Gistologiya va embriologiya



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/79
Sana28.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#131350
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   79
Bog'liq
17gistologiyapdf

Bir qavatli epiteliy 

 

Epiteliyning bu turi ham o’z navbatida bir necha xillarga bo’linadi va har qaysisi o’ziga xos 



fiziologik  vazifani  bajaradi  va  o’ziga  xos  morfologik  tuzilishga  ega  bo’ladi;  odam  va 

hayvonlarning turli organlarida uchraydi va shu organlar yuzasini qoplab turadi. 

Bir  qavatli  epiteliy  hujayralarining  barchasiga    xos  xususiyatlaridan  biri  ularning  bazal 

membrana ustida joylashishi, u bilan bevosita tutashgan bo’lishi va o’z trofikasini ta’minlashidir. 

Yuqoridagi  erkin  yuzalar  esa  bajaradigan  vazifasiga  qarab  turlicha  differensiallangan,  ya’ni 

o’ziga xos  morfologik  tuzilishga ega bo’ladi.  Bu epiteliy hujayralarining shakliga ko’ra  yassi, 

kubsimon, silindrsimon bo’ladi. Ularning yadrosi bir xil tekislikda, ya’ni bir qatorda joylashadi. 



 

26 


Shunga asoslanib uni bir qatorli epiteliy deyiladi. Agar bir qatorli epiteliy har xil shaklda bo’lib, 

yadrolari har xil tekislikda bo’lsa ko’p qatorli epiteliy deyiladi. 

Bir qavatli bir qatorli yassi epiteliy (mezoteliy). Bu epiteliy sut emizuvchi hayvonlar va odam 

o’pka pufakchalari, seroz bo’shliqlari devorining

 

plevra pardasi hamda  yurak xaltasi  yuzasini, 



charvi va qorin pardasining visserial hamda pariyetal varaqlarini qoplab turadi. Mezoteliy nomi 

organizmning  emb-rional  rivojlanish  davrida  embrionning  mezoderma  varaqlaridan  hosil 

bo’lganligiga qarab berilgan. 

Хordali  tuban  hayvonlar  mezoteliysining  hujay-ralari  morfologik  tuzilishiga  qarab 

boshqalaridan  farq  qiladi.  Hujayraning  apikal  qismida  kiprik-chalari  bo’lib,  aniq  qutblangan 

tabaqalanish  xususiyatiga  ega  boshqa  hujayralar  bilan  mustahkam  bog’lanib  turadi. 

Organizmning tarixiy rivojlanishi davrida tabiatning ekologik ta’sirida sutemizuvchi hayvonlar 

va odamda mezoteliy tashqi muhit bilan bog’lanmay qo’yadi va o’z vazifasini o’zgartiradi. 

Mezoteliyni tashkil etuvchi hujayralar sut emi-zuvchi hayvonlarda va odamda odatda yassi 

tuzilgan  bo’lib,  gistologik  preparatlarda  yuqori  tomonidan  yaxshi  ko’rinadi.  Hujayralarning 

bo’yi past, yuqoridan ko’rinishi yumaloq yoki ovalsimon bo’lishiga qaramay, poligonal shaklda, 

ya’ni  chetlari  notekis,  uzun-qisqa  o’simtalar  hosil  kilgan  bo’ladi.  Ayrim  ichki  organlar,  ya’ni 

jigar, tuxumdon ustini qoplab turuvchi mezoteliy hujayralari kubsimon shaklda bo’lishi mumkin. 

Mezoteliy hujayralari kumush tuzini singdirish xususiyatiga ega. Shu sababli mazkur bo’yoq 

bilan yaxshi bo’yaladi. Binobarin, kumush tuzi bilan bo’yalgan mezoteliy hujayralarining o’zi 

va  uning  chetlari  gistologik  preparatda  yaxshi  ko’rinadi  va  yon  atrofdagi  hujayralardan  aniq 

ajralib turadi. 

Ko’ndalang kesilgan preparatlarda mezoteliy hujayralari ostida bir  yo’nalishda joylashgan 

bazal  membrana  yaxshi  ko’rinib  turadi.  Hujayra,  odatda,  bitta,  lekin  ayrim  vaqtlarda  2-3  ta 

yadroli  bo’lishi  mumkin.  Hujayraning  yadro  joylashgan  joyi  balandroq  bo’ladi.  Mezoteliy 

hujayralari  elektron  mikroskopda  ko’ril-ganida  hujayraning  apikal  qismida  protoplazmatik 

o’simtalar,  ya’ni  vorsinkalar  ko’zga  tashlanadi.  Vor-sinkalarning  soni  ichak  epiteliysi 

vorsinkalarining soniga nisbatan kam, bo’yi ham kalta bo’ladi. 

Kiprikli yassi epiteliy (mezoteliy). Bu epiteliy asosan tuban hayvonlar organizmida uchraydi. 

Ularda  mezoteliy  yassi,  kubsimon,  silindrsimon  bo’ladi.  Hujayra  yuzasini  mayda  tukchalar-

kiprikchalar  qop-lagan  bo’lib,  ularga  kiprikli  yassi  epiteliy  deyiladi  Bu  epiteliy  tuban 

hayvonlarda qoplovchi epiteliy vazifasini o’tab, umurtqalilarda bunday xususiyatini yo’qotadi. 

Masalan,  to’garak  og’izlilarda  mezoteliy  hujayralari  silindrsimon  bo’lsa,  amfibiyalarda  yassi 

yoki  kubsimon  bo’ladi.  Reptiliya  va  qushlarda  esa  mezoteliy  hujayralari  kiprikchalarni 

yo’qotgan bo’ladi va asosan yassi shaklda uchraydi. 

Epitelial-muskul  yassi  epiteliy  (mioepiteliy).  Bu  to’qimaning  hujayralari  o’ziga  xos 

morfologik  tuzilishga  ega.  Bu  hujayralar  sitoplazmasining  bazal  qismida  miofibrillalar 

joylashgan bo’lib, ularni epitelial-muskul yassi epiteliysi yoki mioepiteliy deyiladi. Mioepiteliy 

tuban  hayvonlar-po’kaklilar,  kovakichlilar  va  pardalilar  ustini  qoplab  turadi.  Ko’pchilik 

umurtqali  tuban  hayvonlarda  ichki  bo’sh-liqlar,  odatda,  qorin  va  plevra  bo’shliqlariga  bo’lin-

maydi. Umumiy selom bo’shlig’idan faqat perikard ajralib turadi. 

Selom  bo’shlig’i  bo’lgan  umurtqasiz  hayvonlarning  ikkilamchi  bo’shliqlari  yuzasini  ham 

mezoteliy  qoplab  turadi.  Reptiliya  va  qushlarda  ham  mezoteliy  hujay-ralari  kubsimon  bo’lib, 

kiprikchalari bo’lmaydi. 

 

 




 

27 



Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish