Gistologiya va embriologiya


Тog’ay to’qimasining taraqqiyoti



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/79
Sana28.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#131350
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79
Bog'liq
17gistologiyapdf

Тog’ay to’qimasining taraqqiyoti 

(xondriogistogenez) va regeneratsiyasi 

 

Тog’ay  to’qimasi  embrion  davrida  mezenximadan  rivojlanadi.  Bo’lajak  tog’ay  to’qimasi 



hosil bo’ladigan joylarda mezenxima hujayralari ko’payib, o’simtalarni yo’qotadi va bir-biriga 

zich yotadi. Mezenximaning bu qismi xondrogen yoki skletogen kurtak deyiladi. 

Keyingi bosqichda mezenxima hujayralari hujay-ralararo modda hosil qila oladigan tog’ay 

hujayra-lari-prexondroblast va xondroblastlarga differen-siallanadi. Hujayralararo modda yangi 

hosil  bo’ladigan  kollagen  tolalar  bilan  birga  tayanch  vazifasini  ham  o’taydi.  Hujayralararo 

moddaning  shu  davrda  oksifil  bo’yalishi  bu  hujayralar  tomonidan  fibrillyar  oqsil  ishlab 




 

48 


chiqarilishiga bog’liq. Тog’ay hujayralari hujayralararo modda ishlab chiqarishni davom ettiradi 

va bir-biridan uzoqlashadi. Hujayralararo moddada yangi kollagen tolalarning shakllanishi amorf 

mod-daning  o’zgarishlari  bilan  bog’liq.  Тog’ay  hujayra-larining  keyingi  differensiallanishi 

amorf  moddada  glikozaminoglikanlarning  sintezlanishiga  olib  keladi.  Хondronginsulfatlar 

nofibrillyar oqsillar bilan birikib, proteoglikanlarni hosil qiladi. Proteoglikanlar amorf modda va 

kollagen tolalarga shimiladi, natijada kollagen tolalar oddiy mikroskop ostida ko’rinmaydigan 

bo’lib qoladi. 

Yosh  tog’ayning  hujayralari  mitotik  bo’linishda  davom  etib,  yangi-yangi  hujayralarni  tashkil 

qiladi. Bu hujayralar izogen gruppalarni vujudga keltiradi. Bu jarayon tog’ayning ichki tarafdan 

o’sishini belgi-laydi. Intussussepsion yoki interstitsial (lat. intus-ichki, suscipio-ishtirok) o’sish 

go’daklik davrida va yosh bolalarda kuzatiladi. 

Skletogen kurtakni o’rab turgan mezenxima hujay-ralari ham ko’payishda davom etadi va 

hujayralararo  modda  hosil  qiladi.  Natijada  skletogen  kurtak  bu  hujayralar  hisobiga  ham 

kengayadi. Тog’ayning bu usulda o’sishini appozitsion o’sish deyiladi. Тog’ayda kurtakni qoplab 

turgan  mezenxima  hujayralari  zichlashadi  va  tog’ay  usti  pardasini  hosil  qiladi.  Тog’ay 

o’sishining oxirgi bosqichida to’qimaning o’sishi va uning oziq bilan ta’minoti orasida tafovut 

ro’y beradi. Тog’ay markazidagi hujayralar ko’payishdan to’xtaydi. Proteoglikanlar esa oksifil 

bo’yaluvchi oddiy oqsil-albuminga aylanadi. 

Тurli  ta’sirlar  natijasida  jarohatlangan  tog’ay  regeneratsiya  qobiliyatiga  ega.  Тog’ay 

regeneratsiyasida perixondrda joylashgan hujayralar muhim o’rin tutadi. Bu hujayralar tog’ay 

hujayralariga  aylanadi,  ular  orasida  esa  tog’ayning  hujayralararo  moddasi  shakllanib, 

jarohatlangan tog’ay tiklanadi. 




Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish