Gistologiya va embriologiya


Suyaklarning o’zaro birlashuvi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/79
Sana28.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#131350
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   79
Bog'liq
17gistologiyapdf

 

Suyaklarning o’zaro birlashuvi 

 

Suyaklararo bog’lanish harakatsiz (sindesmozlar, simfizlar, sinxondrozlar va sinostozlar) va 



erkin  harakatli  bo’g’imlar  shaklida  bo’lishi  mumkin.  Sin-desmozlar-suyaklarning  o’zaro  zich 

tolali biriktiruvchi to’qima orqali birlashuvidir. Bunda pishiq kollagen tolalar qo’shni suyaklar 

to’qimasiga  teshib  kiradi  va  u  bilan  tutashib  ketadi.  Sindesmozlarga  kalla  suyak-larining 

bog’lanishi  misol  bo’la  oladi.  Sinxond-rozlar-suyakning  tog’ay  to’qimasi  yordamida  birla-

shuvidir.  Bunda  asosan  tolali  tog’ay  ishtirok  etadi.  Har  bir  disk  tashqi  tolali  fibroz  halqa  va 

yumshoqroq bo’lgan pulpoz markazdan iborat. Pulpoz markaz yosh bolalarda asosan gomogen 

moddadan iborat. 7-8 yoshda unda kollagen tolalar va tog’ay hujayralar paydo bo’ladi. Тolalar 

miqdori bola ulg’aygan sari oshib boradi va 20-23 yoshga kelib pulpoz markaz tolali tog’ay tusini 

oladi. 

Simfizlar-suyaklarning tog’ay va biriktiruvchi to’qima orqali birlashuvi, qov suyaklarning 

birlashuvi  bunga  misol  bo’la  oladi.  Bunda  ikki  qov  suyagi  o’zaro  mustahkam  zich  tolali 

biriktiruvchi  to’qima  yordamida  birlashadi.  Тog’ay  to’qimasi  esa  faqatgina  ikkala  kov 

suyagining  yuzasida  joylashadi.Chanoq  suyaklaridagi  bu  simfiz  birlashuv  ayol  ko’zi  yorishi 

vaqtida cho’zilib, homilaning tug’ilishiga imkon yaratib beradi. 

Sinostozlar-ikki  suyakning  bir-biri  bilan  o’ta  mustahkam  birlashuvi  bo’lib,  bunga  chanoq 

suyaklarining  tutashuvi  misoldir.  Ajralgan  birlashuvlar  yoki  bo’g’imlarda  suyaklarning  bir-

biriga tegib turuvchi yuzalari tog’ay bilan qoplangan. Ular orasida ba’zan oraliq tog’ay meniski 

bo’lishi mumkin. Bo’g’imlar kapsula bilan o’ralgan. Bo’g’imlar orasida sinovial suyuqlik bo’lib, 

u harakatning erkin kechishini ta’minlaydi. Suyaklar yuzasini qoplovchi tog’ay bo’g’im tog’ayi 

deb  ataladi.  Bo’g’im  tog’ayida  mayda,  yassilashgan  xondrotsitlar  joylashadi.  Ularning  ostida 

tipik xondrotsitlar izogen gruppalar hosil qiladi. Тog’ay to’qimasining suyak bilan chegarasida 

ohaklangan tog’ayni va yangi hosil bo’layotgan suyak to’qimasini ko’rish mumkin. 

Bo’g’im kapsulasi tashqi fibroz qavat va ichki sinovial pardadan iborat. Тashqi qavat zich 

tolali  biriktiruvchi  to’qimadan  tuzilgan.  Ichki  pardada  esa  bo’g’im  bo’shlig’iga  qaragan 

qoplovchi qavat, uning ostida esa kollagen elastik tolalar qavatlari farqlanadi. Ichki qoplovchi 

qavat  sinoviotsit  hujayralaridan  tashkil  topadi.  Bu  hujayralar  bir  turda  bo’lmay,  ular  orasida 

sinovial fibroblastlar, makrofaglar va kam differensiallashgan hujayralarni ko’rish mumkin. 


Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish