Gistologiya va embriologiya


Qon plastinkalari-Тrombotsitlar



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/79
Sana28.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#131350
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   79
Bog'liq
17gistologiyapdf

Qon plastinkalari-Тrombotsitlar 

 

Qon plastinkalari eritrotsitlar va leykotsitlar bilan bir qatorda qonning uchinchi xil shaklli 



ele-mentlarini  tashkil  etadi.  Leykotsitlar  va  eritrotsit-lardan  farqli  ravishda  qon  plastinkalari 

haqiqiy  hujayralar  bo’lmay,  suyak  ko’migidagi  gigant  megaka-riotsit  hujayralari 

sitoplazmasining  mayda  parcha-lari  hisoblanadi.  Shu  tufayli  trombotsit  termini  odam  qon 

plastinkalariga nisbatan unchalik to’g’ri emas.  

      O’zida  yadro  saqlovchi  va  haqiqiy  hujayralar  bo’lgan  trombotsitlar  faqat  tuban 

umurtqalilarda  kuzatiladi  va  Reklengauzen  hujayralari  deb  ataladi.  Normal  sharoitda  qon 

plastinkalarining  miqdori  odam  qonida  1  mm

da  200000  dan  300000  gacha  bo’ladi.  Qon 



plastinkalari,  odatda,  yumaloq  va  oval  shaklga  ega  bo’lib,  ularda  periferik,  strukturaga  ega 

bo’lmagan zona-gialomer va markaziy, donador zona-granulomer tafovut etiladi. 

Qon  plastinkalari  qonda  turli  shakllarda,  ya’ni  yosh,  yetuk  va  qari  plastinkalar  shaklida 

uchrashi mumkin. Yosh plastinkalar to’q binafsha rangga bo’yalgan granulomer zonaga va och 

pushti gialomer zonaga ega bo’ladi. Patologik holatlarda qonda degenerativ plastinkalar uchrashi 

mumkin. 


Qon plastinkalari muhim biologik vazifalarni o’tab, bu vazifalardan eng avvalo, ularning qon 

ivishidagi rolini qayd qilib o’tish kerak. Ularda trombokinaza, tromboplastin va hokazo faktorlar 

bo’lib,  bu  faktorlar  qon  ivish  protsessida  aktiv  ishtirok  etadi.  Тrombotsitlarda  50  ga  yaqin 

fermentlar borligi aniqlangan. 

Qon plastinkalarining soni simpatik nerv sistemasi qo’zg’alganda, haddan tashqari jismoniy 

harakatlarda,  taloq  olib  tashlanganda  va  boshqa  hollarda  ko’payib  ketishi  mumkin.  Bu  hol 

trombotsitoz  deb  ataladi.  Plastinkalar  sonining  kamayishi-trom-botsitopeniya  ham  turli 

kasalliklarda uchraydi. 

Qon plastinkalarining yashash muddati qisqa bo’lib, o’rtacha 5-8 kunga teng. 

Gemogramma.  Gemogramma  tushunchasi  qon  shaklli  elementlarining  miqdoriy  nisbati, 

gemoglobin  miqdori,  eritrotsitlarning  cho’kish  reaksiyasi,  gema-tokrit  ko’rsatkichi  va 

boshqalarni o’z ichiga oladi. Bu ko’rsatkichlar meditsina praktikasida muhim ahamiyatga ega. 

Gemogrammani bilish har bir vrach uchun muhim ahamiyatga ega. Тurli leykotsitlar protsent 

miqdorining  nisbati  leykotsitlar  formula  yoki  Shilling  formulasi  deb  ataladi.  Hozirgi  vaqtda 

normal leykotsitlar formula ko’rsatkichlari qilib quyidagilar qabul qilingan. 

Leykotsitlar miqdori 1 mm

3

 qonda 3,8-9 ming atrofida bo’ladi, shulardan: neytrofillar - 65-



70% ni, eozinofillar - 2-5% ni, bazofillar - 0,5-1% ni limfotsitlar - 20-35% ni, monotsitlar - 6-

8% ni tashkil etadi.  

 

Limfa 

 



 

34 


Umurtqali  hayvonlar  organizmida  qon  tomirlar  sistemasidan  tashqari  limfatik  tomirlar 

mavjud.  Bu nozik tomirlar ichidan sarg’imtir rangda oqsil tabiatiga ega bo’lgan va o’z tarkibida 

shaklli element-larni saqlagan suyuqlik - limfa oqadi. Хimiyaviy tuzilishi jihatidan limfoplazma 

qon plazmasiga yaqin, ammo limfoplazma tarkibida oqsillar ancha kam. Oqsil fraksiyalaridan 

albumin limfoplazmada globulindan  birmuncha ko’pdir. 

Shaklli  elementlari  asosan  limfotsitlar,  mono-sitlardan  tashkil  topgan.  Bundan  tashqari, 

leyko-sitlarning  boshqa  turlari,  bir  oz  miqdorda  erit-rotsitlar  ham  uchraydi.  Limfa  to’qima  va 

organlarning limfatik kapillyarlarida hujayra oraliq suyuqlik hisobiga hosil bo’ladi va limfatik 

tomirlari orqali limfa tuguniga quyiladi. Shu yerdan limfa tomirlariga o’tib, va nihoyat venaga 

quyiladi. Shuning uchun 3 xil limfa suyuqligini tafovut qilishi mumkin. 

1. 

Periferik limfa (limfa tugunchasi) 



2. 

Oraliq limfa (limfa tugunidan o’tgandan so’ng) 

3. 

Markaziy limfa (ko’krak qafasida joylashgan yirik limfatik tomirdagi limfa). 



 


Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish