Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot uzunligi 10-25 sm, yo’g’onligi 3 sm bo’lgan silindrsimon ildiz va ildizpoyadan tashkil topgan (mahsulotda ildizpoya kam bo’ladi). Ildiz bo’laklari tashqi tomondan to’q qo’ng’ir po’kak bilan qoplangan. Icliki tomoni sariq-pushti rangga bo’yalgan. Ho’l ildizining ichi oq, unda to’q sarg’ish dog’lar va yo’llar bor. Mahsulot o’ziga xos hid va achchiq burishtiruvchi mazaga ega.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida ikki xil gruppaga kiruvchi birikmalar: 6,0-12% tanoglikozidlar (oshlovchi moddalar - taninlar) hamda 3,4-6% antratsen hosilalari bo’ladi.
XI DF ga ko’ra, mahsulot tarkibida antratsen hosilalarining umumiy miqdori 2% dan kam bo’lmasligi kerak.
Ishlatilishi. Rovoch preparatlari surunkali me’da-ichak kasallik-larida ichni yumshatish, ichak atoniyasida va gaz to’planib qolganda ishlatiladi. Bu preparatlar kam dozada (0,05-0,2 g) qabul qilinsa, ichni qotiradi (asosan, tanoglikozidlar ta’siri) va aksincha, ko’p dozada (0,5-2,0 g) qabul qilinganda ichni yumshatadi (asosan, antratsen unumlarini ta’siri).
Dorivor preparatlari. Rovoch ildizi kukun va tabletka holida ishlatiladi. Rovoch ildizidan yana qaynatma va quruq ekstrakt (suvli-spirtli ajratma) tayyorlanadi.
Flavon glikozidlar
O’simliklar tarkibida flavonoidlar sof-aglikon yoki glikozidlar holida uchraydi. Faqat antotsianidinlar o’simlik tarkibida doimo glikozidlar holida uchraydi. Glikozidlarni hosil qilishda ko’pincha flavonoidlar C xalqasining 3- A xalqaning 5-va 7-hamda B-xalqaning 4-holatlaridagi gidroksil guruhlari ishtirok etadi.
Flavonoid glikozidlar tarkibida monosaharidlardan D-glyukoza, Dgalaktoza, D-ksiloza, L-ramnoza, L-arabinoza va D-glyukuron kislotasi ko’proq uchraydi. Glikozid tarkibida aytib o’tilgan qandlar piranoza yoki furanoza (asosan L-arabinoza) shaklida uchrab, flavonoid molekulasidagi fenol gidroksiliga β-yoki ba`zan α-bog`lanish orqali birikadi. Odatda monosaharid molekulalari glikozid hosil qilishda 1 ta (monoglikozid) yoki bir vaqtning o’zida 2 ta (diglikozid) gidroksil guruhi bilan birlashishi mumkin. Diglikozidlar tarkibidagi qandlar bir xil qandning 2 ta molekulasi yoki ikki xil qandning bittadan molekulasidan tashkil topgan bo’lishi mumkin.
Flavonoid glikozidlari tarkibida monosaharidlardan tashqari di-, tri-va boshqa oligosaharidlar uchrashi mumkin. Flavonoid glikozidlar tarkibiga kiruvchi oligosaharidlarning 30 dan ortiqturlari ma`lum. Ulardan rutinoza (6O-α-L-ramnozil-βD-glyukoza), robinobioza (6-O-α-L-ramnozil-Dgalaktoza), soforoza (6-O-β-D-glyukozil-D-glyukoza), gentibioza (6-O-β-Dglyukozil-D-glyukoza), neogesperidoza (2-O-α-L-ramnozil-D-glyukoza) keng tarqalgan.
O’simliklar tarkibida aksariyat flavonoidlarning O-glikozidlari (qand molekulasi aglikon bilan gidroksil guruhining kislorodi orqali, efir tipida birikadi) va qisman C-glikozidlari (qand molekulasi to’g`ridan-to’g`ri flavon molekulasidagi uglerod atomiga birikadi) uchraydi.
Gullar, mevalar va barglar tarkibida flavonoidlar ko’pincha glikozid holida, po’stloqda hamda ildizlarning yog`ochlangan to’qimalari tarkibida sof aglikon holida uchraydi.
Odatda o’simliklar tarkibida bir vaqtning o’zida bir nechta (ba`zan 25 tagacha) flavonoidlar bo’ladi. Kamdan-kam hollarda o’simliklar tarkibida bitta flavonoid uchrashi mumkin.
Flavonlar uchun ko’proq 7-O-glikozidlar harakterli, kamroq hollarda 4`-O va 3`-O-glikozidlar ham uchraydi. Flavonollarda 3 va 7 holatlarda gidroksil guruxlarning glikozidlanishi keng tarqalgan.
Ko’pchilik flavonoid C-glikozidlarda uglevod qoldig`i 5,7dioksiflavonoidlarning 6 va 8-holatlariga birikkan bo’ladi (3-jadval). Flavonoid C-glikozidlar tarkibiga kiruvchi monosaharidlardan D-glyukoza eng ko’p tarqalgan. Bundan tashqari tarkibida D-galaktoza, L-ramnoza, Dksiloza va L-arabinoza qoldiqlarini saqlovchi flavonoid-C-glikozidlar ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |