Giyohvandlik nima
Giyohvandlik (Narkomaniya) – (yunoncha narke – karaxtlik va maniya – telbalik, jahl, shodhurramlik) narkotik va narkotik ta’sirga ega bo’lgan moddalarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik. Giyohvandlik giyohvand moddalarni doimo qabul qilish natijasida vujudga keladi, chunki ushbu hastalik bilan og’rigan kishining jismoniy va ruhiy holati humorini bosadigan tegishli narkotik modda iste’mol qilishga bog’liq. Narkomaniya organizmda chuqur uzgarishlarga sabab bo’ladi va uni tanazzulga olib keladi. Kasallik asta-sekin rivojlanib borib surunkali davom etadi. Narkotik moddalar dastlab hursandlik, vaqtichog’lik, hotirjamlik hissini uyg’otib,kayf qildirishi sababli iste’mol qilinib bora-bora kasallikka aylanadi. Quyidagi ikki holda narkotik moddalarga o’rganib qolish mumkin. Birinchi holdakishi o’z hohishidan tashqari, e’tiborsizligi natijasida narkotik moddalar humor qiladigan bo’lib qoladi. Bunday bangilik ko’pincha vrach buyurgan narkotik moddalarni noto’g’ri iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi. Sal narsa ta’sir qilib, tashvish kuchayib ketadi,ba’zi kasallar og’riq,uyqusizlik,va dardning boshqa tomonlaridan qutulish maqsadida oxirini o’ylamay, vrach ko’rsatmasini ham pisand qilmay, o’zboshimchalik bilan narkotik modda dozasini oshirib qabul qilishadi.
Bunday bemorlar odatdano’z ahvollarining yaxshilanishi dori tufaylibo’layotganini sezib, uni ichishni davom ettira boshlaydilar va ko’pinch ahvollarining og’irligidan nolib vrachni aldaydilar. Bu zaylda ish tutishning oqibati yomon bo’lib, narkotik moddalarga unchalik zarurat bo’lmasa ham, uni qabul qilinaveradi, dorining esa organizmga narkotik ta’siri yanada orta boradi va natijada narkotik moddaga moyillik kuchayib, u xumor qiladigan bo’lib qoladi. Narkotik modda dozasini o’zboshimchalik bilan o’zgartirib boorish, uni tez-tez va uzoq muddat qabul qilish narkomaniyaga olib keladi. Ikkinchi hol ongli ravishda ayf qilish maqsadida narkotik moddalarga o’rganishdirnarkomaniyaga odatda o’zini tiya bilmagan, ruhan zaif, irodasi kuchsiz, birovlarga taqlid qiladigan, humorni tarqatishdan boshqa narsani bilmaydigan, o’ta hudbin kishilargina beriladi.bunday kishilar o’z mayillariga qarshi yurolmaydilar.shuning uchun ularning kayf qilishga moyilliklari kuchli bo’ladi.bangilik avj olib ketadi. Bu kasallikka uchraganlarda hastalik juda og’ir kechib, odatda kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi.
Bangilikka mubtalo bo’lganlar narkotik moddalarni qayta-qayta va ko’p miqdorda iste’molqilgisi kelaveradi.keyinchalik esa narkotik moddalarni qabul qilmasdan turolmaydigan, usha bo’lmasa huddi “biror narsa yetishmayotganday” bo’lib qoladi.bunday ahvoldan qutulish va o’zini yengil his qilish uchun yana narkotik moddaga ruju qiladi. Shu tariqa narkotik moddalarga moyillik-bangilik kelib chiqadi.bora– bora organizmda narkotik moddalarga moyillik shu darajada kuchayib ketadiki, narkotik moddalar kuchini yuqotgandek bo’lib qoladi, endi u avvalgidek humor tarqatish uchun doridan ko’proq miqdorda iste’mol qilgisi keladi. Agar narkoman o’z vaqtida narkotik qabul qilmasa, organizmda kuchli ruhiy va jismoniy o’zgarishlar paydo bo’ladi. Bangi odam navbatdagi kayfni surish uchun har qanday pastkashliklarga boradi,sotqinlik, aldash,zo’rlik, o’g’riliklardan toymaydi.organizmga narkotik modda kirmasa, humorlik boshlanadi: organism og’ir ahvolda qolib, chuqur ruhiy va va jismoniy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Hastalik rivojlangan sari organizmda darmon qurishiham kuchaya boradi, endi narkotik moddaning kuchi organism uchun og’irlik qiladi. Narkotik moddalarning oldingi iste’mol qilib yurgan dozasi endi yomon ta’sir qila boshlaydi. Zaharlanish og’ir kechadi. Narkotik moddaning dozasi ozgina oshishi bilan bemor o’lib qolishi mumkin. Narkomaniyani davolash faqat psixiatriya kasalxonalarida vrachlarninng qattiq nazorati ostida olib borilishi kerak.
Giyohvandlikning oqibati:
Buni quyidagi rasmlar orqali ifodalashni ma'qul ko'rdik -
Noyabr, 1979 Yanvar, 1989
Ha, bu 10 yil keyingi xuddi o'sha ayol...
Foto galereya
Giyohvandlik afg'on jamiyatini yemirmoqda
Amerika Ovozi
|
Geroin iste'moli Afg'onistonda bugun yanada ortgan
|
|
Qoradoriga qarshi kurash davom etmoqda, biroq iqtisodiy ahvol yaxshilanmas ekan, imkoniyatsizlik domida qolgan odamlarni giyohvandlikdan qaytarish oson emas
|
Afg’oniston – dunyo qoradori sanoati manbai.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, jahonda afyunning 90 foizi Afg’onistonda ishlab chiqariladi.
Qoradori yetishtirish bu mamlakat uchun yangilik bo’lmasa-da, giyohvandlik naqadar keng tarqalgani bu jamiyatda endi-endi ko’zga tashlanmoqda.
Rasmiy Kobul ko’rayotgan choralarga qaramay bu yili Afg’onistonda o’tgan yilga nisbatan 8 ming tonna ko’p afyun ishlab chiqarilgan.
"Afyun savdosi Afg’oniston yalpi milliy mahsulotining 52 foizi, ya’ni 4 milliard dollarga teng",- deydi siyosatdon Eymi Frumin.
Qoradori sanoati zamonaviylashib borar ekan, Pokiston va Eron bilan chegaradosh hududlarda tashkil etilgan yashirin laboratoriyalar afyunni geroin va morfinga aylantirishga qodir.
Bu biznes nafaqat Tolibon nazorati ostidagi hududlarda avj olgan.
Tahlilchi Aleksandr Teyer fikricha afyun savdosidan dehqon va savdogarlardan tortib jangari va amaldorlargacha, barcha katta foyda ko’radi. Mamlakat iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylangan .
Ko’plab mutaxassislar nazarida dehqonlar ko’knor ekishga majbur, chunki yaxshiroq imkoniyatlar yo’q. Mamlalatda biroz iqtisodiy o’sish kuzatilgan, lekin qashshoqlik hamon katta muammo.
"Dehqon muqobil ekinlardan emas, aynan ko’knoq ekib 15-20 baravar ko’proq iqtisodiy foyda ko’radi", - deydi olim Norin Makdonald.
Afg’onistonda qurg’oqchilik bir necha yil davom etgan, irrigatsiya tizimi deyarli ishdan chiqqan. Ko’knor esa bunday sharoitga chidamli.
|
Afyunga berilgan afg'onlar
| BMT hisobicha, dehqon odatda bir kilogram afyunni 100 dollarga sotadi.
Eronda buni 600 dollarga, Xitoyga yetganda esa 800 dollargacha sotish mumkin.
Eron va Pokistondagi afg’on muhojirlarining vatanga qaytishi bilan, deydi kuzatuvchilar, o’tgan yillar mobaynida mamlakatda giyohvandlik avj olgan, xususan geroin iste’moli kuchaygan. Tahlilchi Aleksandr Teyer buni asosan yoshlar orasida ishsizlik va iqtisodiy qiyinchiliklar bilan bog’laydi. "Ikkinchi sabab",- deydi u, "mamlakatning o’zida kichik laboratoriyalarda afyundan geroin olinayotganidir".
Ammo Afg’onistonning sog’liqni saqlash tizimi giyohvandlar u yoqda tursin, oddiy fuqarolar ehtiyojini ham qondira olmaydi.
"Nashavandlik o’zi bilan immunitet taqchilligi virusi, SPID muammosini olib keladi. Mamlakatda kasallik epidemiyasi boshlanish arafasida",- deydi Makdonald.
Narkobiznesga qarshi xalqaro tadbir
Birlashgan Millatlar Tashkilotining so`nggi hisob-kitoblariga ko`ra, dunyoda 185 million nafar giyohvand bor. Narkotik moddalar ishlab chiqarishning 75 foizi Afg`onistonga to`g`ri keladi. Giyohvandlik oqibatida yiliga 200 ming kishi halok bo`ladi. Ushbu moddalar ta`sirida amalga oshirilayotgan jinoyatlar soni esa ortib bormoqda. Narkotik moddalarni sotish yiliga o`rtacha 400 milliard AQSh dollari miqdorida daromad keltiradi. Shu bois narkobiznesning bozori chaqqon.
Narkobiznesga qarshi kurashda BMTning Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash konventsiyasi muhim o`rin tutadi. Mamlakatimizda giyohvandlik va giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo`yicha davlat tizimi tashkil etilgan. Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab xalqaro miqyosda o`tkazilayotgan giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashuvchi "To`siq-2" tadbirida yurtimiz vakillari faol ishtirok etyapti.
Poytaxtimizda "To`siq-2" tadbirining ikki oylik yakuniga bag`ishlangan xalqaro anjuman bo`lib o`tdi. Unda mazkur tadbirda ishtirok etayotgan Rossiya, Qozog`iston, Gruziya, Qirg`iziston, Ozarboyjon, Ukraina, Tojikiston, Moldova kabi davlatlarning ichki ishlar idoralari mas`ul xodimlari, AQSh, Rossiya va Tojikistondagi giyohvandlik va giyohvandlik moddalari aylanishiga qarshi kurashuvchi tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o`rinbosari, polkovnik H.Ibrohimov mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurash masalasi doimiy e`tiborda ekanini ta`kidladi. "Zahri qotil"ni respublikamizga kontrabanda yo`li bilan olib kirish va tranzitining oldini olish uchun ta`sirchan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi qonunchilik xalqaro me`yorlarga mos ravishda takomillashtirilgan.
O``zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda AQSh adliya vazirligi giyohvandlikka qarshi kurash agentligi hamkorligida tashkil etilgan olti oylik "To`siq-2" tadbiri bu boradagi ishlarni yanada faollashtirdi. O`tgan ikki oyda bir tonnadan ortiq narkotik modda qo`lga olindi. Bu giyohvandlik va narkotik moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurash talablar darajasida yo`lga qo`yilganining yana bir dalilidir.
Tadbirda AQShning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Jon Purnell ishtirok etdi .
Giyohvandlik balosi - xalqaro xavfsizlikka tahdid
04.02.2008 17:12
Berlinda «Markaziy Osiyo mintaqasida narkotiklar bilan bog'liq vaziyat va O'zbekiston Respublikasi hukumatining giyohvandlik moddalari savdosiga qarshi kurashdagi sa'y-harakatlari» mavzuida taqdimot bo'lib o'tdi.
Tadbir O'zbekistonning GFRdagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan bo'lib, unda federal hukumat, huquq-tartibot idoralari, Bundestag (parlament), tashqi ishlar, ichki ishlar hamda sog'liqni saqlash vazirliklari, jinoyat qidiruv polisiyasi boshqarmasi, bojxona jinoyat qidiruv boshqarmasi vakillari, siyosiy jamg'armalar va tadqiqot markazlari ekspertlari, shuningdek, Germaniyadagi xorijiy diplomatiya korpusi va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Taqdimotda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori K.Do'smetov so'zga chiqdi. Tadbir ishtirokchilari e'tiboriga O'zbekistonda huquq-tartibotni mustahkamlash borasida olib borilayotgan har taraflama chora-tadbirlar va giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi bilan bog'liq jinoyatlarga qarshi kurashning asosiy yo'nalishlari to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
Taqdimot chog'ida Markaziy Osiyoda narkotiklar bilan bog'liq vaziyatning asosiy jihatlari ta'kidlangani holda uning so'nggi yillarda qoradori hosili hamda Yevropa va jahondagi boshqa mintaqalarga narkotik moddalar kontrabandasi kuchayib borayotgan Afg'onistondagi notinchlik bilan uzviy bog'liqligi qayd etildi.
Giyohvandlik moddalari muammosi terrorizm va ekstremizm kabi tahdidlar bilan bevosita aloqadorligi ta'kidlandi. Ushbu yo'nalishda xalqaro hamkorlikni, jumladan transmilliy jinoiy guruhlar narkoxuruji xavfiga bevosita yuzma-yuz kelayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarni faollashtirish muhim ekanligiga mehmonlar e'tibori qaratildi.
Tadbir ishtirokchilariga O'zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan narkotik moddalar asosida sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida ham batafsil ma'lumot berildi. Faoliyati hukumat darajasida yaqindan muvofiqlashtirilayotgan Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo'yicha davlat va mintaqaviy komissiyalar, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy ahborot-tahlil markazi ishi bilan atroflicha tanishtirildi.
Bo'lib o'tgan taqdimot ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Bu borada axborotlarni «birinchi qo'l»dan ya'ni mintaqadagi mutaxassis va ekspertlardan bevosita olingani ularning Markaziy Osiyoda giyohvandlik moddalari bilan bog'liq vaziyatga oid tasavvurlarini sezilarli darajada kengaytirgani qayd etildi. Tadbir qatnashchilari narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda O'zbekiston hukumati tomonidan ko'rilayotgan amaliy chora-tadbirlarga yuksak baho berdi.
Xususan, Bundestag eksperti A.Burger quyidagilarni qayd etdi: «o'tkazilgan tadbir O'zbekiston narkotik moddalar tahdidiga qarshi kurashda Germaniya va Yevropa Ittifoqi bilan har tomonlama hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini namoyish etdi. Biz uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan Afg'onistonga bevosita chegaradosh bo'lgan O'zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlash juda muhimdir. Binobarin, Afg'onistonda qoradori yetishtirish sur'ati o'sib borayotgani xalqaro hamjamiyatni jiddiy xavotirga solmoqda».
«Jahon» AA
Berlin
Giyohvandlik- taraqqiyot kushandasi
20.06.2005 17:20
Poytaxtimizda "Giyohvandlik - asr vabosi" mavzuida huquqiy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi. U Respublika "Ma`naviyat va ma`rifat" markazi, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, "Mahalla" xayriya jamg`armasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, Toshkent shahar O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmasi tashabbusi bilan o`tkazildi.
Tadbirda ta`kidlanganidek, bugungi kunda kurrai zaminimizda giyohvandlik tobora avj olayotgani butun xalqaro hamjamiyatni tashvishga solayotir."Asr vabosi" deb atalayotgan bu illat terrorchilik, diniy ekstremizm va mutaassiblik bilan chambarchas bog`liq ekani hech kimga sir emas.
Giyohvandlik har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo`liga g`ov bo`lish barobarida, ayniqsa yigit-qizlarning salomatligi, kelajagi, hayotiga raxna solmoqda. Mamlakatimizda giyohvandlikning payini qirqish, yoshlarni bu xatardan asrash yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilayotir. Bu xavfning oldini olish nafaqat huquq-tartibot idoralari, balki barcha jamoat tashkilotlari va har bir yurtdoshimizning eng muhim burchidir.
Anjumanda yoshlar tarbiyasining ma`naviy omillari, giyohvandlikning oldini olishda mahalla, maktab, jamoat tashkilotlari hamkorligining ahamiyati kabi mavzularda ma`ruzalar tinglandi.
Giyohvandlik – asr vabosi
21.06.2006 18:24
Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida 26 iyun – Xalqaro narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Giyohvandlik - asr vabosi” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Bosh prokuratura, Xalq ta’limi vazirligi hamda “Mahalla” xayriya jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda huquq-tartibot idoralari vakillari, pedagoglar, mahallalar hamda xotin-qizlar qo‘mitalari faollari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar ishtirok etdi.
Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi rahbari Q.A’zamov, Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi raisi A.Gadoyboyev va boshqalar mamlakatimizda narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi samarali ishlar olib borilayotganini alohida ta’kidladilar. Zero, giyohvandlik kishilar sog‘lig‘iga putur yetkazish bilangina cheklanib qolmay, butun jamiyat, kelajak uchun ham xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi yaxshi ma’lum. Huquq-tartibot idoralari mamlakatimizga qo‘shni davlatlardan narkotik moddalar kirib kelishining oldini olish borasida barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bu esa yurtimizda barqarorlik va osoyishtalikning asosiy kafolatlaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, giyohvandlikning yoshlar o‘rtasida yoyilishini bartaraf etish maqsadida huquq-tartibot idoralari jamoat tashkilotlari, mahallalar, ta’lim va tibbiyot muassasalari bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan. Bu borada tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Anjumanda giyohvandlikning oldini olishning huquqiy asoslari, asr vabosiga qarshi kurashishda mahalla, ta’lim dargohlari va jamoat tashkilotlarining o‘rniga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.
«GIYOHVANDLIK VA UNING SALBIY OQIBATLARI» MAVZUSIDA UCHRASHUV BO`LIB O`TDI
22 fevral, 2007 yil Nizomiy nomidagi TDPU talaba yoshlari o`rtasida «Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi» munosabati bilan «Giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari» mavzusida Toshkent shahar IIB huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv o`tkazildi. Uchrashuvni TDPU ma’rifat va ma’naviyat ishlari bo`yicha rektor muovini N.Dosanov olib bordi.
Uchrashuvda Toshkent shahar IIB huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari I.Rasulov, Toshkent shahar huquqbuzarlikni oldini olish boshqarmasi bo`linma boshlig`i T.Abirqulov, «Ogoh» gazetasi muxbiri Sh.Xudoyberdiev barcha fakultet ma’naviy – ma’rifiy ishlari bo`yicha dekan muovinlari ishtirok etishdi. Talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan bevosita muloqotga kirishishdi. So`zga chiqqanlar ta’lim muassasalarida talaba-yoshlar o`rtasida giyohvandlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish to`g`risida ma’ruza qildilar.
Uchrashuv talab-yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Ularning kelajakdagi pedagogik faoliyatlarida o`z samarasini berishi aniq.
Do'stlaringiz bilan baham: |