bo‘lmoqdalar. Shuningdek, boshqaruv jarayonida yangi sifat darajalariga erishish, xo‘jalik yuritish salohiyatining oshishi, talab va taklif o‘zgarishlariga xos qarorlarni o‘z vaqtida qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Erkin savdo va proteksionizm yaxlit holda samarasiz ekani shubhasizdir. Globallashuvning kutilmagan o‘zgarishlari mamlakat tashqi savdosi shartlariga o‘tkazadigan ijobiy ta’sirlarini imkon qadar oshirishi, salbiy ta’sir tahdidlarini kamaytirishda iqtisodiyotning boshqa sohalari kabi tashqi savdoda olib boriladigan islohotlar ham muhim ahamiyatga ega. Chunki valyuta bozorini erkinlashtirish orqali eksport-import operatsiyalarini rag‘batlantirish, erkin raqobat muhitida ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali tashqi savdoning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyatini oshirish imkoni qo‘lga kiritiladi. Bundan tashqari sanoat siyosatini olib borish orqali iqtisodiyotning strategik muhim eksport tovarlari jahon bozori kon’yukturasining o‘zgarishlariga bog‘liqlik darajasini kamaytirishga erishish mumkin.
Pol Roberts uchta savdo blokini taklif etadi. Bloklar mos ravishda Uchinchi, Ikkinchi va Birinchi olam mamlakatlari uchun tashkil etilib, mamlakatlar yashash tarzining o‘sishiga muvofiq holda bir blokdan ikkinchisiga o‘tadi. Bu kabi yondashuvning sababi, birinchidan, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning savdodan oladigan salmoqli nafini kamaytirishi hisobiga umumiy boyliklarning qisqarishidir. Ikkinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlar iste’molchilarining xarid qobiliyati pastligi hisobiga savdoda salmoqli naf ko‘ra olmasligi bilan bog‘liq muammo tufayli ularda na iqtisodiy o‘sish va na aholi farovonligida sezilarli darajada yaxshilanish ro‘y beradi5.
Ikkinchi variant – odil savdo nazariyasi. Uning mazmun-mohiyati turli mamlakatlarda savdodan olinadigan nafning birmuncha tekis taqsimlanishi hamda ijtimoiy va ekologik standartlarning tenglashtirilishi maqsadida xalqaro tashkilotlar yordamida rivojlanayotgan mamlakatlar mahsulotlariga qiyosiy narxlar o‘rnatishdan iborat. Bu nazariyani Laura Tayson qo‘llab - quvvatlaydi. Ammo mazkur nazariyaning kamchiligi shundaki, bu kabi narx mexanizmiga aralashuv bozor munosabatlari qonuniyatlariga ziddir. Bundan tashqari unda ko‘zda tutilgan jarayonlar qimmatga tushib, uzoq kelajakda ko‘zlangan maqsadga erishilmaydi va iqtisodiyot faoliyatida samaradorlik pasayadi.



Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish