Sezuvchi nerv uchlari (retseptorlar)
Тashqi va ichki ta’sirni, odatda, sezuvchi nerv uchlari qabul qiladi, ularni fanda retseptorlar
deyish rasm bo’lgan. Binobarin, retseptorlar sezuvchi nerv uchlari bo’lib, ta’sirni qabul qilish va
uni impulsga aylantirish, markaz tomon uzatib berish xususiyatiga ega. Hamma retseptorlar
ikkita katta guruhga bo’linadi:
1.
Eksteroretseptorlar-ta’sirni tashqi muhitdan qabul qiladigan retseptorlar;
2.
Interoretseptorlar-ta’sirni organlarning ichki qismidan qabul qiladigan retseptorlar.
Sezuvchi nerv uchlari morfologik tuzilishiga ko’ra ikkita katta guruhga bo’linadi:
1) Erkin sezuvchi nerv uchlari. Bunda o’q silindr nerv uchlarining tarmoqlari bevosita
innervatsiya qilishi kerak bo’lgan to’qima hujayralari orasida yotadi.
2) Erkin bo’lmagan sezuvchi nerv uchlari. Bunga nerv tolalarining hamma komponentlari,
ya’ni o’q silindr tarmoqlari, ta’sirni qabul qilishga moslashgan gliya va epiteliy hujayralari
kiradi. Erkin bo’lmagan nerv uchlari biriktiruvchi to’qimadan iborat kapsula bilan o’ralgan-
o’ralmaganligiga qarab ham ikkiga bo’linadi:
1.
Kapsulaga o’ralgan nerv uchlari.
2. Kapsulaga o’ralmagan nerv uchlari-kapsulasi bo’lmaydi. Yuqorida barcha nerv uchlari
o’ziga xos fiziologik xususiyati va morfologik tuzilishiga ko’ra bir-biridan farq qiladi, deb aytib
o’tgan edik. Shulardan ayrim nerv uchlari bilan tanishib chiqamiz.
Merkel disklari yoki hujayralari. Erkin nerv uchlariga kiruvchi bu nerv tolalari odatdagiday
epiteliy qatlamiga kelib miyelin qavatini yo’qotadi va oxirgi terminal tarmoqlari to’qima
hujayralari ichiga tarqaladi. Buning xarakterli tomoni shundaki, bunday nerv uchlarida terminal
tarmoqlardan tashqari, spe-sifik o’zgarishga ega bo’lgan hujayralar ham uchraydi. Bu sezgi
disklari yoki Merkel hujayralari deyiladi.
Fater-Pachen tanachasi. Biriktiruvchi to’qimadan iborat kapsulali sezuvchi nerv uchi bo’lib,
ichki organlarda bo’ladi. Ko’proq teri ostida uchraydi. Kapsulaning o’rtasida kolbasimon Shvann
gliyasining o’zgargan hujayralaridan tarkib topgan, tarmoqlangan nerv uchlari joylashgan.
Odatda, nerv tolasi kapsulaga kirish oldidan miyelin qavatini yo’qotadi va ichiga faqat o’q
silindrning o’zi kiradi. Plastinkasimon kapsula fibroblast hujayralari va spiral holda joylashgan
kollagen tolachalaridan hosil bo’lgan.
Meysner tanachasi. Bu ham biriktiruvchi to’qimadan iborat kapsulaga o’ralgan sezuvchi
nerv uchlariga kiradi. Bunga sezuvchi tanacha yoki Meysner tanachasi deyiladi. Тanachada
o’ziga nisbatan perpendikulyar holda oligo-dendrogliya hujayralari joylashgan. Kapsulasi
nisbatan yupqa kollagen tolachalardan tashkil topgan. Boshqa tanachalarga o’xshab, nerv tolasi
tanachaga kirish oldida miyelin qavatini yo’qotadi va kapsula ichida o’q silindr tarmoqlanib,
gliya hujayralari yuzasidan joy oladi. Bunday sezuvchi tanachalar teri so’rg’ichlari tarkibida
uchraydi.
Genital tanachalar jinsiy organlarda, organizmning boshqa joylarida, biriktiruvchi to’qima
tarkibida ham uchraydi. Boshqa tanachalardan asosiy farqi shundaki, bunda kapsula tanachasiga
odatdagidek bitta nerv tolasi kirmay, balki bir nechta nerv tolasi kiradi va ko’p miqdorda oxirgi
tarmoqlarni hosil qiladi.
Krauze kolbasi ko’p tarmoqlangan bo’lib, bu ham tashqi biriktiruvchi to’qimadan iborat
kapsula va uning ichida joylashgan oxirgi sezuvchi tarmoqlarni o’rab turuvchi neyroglial
66
kolbadan tashkil topgan. Skelet muskullaridagi retseptorlar morfologik tuzi-lishiga ko’ra boshqa
nerv uchlariga karaganda o’ziga xos tuzilishga ega. Ular nerv muskul duklari deb ham yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |