Global iqtisodiy rivojlanish



Download 3,18 Mb.
bet112/173
Sana31.03.2023
Hajmi3,18 Mb.
#923702
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   173
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish Xonkeldiyeva G Sh , Muminova E A , (2)

Tayanch iboralar
Ishchi kuchi bozori, xalqaro mehnat migratsiyasi, xalqaro ishchi kuchi bozori, jahon mehnat bozori, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi, bandlik nazariyasi, xalqaro mehnat tashkiloti, immigratsiya, emmigratsiya, ishchi kuchi eksporti, ishchi kuchi importi.
Nazorat uchun savollar
1. Jahon ishchi kuchi bozorining mohiyatini tushuntiring.
2. Jahon ishchi kuchi bozorining rivojlanish bosqichlari qanday jarayonlar ta’sirida o‘zgargan?
3. Xizmat ko‘rsatish sohasida bandlikni rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratadigan omillarni ko‘rsatib bering.
4. Xizmat ko‘rsatish sohasining kengayishi qanday holatda namoyon bo‘luvchi ishchilarga bo‘lgan yuzaga keltiradi?
5. Bandlik modellari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntiring.
6. Ishchi kuchi migratsiyasi shakllari jahon tajribasida qanday guruhlanadi?
7. BMT tasnifiga asosan, zamonaviy xalqaro migratsiya nechta asosiy turlarga ajratiladi?
8. Jahon iqtisodiyotida xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining o‘zgarish tendansiyalarini tushuntiring.
9. Xalqaro migrantlar immigratsiyasi va emigratsiyasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlarni ko‘rsating.
10. Ishchi kuchi eksporti va importining mamlakatlar iqtisodiyotiga qay darajada ta’sir ko‘rsatadi?
11. Ichki mehnat bozorida qo‘shimcha ishchi kuchi paydo bo‘lishining qanday ijobiy jihatlari mavjud?
12. Global inqirozlarning jahon ishchi kuchi miqyosi va tarkibiga ta’sirini tushuntiring.


IX BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA TRANSMILLIY KORPORASIYALAR


9.1. Transmilliy korporatsiyalarning mohiyati, belgilari va jahon iqtisodiyoti globallashuvidagi o‘rni

Biznesni baynalmilallashtirishning zamonaviy tendensiyalarida ko‘p millatli kompaniyalarda ishlab chiqarish va kapitalning yetakchi pozitsiyalarini transmilliylashtirish, nafaqat xalqaro miqyosda, balki kapital, transmilliy korporatsiya (TMK)lar va transmilliy bank (TMB)lar miqyosida ham amalga oshirilishi zarurligi ko‘rsatilmoqda.


Zamonaviy adabiyotlarda TMKlar tushunchasining bir yoqlama shakllantirilishi hamda ularni boshqa firmalardan farqlash mezonlari mavjud emas. “Transmilliy korporatsiya” kategoriyasini belgilashda tadqiqotchilar xalqaro operatsiyalarni TMKlarni rasmiylashtirishning asosiy xususiyati sifatida ko‘rsatadilar.
Iqtisodiy adabiyotlarda TMKlarning ma’no jihatdan o‘xshash bir qancha ta’riflari mavjud. Bir necha o‘n yillar davomida BMTda TMKlar uchun ishlab chiqilgan Kodeks loyihasida TMKlar “... davlat, xususiy yoki aralash, ikki yoki undan ortiq mamlakatlardagi ofislar bilan, ushbu idoralarning huquqiy shakli va doirasidan qat’i nazar, bir yoki bir nechta qaror qabul qilish markazlari orqali izchil siyosat va umumiy strategiyaga imkon beruvchi muayyan qaror qabul qilish tizimi asosida ishlaydigan, mulk yoki boshqa munosabatlardan qat’i nazar, ularning bir yoki bir nechtasi boshqalarning faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi va, ayniqsa, bilim va resurslarni va mas’uliyatni boshqalar bilan baham ko‘ruvchi biznes tizimi” sifatida talqin qilinadi.
G.M.Velyaminovning fikriga ko‘ra, TMK – turli mamlakatlarda joylashgan va yagona markazdan boshqariladigan yagona iqtisodiy maqsad bilan birlashtirilgan turli mustaqil tashkilotlar majmuidir162. M.M.Boguslavskiy, eslatma sifatida, TMKlardagi iqtisodiy birlik qonuniy jihatdan ko‘pchilik tomonidan shakllantirilishi va ular o‘z egalarining manfaatlariga xizmat qilishini ko‘rsatib o‘tgan163. Bu yerda oddiy kompaniyalardan farqli ravishda TMK faoliyati strategiyasi xorijiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi asosiy kompaniya tomonidan ishlab chiqiladi.
V.G.Yermolayev nuqtai nazaridan: “TMKlarning o‘ziga xos xususiyati unga tegishli bo‘lgan va turli mamlakatlarda joylashgan yuridik shaxslar va tarkibiy bo‘linmalar (filiallar, vakolatxonalar, sho‘‘balar)ning ma’lum darajada mustaqilligi bilan markazlashgan boshqaruvning birlashuvidir”164.
Iqtisodiy ensiklopediyada TMKga quyidagicha ta’rifi berilgan: “Ko‘p millatli korporatsiya – to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar bilan shug‘ullanuvchi firma”165. Xuddi shunday ta’rif Ye.A.Gryaznov tomonidan ham keltiriladi: “TMK ikki yoki undan ortiq mamlakatlarda ishlab chiqarish aktivlariga egalik qiluvchi yoki nazorat qiluvchi korxona sifatida belgilanadi”166.
Zamonaviy iqtisodiy lug‘atda TMKlar chet el faoliyatining asosiy xususiyatini ko‘rsatuvchi kengaytirilgan ta’rifi beriladi: “Ko‘p millatli korporatsiya – bu ro‘yxatga olingan mamlakatdan tashqaridagi operatsiyalarning asosiy qismini bajaradigan korporatsiya, ko‘pincha, filiallar, korxonalar tarmog‘iga ega bo‘lgan bir necha mamlakatlarda faoliyat olib boruvchi firmadir”167.
Ye.V.Lenskiy va V.A.Svetkovlar tomonidan berilgan ta’rif yanada TMK mohiyatini kengroq ochib beradi: “TMK o‘zi yoki bu korporatsiyalar negizida bo‘lgan mamlakat tashqarisida joylashgan ishlab chiqarish yoki xizmat majmualarini nazorat qiluvchi korxona (moliyaviy va sanoat birlashmalari)larga ega bo‘lgan, filiallari va ofislari keng tarmoqni egallab, muayyan mahsulot ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha yetakchi o‘rnini egallovchi kompaniyadir”168.
Garvard universiteti tadqiqot dasturi ta’rifiga ko‘ra, ko‘p millatli kompaniyalar oltidan ortiq xorijiy sho‘ba va kompaniyalarni o‘z ichiga oladi. Xalqaro korporatsiyalar faoliyatini o‘rganuvchi BMT uzoq vaqt davomida (1960-yillardan boshlab) TMKlarni yillik aylanmasi 100 mln. dollardan oshadigan va kamida olti mamlakatda filiallarga ega bo‘lgan kompaniyalarnigina TMKar deb yuritib keladi.
BMTning ayrim ekspertlari xorijda ishlab chiqarish ob’ektlariga ega bo‘lgan har qanday kompaniyani TMK deb hisoblaydilar. Biroq, TMK konsepsiyasining talqini ko‘plab davlatlarning manfaatlariga ta’sir qilishini hisobga olgan holda, BMTning transmilliy korporatsiyalar bo‘yicha komissiyasi TMKlar ta’rifining kelishuv versiyasini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra “…huquqiy shakli va faoliyat sohasidan qat’i nazar, ikki yoki undan ortiq mamlakatlarda izchil siyosat va umumiy strategiya uchun yagona boshqaruv markazi orqali birliklarni tashkil etadi, unda alohida birliklar mulkchilik orqali yoki boshqa tarzda bog‘langan bo‘lib, ulardan biri yoki bir nechtasi boshqalarning faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi va, xususan, boshqalar bilan bilim, resurslar va mas’uliyatlarni baham ko‘rishi mumkin”.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning TMK bo‘yicha komissiyasi xalqaro kompaniyalarni quyidagicha tavsiflaydi:
- yuridik shakli va faoliyat sohasidan qat’i nazar, ikki yoki undan ortiq mamlakatlarda xo‘jalik sub’ektlariga ega bo‘lgan;
- bitta boshqaruv markazi orqali umumiy strategiyani amalga oshirish va muvofiqlashtirilgan siyosat yuritishga imkon beruvchi qarorlar qabul qilish tizimi doirasida ish olib boradigan;
- mulkchilik orqali bir-biriga bog‘langan alohida xo‘jalik sub’ekti sifatida, bunda xo‘jalik sub’ektlaridan bittasi yoki undan ko‘prog‘i boshqalarining faoliyatiga bilimlar, resurslar va mas’uliyatni boshqalar bilan birgalikda foydalanish orqali jiddiy ta’sir ko‘rsata oladigan tashkilotdir.
Jahon amaliyotida xalqaro korporatsiyalar deyilganda, jahon tovar va ishlab chiqarish omillari bozorlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatuvchi yirik kompaniyalar tushuniladi. Ular quyidagi shartlar asosida belgilanadi:
- yillik sotish hajmi 1 mlrd. dollardan kam bo‘lmasligi;
- umumiy moliyaviy aylanma mablag‘larining beshdan bir qismidan uchdan bir qismigacha xorijdagi operatsiyalar ulushiga to‘g‘ri kelishi;
- xorijdagi aktivlar ulushi 25% dan kam bo‘lmasligi;
- kamida oltita mamlakatda filiallarga ega bo‘lishi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, xalqaro korporatsiyalarning asosiy xususiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish jarayonidir.
Shunday qilib, har qanday xalqaro korporatsiya quyidagi asosiy xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
1) jahon iqtisodiyoti rivojlanishi va xalqaro mehnat taqsimoti jarayonlarining faol ishtirokchisi;
2) milliy chegaralarda yuzaga keladigan jarayonlarda kapital harakatining nisbiy mustaqilligi bilan ajralib turadi;
3) jahon iqtisodiy munosabatlarini ob’ektiv ravishda tartibga soladi;
4) yuqori daromad olish uchun o‘z operatsiyalarini amalga oshiradi.
Ko‘pgina G‘arb tadqiqotchilari transmilliy korporatsiyalarning quyidagi xususiyatlarini ajratib ko‘rsatadilar:
1) bir nechta mamlakatda mahsulotlarni sotish (mahsulotlarining katta qismi chet elda sotiladi, shu bilan jahon bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi);
2) ikki yoki undan ortiq mamlakatlarda filiallarining mavjudligi;
3) korporativ mulkning turli mamlakatlar aholisi o‘rtasida taqsimlanishi (xorijiy korxonaning iqtisodiy faoliyati ustidan nazoratni ta’minlovchi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ifodalovchi xorijiy kapitalidagi xolis ishtiroki);
4) xodimlarning ko‘p millatliligi. Bu yerda birinchi xususiyat eng muhim hisoblanadi. Ushbu mezonda mutlaq yetakchilik namunasi Shveysariyaning "Nestle" kompaniyasida bo‘lib, u 98% dan ortiq mahsulotni eksport qiladi. Ishlab chiqarish va mulkni baynalmilallashtirishga kelsak, bu ikki xususiyat mavjud bo‘lmasligi mumkin. So‘nggi yillarda korporatsiyaning xalqaro holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar kompaniya mamlakatdan tashqarida sotayotgan tovarlar ulushi, boshqa davlatlar hududida joylashgan aktivlar ulushi, yuqori darajali boshqaruv tarkibi va shu kabilar bilan to‘ldirildi. Amalda ko‘p millatli korporatsiyalar toifasiga kirish uchun haqiqiy faoliyat yurituvchi korporatsiya bu mezonlardan birortasiga javob berishi kifoya, lekin ko‘pgina yirik kompaniyalar bir vaqtning o‘zida barcha xususiyatlarga ega.
Shunday qilib, transmilliy korporatsiyalar yirik kompaniyalar ko‘rinishida bo‘lib, xorijiy aktivlar yoki iqtisodiyotning bir yoki bir necha tarmoqlariga egalik, muhim imkoniyatlar va korporatsiya joylashgan mamlakatda iqtisodiy ta’sir ega turli milliy firmalar uyushmalari bilan korporatsion integratsiya va ba’zan uning chegaralari orqasida ekanligini aytish mumkin. Qaysi kompaniya ishlab chiqarishi, yagona global yoki mintaqaviy strategiyani amalga oshirishidan qat’i nazar, TMK doirasidagi alohida kompaniyalar (yoki ularning bo‘linmalari) asosiy kompaniya bilan umumiy ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar borasida yaqindan bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha aytganda, bir tomondan, TMK bir qancha mamlakatlar o‘rtasida ishlab chiqarish birliklari dispersiyasi asosida xalqaro ishlab chiqarish tizimini tashkil etish bilan xarakterlansa, boshqa tomondan, ilg‘or ishlab chiqarish tarmoqlariga kirib, ularning jadal rivojlanishi uchun katta investitsiyalar va yuqori malakali kadrlar talab qilishi bilan ajralib turadi. Bularning barchasi ularni milliylashtirishga qaratilgan harakatlarda ishonchli xavfsizlikni ta’minlaydi.
Bir vaqtning o‘zida ularning faoliyatini belgilovchi omillar bo‘lgan zamonaviy TMKlarning xarakterli xususiyatlari orasida quyidagilar alohida ajratiladi:
- xalqaro yondashuvdan foydalanish – iqtisodiy faoliyatning barcha jabhalarida (firmalararo va xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish, kapitalni baynalmilallashtirish va boshqalar) xorijiy operatsiyalarning alohida o‘rni va ahamiyati;
- faoliyatning xalqaro xarakteri – transmilliy sanoat, tijorat va moliyaviy kompleksni uyda qaror qabul qilish markazi va boshqa mamlakatlardagi filiallar bilan shakllantirish mumkin169:
- yordamchi (sho‘‘ba) kompaniya, sherik kompaniya, bo‘linmaning asosiy kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan global strategiyaga muvofiq faoliyat yuritishi;
- xalqaro miqyosda raqobatga qarshi turish uchun jahon iqtisodiyotining rivojlanishida faol ishtirok etish va yuqori foyda olish.
TMKlar tarixan qisqa vaqt ichida “yangi industrial mamlakatlar”ning jadal sur’atlarda rivojlanishida muhim omil bo‘ldi.
Xalqaro korporatsiyalar shakllangan davrdan boshlab o‘z rivojlanish strategiyalariga ega bo‘lib, quyidagi belgilar ular uchun xosdir:
- ishlab chiqarishni xorijiy xomashyo bilan ta’minlash;
- xorijiy bozorlarda o‘z filiallari yordamida mustahkam o‘rin egallash;
- ishlab chiqarishni xarajatlar nisbatan past bo‘lgan mamlakatlarda joylashtirish;
- ishlab chiqarish, savdo va moliya faoliyatini diversifikatsiyalash.
Xalqaro korporatsiyalar faoliyat olib borayotgan mamlakatlarida umumiy tartibdagi va multimilliylashtirish bilan bog‘liq raqobat afzalliklarini qo‘lga kiritish usullaridan foydalanishadi (9.1-jadval).
TMKning mahsulotni bir vaqtning o‘zida bir nechta mamlakatlardagi filiallarida ishlab chiqarish sabablarini aniqlash uchun uning hududiy jihatini ajratib ko‘rsatish zarur. Hududiy jihat korporatsiyaning arzon xomashyo va ish kuchidan foydalanish, mahsulotni tashish va saqlash xarajatlarini qisqartirish, bojxona va soliq to‘siqlarini chetlab o‘tishga intilishi bilan bog‘liqdir.
Baynalmilal jihat esa bir nechta mamlakatlarda o‘z filiallariga ega korporatsiya o‘z nisbiy ustunligidan foydalanishi bilan bog‘liq hisoblanadi. Iqtisodiy mustaqil bir necha korporatsiyadan ko‘ra, mahsulotni bitta korporatsiya tomonidan qator mamlakatlarda ishlab chiqarish afzalroqdir. Shuningdek, TMK soliqlarni qisqartirish maqsadida hisobotni boshqarishi va unga tegishli bo‘lgan texnologiya ustidan nazoratni o‘rnatishi mumkin. Ushbu imkoniyat to‘liq nazorat qilinadigan filiallar yordamida amalga oshiriladi.
TMKlar quyidagi xusususiyatlari bilan boshqa kompaniyalardan farqlanadi:
- xalqaro mehnat taqsimotining faol ishtirokchilari ekanligi;
- xalqaro ishlab chiqarish majmualarini yaratib, qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘lishi;
- global ishlab chiqarish kuchlari va resurslaridan foydalanish;
- ommaviy iste’molchilar uchun ishlashi;
- kapitalning bazaviy mamlakatda yuz berayotgan jarayonlarga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshirishi;

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish