1. K.Зуфаров Гистология. Т., “Ибн Сино”, 1991
2. Э. Қодиров. Гистология. Т., “Ўқитувчи”, 1994.
61
Тayanch iboralar
1.
Muskul to’qimasi.
2.
Muskullarning xillari.
3.
Silliq muskul to’qimasi.
4.
Ko’ndalang-targ’il muskul.
5.
Yurak muskuli.
6.
Muskullarning rivojlanishi.
7.
Muskullarning regeneratsiyasi.
10-mavzu. NERV ТO’QIMASI
Reja:
1. Nerv to’qimasining umumiy ta’rifi.
2. Nerv to’qimasi va uning xillari.
3. Nerv to’qimasining morfologik tuzilishi.
3.1.
Neyrofibrillalar.
3.2. Тigroid modda.
4. Nerv tolalari.
4.1.
Miyelinsiz nerv tolalari.
4.2.
Miyelinli nerv tolalari.
5. Nerv uchlari.
5.1.
Harakat (effektor) nerv uchlari.
5.2.
Sezuvchi (retseptor) nerv uchlari.
6. Neyronlararo sinapslar.
7. Neyrogliyalar:
7.1.
Makrogliya.
7.2.
Epindimogliya.
7.3.
Oligodendrogliya.
7.4.
Mikrogliya.
8. Nerv to’qimasining rivojlanishi va regeneratsiyasi.
9. Adabiyotlar.
10. Тayanch iboralar.
Nerv to’qimalari jami bir butun bo’lib, organizmda yuqori darajada ixtisoslashgan va
takomillashgan murakkab nerv sistemasini tashkil etadi. Bu sistemada har qanday tashqi va ichki
ta’sirni qabul qilib, markaziy nerv sistemasiga yetkazib berish va u yerda analiz-sintez jarayonida
hosil bo’lgan javob impulsini (reaksiyasini) harakat organlariga yetkazib berish kabi o’ta
murakkab vazifani bajaradi. Demak, nerv sistemasi orqali organizmda doimo tashqi va ichki
muhit bilan uzluksiz bog’lanish bo’lib turadi.
Ma’lumki, organizmning tashqi va ichki organlarida har xil ta’sirni qabul qiluvchi
apparatlar-retsep-torlar joylashgan. Тashqi ta’sirni qabul qiluvchi retseptorlar eksteroretseptorlar
deyiladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, tashqi va ichki retseptorlar qabul qilgan ta’sir impuls
62
tariqasida markazga intiluvchi nerv hujayralari orqali tezda markaziy nerv sistemasiga (MNS)
yetkaziladi. U yerda analiz-sintez qilinib, javob impulsi harakat neyronlari, ya’ni markazdan
qochuvchi (efferent) neyronlar orqali harakat organlariga (muskul yoki bezlarga) yetkaziladi.
Shundan keyin bu organlar qisqaradi yoki bo’shashadi, bezlari esa mahsulot ishlab chiqaradi
Hayvonlar tashqaridan qabul qiladigan impuls-larning analiz-sintezi bilan atrof-muhitda
o’zi-ning turgan joyi va yo’nalishini aniqlab oladilar. Odam esa dunyo sirlarini chuqur o’rganib
chiqib, o’rgangan narsa-hodisalarni amalda qo’llaydi.
Nerv to’qimasi tarkibida faqat sezuvchi va harakat nervlari uchrab qolmay, balki uchinchi
guruh-oraliq neyronlar ham uchraydi. Ular bir neyrondan ikkinchi neyronga impuls o’tkazish
vazifasini bajaradi. Umuman olganda, nerv to’qimasi ikkita katta tarkibdan: o’ziga xos vazifani
bajaruvchi nerv hujayralaridan (1) va to’qimada tayanch, trofik, sekretor, himoya vazi-falarini
bajaruvchi bir necha xil neyrogliyadan tashkil topgan. Bular hammasi bir butun holda
organizmda morfologik va funksional jihatdan yaxlit nerv sistemasini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: